I bob. Autsoring haqida tushuncha va bu xizmat turining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishining samarasi


II.BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring xizmatlarining huquqiy asoslari



Download 48,4 Kb.
bet5/9
Sana29.04.2022
Hajmi48,4 Kb.
#593169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshq va menej

II.BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsoring xizmatlarining huquqiy asoslari
2.1 Autsoring xizmati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan namunaviy mavsumiy taomnomalar asosida tashkil qilinadi.
Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxona xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishiga, o‘rnatilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qo‘yilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Tashkilot oshpazlarining malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi hamda autsorser tomonidan moliyalashtiriladi.
Tashkilotda autsorsing usulida ovqatlantirish mazkur qaror bilan tarkibi tasdiqlangan Tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tashkil etiladi.
Vazirliklar va idoralardan komissiya tarkibiga kiritiladigan mutaxassislar va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., lavozimi, telefon raqami, elektron manzillari) har yili Maktabgacha ta’lim vazirligining murojaatiga asosan 5 kun muddatda ajratilishi ta’minlanadi.
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishga o‘tkaziladigan tashkilotlar ro‘yxati tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan har yili 20-iyulgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) taqdim etiladi.
Hududiy bo‘linmalar autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishga o‘tkaziladigan tashkilotlarni quvvati, bola soni, oshxonasining holati (ta’mir talabligi, jihozlarining holati, sanitariya-gigiyena holati) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 20-iyulgacha Komissiyaga taqdim etadi.
Tashkilotda tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha tanlovlar Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, oshkoralik, mablag‘larning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lonlar maxsus axborot portali va Maktabgacha ta’lim vazirligining www.mdo.uz veb-saytlariga joylashtiriladi.
Autsorserlarni tanlab olish tasdiqlangan tartib asosida amalga oshiriladi va autsorserlarga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:

  • umumiy ovqatlanish xizmatida kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lishi;

  • autsorsing xizmatlari bo‘yicha kamida ikki oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larining mavjudligi;

  • tanlovda (tenderda) qatnashish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;

  • to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) malaka razryadlari ko‘rsatishi;

  • maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini individual reja asosida ishlab chiqib, taqdimotini (imkoniyatdan kelib chiqib, tayyor taomlarini ham ko‘rsatishi mumkin) o‘tkazishi;

  • taqdimotda tarbiyalanuvchilarni yoshi, jinsi, fiziologik holati bo‘yicha turli guruhlar uchun ovqatlanishning maqbul me’yorlarini ko‘rsatishi;

  • autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlari uchun ustamaning maksimal miqdori — ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga nisbatan 20 foizdan oshib ketmasligi;

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doirasida amalga oshirishi;

  • taklif qilinayotgan investitsiya mablag‘larining miqdori har bir lot uchun bazaviy hisoblash miqdorining Toshkent shahri, viloyatlar markazlari uchun 1000 (bir ming), viloyat hududidagi shaharlar, tumanlar markazlari uchun 500 (besh yuz), qishloq va ovullar uchun 250 (ikki yuz ellik) baravaridan kam bo‘lmasligi;

  • Buyurtmachi bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emasligi.

  • Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi navbatdagi tanlovda g‘olib chiqqan autsorser bilan belgilangan tashkilotlarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tegishli shartnomalarni tuzadi.

Autsorser quyidagi huquqlarga ega:

  • foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va maktabgacha ta’lim tashkilotiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanishini talab qilish;

  • ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxona va omborning xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellaridan foydalanganlik uchun to‘lovni nol stavka bo‘yicha olish va uni ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;

  • ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish.

  • tashkilotda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 20 foizgacha ustama haqini olish;

  • boshqa huquqlari ham bo‘lishi mumkin.

Autsorser quyidagilarga majbur:

  • tashkilotlar oshxonalarida o‘z faoliyatini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirish;

  • tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish xizmatini tashkilot oshxonasining o‘zida to‘liq va sifatli tashkil etish;

  • yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini tanlov komissiyasiga taqdim etish;

  • tanlovda qatnashish uchun ariza berish kunidan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalarning yo‘qligi to‘g‘risida yozma ma’lumotlarni taqdim qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida tashkilotda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish;

  • taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislar (injener-texnolog, diyetolog, oshpazlar malaka razryadlari) bilan ta’minlash;

  • sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;

  • taomnomalar, tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarning mavjudligini ta’minlash;

  • bir nafar tarbiyalanuvchini sog‘lom ovqatlantirish uchun yil davomida sarflanadigan mablag‘lar miqdorini asoslantirilgan holda ko‘rsatish;

  • taom tayyorlash uchun sarflangan xarajatlarni (oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, xodimlar ish haqi, inventarlar, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantirish va yuvish vositalari, olinadigan sof foyda) qoplash uchun ustama miqdorlarini ko‘rsatish (foizda);

  • umumiy ovqatlanishni tashkil qilish sohasidagi ish tajribasi hamda bo‘sh aylanma mablag‘lari mavjudligi;

  • ijara shartnomasi asosida vaqtincha foydalanishga berilgan oshxona, omborxonalarni, texnologik jihozlar va asbob-uskunalarini muntazam ravishda joriy ta’mirlab borish hamda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan o‘rganish jarayonlariga to‘sqinlik qilmaslik;

  • tashkilot xodimi istagiga ko‘ra ushbu xodim bilan ovqatlanishni tashkil

Autsorserlarga tashkilotning hududiy joylashuvi va ixtisoslashuvi hamda texnik vazifalaridan kelib chiqib qonunlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
autsorsing usulida ovqatlantirishni amalga oshirish uchun qo‘yilgan talablar bajarilishini o‘rganish; tayyor taomlar sifatining taomnomaga muvofiqligini tekshirish; tayyor taomlarning miqdori, mazasi, tarkibidagi mahsulotlarning sifati bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan holatda Komissiyaga bildirgi kiritish; xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena talablari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etilishini tasdiqlangan rejaga asosan nazorat qilish.
Boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

  • foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlarini belgilangan normalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplash;

  • ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan texnologik jihozlar, oshxona va omborxonalar, asbob-uskunalar, idish-tovoqlar va mebellardan foydalanish uchun nol stavkada topshirish va uni ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish.

  • ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda to‘lovni amalga oshirish. Boshqa majburiyatlarni ham ega olishi mumkin.


Download 48,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish