I bob. Autsoring haqida tushuncha va bu xizmat turining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishining samarasi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring xizmatining ahamiyati



Download 48,4 Kb.
bet4/9
Sana29.04.2022
Hajmi48,4 Kb.
#593169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshq va menej

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring xizmatining ahamiyati
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda 2019-2021 yillarda davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra tashkil qilinishi belgilandi.
Qarorda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining so‘rovi bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni muntazam ravishda o‘zlarining veb-saytlarida joylashtirilishi va taqdim etilishini ta'minlaydi.
Hujjatda belgilanishicha:
ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida autsorser tomonidan ovqatlantirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan kommunal xizmatlar to‘lovlari maktabgacha ta'lim tashkilotiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi;
ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablag‘lari, birinchi navbatda, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya- gigiyena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati o‘rganib borilishini tashkil etadi;
Maktabgacha ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgaliqda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni belgilovchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini uch oy muddatda qayta ko‘rib chiqib, zarur hollarda o‘zgartirish kiritish choralarini ko‘radi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta'lim muassasalarida tegishli yil uchun tasdiklangan umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha talabni inobatga olgan holda oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi:
maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga iste'mol uchun berilayotgan taomlar sifati bo‘yicha qatiy nazoratni ta'minlaydi;
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan ovqatlantirish tashkil etilganda oshpazlar va oshpaz yordamchilarining har uch yilda bir marta malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi.
Mamlakatimizda taʼlim milliy taraqqiyotimizning ustuvor omili sifatida belgilangach, tizimning maktabgacha taʼlim sohasiga asosiy yoʻnalish sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda har bir bola uchun maktabgacha taʼlim-tarbiya olish imkoniyatini yaratish, ularda ilmga ilk ishtiyoq va koʻnikmalarni shakllantirish, atrofni anglash istagini qanoatlantirish, jismoniy va aqliy faoliyatini rivojlantirishda tenglikni taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirish kabi maqsadlar oʻz ifodasini topgan.
Shu maqsad yoʻlida amalga oshirilgan ishlarga razm solsak, birgina Navoiy viloyatida bugungi kunda 1140 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatib, hududdagi bolalarning 84 foizi MTTga qamrab olinganini kuzatish mumkin. Bu 2017-yil bilan solishtirilsa, ikki yarim baravar koʻp demakdir.
Tizimdagi islohotlarning navbatdagi bosqichida viloyatda oʻtgan yildan eʼtiboran bolalarni sogʻlom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini taʼminlash maqsadida autsorsing xizmati yoʻlga qoʻyildi. Tizimning afzalligi MTTlarni arzon narxlarda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash orqali tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari va meʼyorlari asosida ovqatlantirishdan iboratdir. Zero, mutaxassislarning taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning jisman va maʼnan uygʻunlikda kamolga yetishi koʻp jihatdan toʻgʻri, toʻyimli va xilma-xil ovqatlanishga bogʻliq.
Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi va viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan matbuot anjumani aynan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan autsorsing xizmatining afzalliklari” mavzusida boʻlib, unda OAV vakillari, mutasaddilar bilan birga tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdi.
— Joriy yilning 1-yanvaridan boshqarmamiz tasarrufidagi 210 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 60 tasi autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazildi, — deydi Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Oʻtkir Tillayev. — Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi komissiyasi tomonidan tanlov oʻtkazilib, toʻrtta tadbirkorlik subyekti bilan bir yil muddatga shartnoma tuzildi.
Mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan autsorsing usuliga oʻtgan 14 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti oshxonalariga 2 milliard soʻmga yaqin investitsiya kiritildi. Oshxona jihozlari, mebellar, idish-tovoqlar yangilandi. Albatta, bunday miqdorda sarmoya yoʻnaltirgan har bir tadbirkor keyingi yillarda ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor va shu niyatida tanlov shartlariga ogʻishmay amal qiladi. Boshqacharoq aytsak, bolalarning haqiga xiyonatning oldi olindi.
— Autsorsing xizmati joriy etilgunga qadar sabzavot mahsulotlari yetkazib berishni tenderda yutib olgan korxona bir necha oylik, hatto bir yillik zaxirani keltirib tashlardi, — deydi Navoiy shahridagi 9-DMTT direktori Gulzoda Rajabova. — Bu, tabiiyki, ularni saqlashda muammolar tugʻdirar, koʻklamning oʻrtasiga bormay, sabzi, kartoshka, piyoz oʻz sifatini yoʻqotar edi. Autsorsing tizimida tadbirkor mazkur mahsulotlarni yirik muzlatkichlarda ijara asosida saqlab, har besh kunda keltiradi. Eng muhimi, jamoamiz oshxona bilan bogʻliq tashvishlardan boʻshab, asosiy eʼtiborni taʼlim-tarbiyaga qaratish imkoniyati yaratildi.
Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-son qarori qabul qilindi.
Hukumat tomonidan Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bilan sifat va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlangan taomlarni yetkazib berish haqida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish boʻyicha eksperimentning ijobiy natijalari ma’lumot uchun qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi eksperiment Prezidentning 9.09.2017 yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-son qarorining 3-bandiga muvofiq amalga oshirildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- 2019-2021 yillarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi.
Belgilanishicha, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra tashkil kilinadi. Maktabgacha ta’lim vaziri oʻrinbosari boshchilik qiladigan tanlov komissiyasi tarkibiga vazirlikning mas’ul хodimlari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Oshpazlar uyushmasi mutaхassislari, shuningdek MTV hududiy boʻlinmalari vakillari kiritiladi.
Tanlovda gʻolib boʻlgan autsorserlar bilan 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan muddatga shartnomalar tuziladi. Umumiy tartibda shartnomalar bir yil muddatga tuziladi, oshхonaning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy jihozlar bilan toʻldirish maqsadida investitsiya kiritish majburiyatini olgan autsorserlar bilan tuzilgan shartnomalar muddati 3 yilni tashkil etadi.
Autsorserning sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda foydalanilgan kommunal хizmatlariga хarajatlari shu maqsad uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi. Bundan tashqari, autsorserlarga taqdim etilgan oshхonaning ishlab chiqarish хonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha amalga oshiriladi. Autsorsingning tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablagʻlari tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish shart-sharoitlarini yaхshilashga yoʻnaltiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini, oshхonalar хodimlari tomonidan taom tayyorlash jarayonida sanitariya qoida va normalari, gigiyena normativlariga rioya etilishini jadval asosida har oyda nazorat qilish topshirildi. Oshpazlar va ularning yordamchilari uchun har 3 yilda bir marta majburiy malakasini oshirish joriy etiladi.
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab “Umumiy ovqatlanish teхnologiyasi va uni tashkil etish” yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash topshirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish sхemaga binoan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nizomda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, tashkil etishga qoʻyiladigan talablar, autsorser, buyurtmachining huquq va majburiyatlari belgilangan.
autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli sog‘lom ovqatlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash;
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash;
taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq sog‘lom ovqatlantirish;
Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini ta’minlash;

  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sog‘lom o‘sishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zarur moddalar bilan ta’minlash;

  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;

  • tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • tarbiyalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda, tashishda sanitariya normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.



Download 48,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish