Hududining antik davr shaharsozligi madaniyati



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#206364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
quyi amudaryo ong qirgogi hududining antik davr shaharsozligi madaniyati (2)

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

1

 Ягодин В.Н.,Беттс А. Кўҳна Хоразм жумбоғи.//Фан ва Турмуш //№1-3,2006.31б. 



  

 



 

37 


2.2  Antik davr shaharlar shaklidagi yodgorliklar strukturasi. 

  Xorazm  shaharsozlik  madaniyatida  tub  burilish  mil.avv.  IV  asrdan 

kuzatiladi.  Xorazm  davlatining  qudrati  oshib  borgan  sari  yangi  bunyod  etilgan 

shaharlarning  chegarasi  o‗ng  sohilda  janubiy  Oqchadaryo  deltasidan  shimolga 

tomon  Sulton  Uvays  tog‗larigacha  va  undan  sharq  tamonda  Qizilqum 

sahrolarigacha  bo‗lgan  qadimgi  sug‗orma  dehqonchilik  vohalari  bo‗ylab  qator 

ahamiyatga molik shahar-qal‘alar qad ko‗taradi. Xorazmning aholi yashaydigan 

ko‗p  punktlari  doira  yoki  to‗rt  burchak  shaklida  turlicha  istehkom  usulida 

qurilgan. 

Xorazm  antik  davri  shahar  qurilishining  keng  yoyilishi  bilan 

xarakterlanadi.  Ba‘zi  tadqiqotchilar  mazkur  voqelikni  hatto  urbanistik  portlash 

deb ham ataydi

1

.  



Amudaryo  o‗ng  sohilida  o‗ndan  ortiq  yodgorliklar  mavjud  bo‗lib,  biz 

bularning  barchasini  shahar  tipiga  xos  deb  ayta  olmaymiz.  Jahon  ilmiy 

ishlanmasiga ko‗ra shahar deb atashimiz uchun dastlab hududi 5-6 ga va undan 

kam  bo‗lmagan  maydonda  aholining  zich  joylashgan  bo‗lishi,  aholi  joylashgan 

maydonning  chor  atrofi  qalin  mudofaa  devori  bilan  o‗rab  olingan  bo‗lishi, 

shaharning  yuqori  tabaqa  hokimlarining  turar  joylari  oddiy  fuqarolarnikidan 

ajralib  turishi,  shahar  hokimining  baland  poydevor  (platforma)  ustiga  qurilgan 

monumental  qasri,  shahristonda  shahar  aholisining  barcha  qatlamlari  uchun 

xizmat qiluvchi muqaddas diniy  markaz – ibodatxona bo‗lishi, shahar iqtisodiy 

asosini  ko‗p  tarmoqli  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  tashkil  etgan  bo‗lishi, 

shahar ramzi va belgisi hisoblanmish shahar muhr va boshqalar mavjud bo‗lishi  

lozim


2

.  Demak,  yuqorida  keltirilgan  belgilar  asosida  shahar  tipidagi 

yodgorliklarni aniqlashimiz mumkin.  

Tadqiqotchilar,  Amudaryo  o‗ng  sohili  antik  davridagi  ya‘ni  janubdan 

shimolga  qadar  yo‗nalish  qilsak,  Qo‗ziqirilganqal‘a,  Dumanqal‘a,  Anqoqal‘a, 

Qavatqal‘a,  Govurqal‘a,  Qizilqal‘,  Ayozqal‘a,  Qo‗rg‗oshinqal‘a,  Qirqqizqal‘a 

                                                           

1

Ягодин В.Н. Древний Хорезм и центральноазиатскийурбанизационный прогресс// Генезис и пути 



развития процессов урбанизации.-Самарканд,1995.с.119. 

2

 Асқаров А. Энг қадамий шаҳарлар.Т.,Маънавият,2001.6б.



 


 

38 


kabi yodgorliklar qal‘a-qo‗rg‗on bo‗lib hisoblanadi. Bunday xulosa qilishimizga 

asos  bor,  arxeologlarimiz  yodgorlikni  o‗rganishda  ularning  mudofaa  devorlari, 

joylashgan  o‗rni  va  topilgan  ashyolar  bilan  aniqlagan.  Bu  qal‘alar  shaharni 

tashqi  dushmanlardan  himoya  qilish  va  iqtisodiy-ijtimoiy  maqsadlarda  hamda 

tabiiy ofatlardan himoya qilish maqsadida qurilgan qo‗rg‗onlardir. 

  CHunonchi, Ayozqal‘a kompleksi harobalari Sulton Uvays tog‗i sistemasi 

sharqiy  tarmoqlarinnng  ikkita  tepaligida  joylashgan.  Ayozqala  1  yodgorligi 

baland qo‗sh devorlar bilan o‗rab olingan bo‗lib, devorlar yarim doira shaklida 

solingan burjlar bilan mustahkamlangan. Qal‘a burchaklarida ikki burjning birga 

qo‗shilishidan xarakterli «qaldirg‗och dumi»ga o‗xshash shakl hosil bo‗ladi. Bu 

tipik  detalni  ilk  kushonlar  davrida  qadimgi  Xorazmning  harbiy  istehkom 

quruvchilari  qo‗llar  edi

1

.  Ayozqal‘a  qoyasining  pastki  yon  bag‗rida,  janubiy 



tepalikning  uchida  tuxumsimon  planda  solingan  Ayozqal‘a2  joylashgan.  Bu 

qal‘a yaxshi mustahkamlangan va garnizon uchun yoppasiga qurilgan binolardir. 

Qizilqal‘a,  Govurqal‘a  ham  Tuproqqal‘a  va  Oqchaxonqal‘a  shaharlarining 

harbiy garnizoni va himoya qo‗rg‗oni hisoblangan. 

Amudaryo o‗ng sohilining shahar tipidagi yodgorliklari Qo‗yqirilganqal‘a, 

Jonbosqal‘a,  Bozorqal‘a,  Guldursunqal‘a,  Tuproqqal‘a,  Oqchaxonqal‘alar 

hisoblanadi,  chunki  yuqorida  keltirilgan  shaharga  xos  bo‗lgan  deyarli  barcha 

alomatlar tadqiqotlar natijasida aniqlangan.  




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish