Hududining antik davr shaharsozligi madaniyati



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#206364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
quyi amudaryo ong qirgogi hududining antik davr shaharsozligi madaniyati (2)

Bozorqal’a-Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  To‗rtko‗l  tumani  xududida  u 

deyarli  kvadrat  shaklda  (600x560  m)  qurilgan,  uning  maydoni  32  ga

1

.  Devor 



pastki  qismining  qalinligi  8,5-9  m.  Devor  ikki  qatorli  bo‗lib,  ular  o‗rtasida 

yo‗lak-karidor  hosil  bo‗lgan.  Tashqi  devor  nayza  o‗qi  uchli  shinaklarga  ega. 

Devor va uning tashqi burchagida yarim aylanali burjlar joylashgan bo‗lib, ular 

o‗rtasidagi masofaa 30-50 m, kengligi 5,5 m, devordan yon o‗sib chiqishi 6,5 m. 

Qal‘a  darvozasi  shimoliy  devor  o‗rtasida  joylashgan,  kengligi  5  m,  ikki  yon 

tomonida  yarim  aylanali  burjlarga  ega.  Ark  yodgorlikning  shimoli-sharqiy 

burchagida  joylashgan,  kvadrat  shaklida  (120x120  m).  Uning  maydoni  1,4  ga 

teng. Ark ikki qatorli devor bilan o‗rab olingan bo‗lib, yarim aylana burjga ega. 

Arkning kirish qismi bir tirsakli to‗g‗ri burchakli ―labirint‖ ga ega, hajmi 22x17 

m. Labirint, o‗z navbatida, kengligi 2,1 m yo‗lakka ega. Uning shimoli-g‗arbiy 

burchagi  ikki  tomonga  yo‗nalgan  ―qaldirg‗och  dum‖  li  burjlar  bilan 

mustahkamlangan. Ark devorining saqlanib qolgan qismi 9-10 m. Devor nayza 

o‗qi  uchli  shinaklarga  ega,  ular  o‗rtasidagi  oraliq  1,6-2  m.  Devor  va  burj 

qurilishida  47x47x10-12  sm  xomg‗isht  ishlatilgan.  Bozorqal‘ada  mil.avv.  IV 

asrda  madaniy  hayot  bo‗lib,  uning  qadimgi  davrdagi  tarhi  saqlanib  qolgan, 

qal‘aning  umumiy  maydonida  o‗zgarish  yuz  bermagan.  Antik  davrda 

paxsadevor  ustiga  xomg‗ishtdan  qurilgan  bo‗lib,  ular  o‗rtasidan  kengligi  2,30 

sm yo‗lak o‗tgan. Devor yarim aylanali burjlarga ega,ular o‗rtasidagi masofa 30-

50  m,  kengligi  5,5  m,  uzunligi  6,5  m  bo‗lgan  (jami  44).  SHaharga  kiriladigan 

yolg‗iz    darvozasi  shimoliy  qismidagi  devor  markazida  joylashgan,  labirintsiz 

                                                           

1

 Ягодин В.Н.,Беттс А. Қадим пойтахтни излаб.//Фан ва Турмуш// №1-3,2006.З0б. 



 


 

41 


ishlangan. Tashqi tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burj bu darvozaga tayanch 

bo‗lib  xizmat  qiladi

1

.  SHimoli-sharqiy  burchagida  ark-a‘lo  joylashgan  bo‗lib, 



to‗g‗ri  burchak  holda  uning  hajmi  120x120  m,  devor  balandligi  4  m,  pastki 

qismining  qalinligi  8,5-9  m.  Ark  darvozasi  g‗arbiy  devor  o‗rtasida  bo‗lib, 

murakkab inshoot  bilan  mustahkamlangan  (22-17  m).  Murakkab  inshoot  yarim 

aylanali  burjlar  bilan  bezatilgan  bo‗lib,  ular  o‗rtasidagi  masofa  1,6-2  m,  tashqi 

tomondagi  hajmi  1,2  m,  ichki  tomonda  esa  0,60  sm.  Bozorqal‘a  tarixi  ikki 

qurilish  davridan  iborat  bo‗lib,  mil.avv.  VI-milodiy  IV  asrgacha  shaharda 

madaniy hayot davom etgan

2



 Ismoilov  S.    fikricha,    Qo‗yqirilganqal‘a  inqirozga  uchragandan  keyin 

Xorazm  davlati  poytaxti  Nuzkat  (Bozorqal‘a)  ga  ko‗chirilgan,  milodning 

boshlaridan  to  IV  asrgacha  poytaxt  Tuproqqal‘ada  bo‗lganini  ham  bilamiz. 

Bozorqal‘aning shu davrda vohadagi eng qadimiy va rivojlangan qal‘alardan biri 

bo‗lganiga  asoslanib,  Qo‗yqirilganqal‘adan  keyin  poytaxat  Nuzkatga,  yan‘i 

Bozqal‘aga  ko‗chirilgan.  Demak,  Nuzkat  –  Bozorqala‘a  Qo‗yqirilganqal‘adan 

keyin  Tuproqqal‘adan  oldin  qadimgi  Qadimgi  Xorazm  davlatining  poytaxti 

bo‗lgan


3

.  –  deb  ta‘kidlaydi.  Lekin  arxeolog  YAgodin  V.N.  yuqoridagi  fikrga 

qo‗shilmagan holda, shunday ta‘kidlaydi: Amudaryoning  o‗ng sohili Xorazmda 

yana bir yirik ko‗hna shahar – Bozorqal‘a bo‗lganki, u maydoniga ko‗ra poytaxt 

shaharlikka  da‘vo  qilishi  mumkin.  Lekin  u  Kat  shahridan  qariyb  80  kilometr 

olisda,  demak,  u  qadimiy  poytaxt  sifatida  qobul  qilina  olmaydi.  Xulosa  qilib 

aytadigan  bo‗lsak,  Bozorqal‘ani  poytaxt  emas,  shahar  tipidagi  qal‘a  sifatida 

ko‗ramiz.  CHunki  oxirgi  o‗n  yillikda  arxeologlarimizning  tadqiqotlari, 

Aqchaxonqal‘ani  poytaxt  sifatida  ta‘kidlamoqda.  O‗tmish  albatta,  yangi 

materiallar bilan boyitiladi va qo‗shimcha yangiliklar kiritiladi. 




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish