Ijodiy metod va badiiy uslub


Badiiy uslub tushunchasi. Har bir shoir yoki yozuvchining badiiy tasvirdagi o‘ziga xos xususiyatlari badiiy uslub deb ataladi



Download 21,85 Kb.
bet9/9
Sana30.12.2021
Hajmi21,85 Kb.
#93516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Badiiy uslub tushunchasi. Har bir shoir yoki yozuvchining badiiy tasvirdagi o‘ziga xos xususiyatlari badiiy uslub deb ataladi. Bir ijodiy metodga mansub yozuvchilarning asarlarida farqlar bo‘lishining sabablari ko‘p. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: birinchidan, har bir yozuvchi o‘z hayotiy tajribasiga suyanadi. Buning natijasida turli yozuvchilar hayotning turli tomonlarini asarlarida aks ettiradilar. Demak, turli yozuvchilar tomonidan yozilgan asarlar turlicha hayotiy materialni, turlicha kishilarni adabiyotga olib kiradi. Bu hayotiy material va adabiy qahramonlar esa o‘ziga xos tasvir vositalarini talab qiladilar. Ikkinchidan, adabiyotning bosh vazifasi bo‘lmish insonshunoslik, psixologik tasvir borasida  ham yozuvchilarning “qalami” bir-biridan farq etadi. “Psixologik tasvir turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin, - deb yozgan edi N.G.Chernishevskiy,- bir yozuvchini xarakterning qirralari ko‘proq qiziqtiradi, ikkinchisi – ijtimoiy munosabatlar va maishiy to‘qnashuvlarning xarakterlarga ta’siri bilan qiziqadi; uchinchisi – hislar bilan faoliyat orasidagi aloqaga, to‘rtinchisi – ehtiroslar tahliliga qiziqadi”. Uchinchidan, yozuvchi uslubi (stili)ning shakllanishida uning qaysi tabaqa o‘quvchilariga mo‘ljallab yozishi juda katta ahamiyatga ega. Bu, yozuvchi ijodining hamma komponentlariga, ayniqsa, asarning tili masalasiga oid qoidadir.

         Uslub deb faqat yozuvchining yoki konkret badiiy asarning tilini tushunish to‘g‘ri emas. Til – badiiy adabiyotda tasvir vositasidir. Shu sababli bu vositaning qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi badiiy asarning butun mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Til – uslubni tashkil etuvchi muhim omillardan biridir, xolos.

         Uslub badiiy ijodning yana bir  asosiy xususiyati bilan chambarchas bog‘liq hodisadir: badiiy adabiyotning har bir asari konkret ijrochi (yozuvchi yoki shoir) tomonidan yaratiladi. Yozuvchi shaxsiyati o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga (masalan, hayotni boshqalar bilmagan yoki kam bilgan tomondan bilish, o‘quvchini hayajonga soladigan asar yozishning o‘ziga xos usullarini ijod etish va mavjud usullarni mukammallashtira borish kabi) ega bo‘lsagina asar muvaffaqiyatli chiqadi. Yozuvchi hatto bir asarda ishlatgan vosita va usullarni boshqa asarlarda ishlatish imkoniyatiga har vaqt ham ega bo‘lavermaydi; yangi hayotiy material ko‘pincha yangi vositalar topishni zarur qilib qo‘yadi. Mana shu sabablarga ko‘ra, badiiy ijod xilma-xil izlanishlar va topilmalar maydonidir.

         Sharq adabiyotshunosligining ilg‘or oqimlarida badiiy ijodning joni – mazmun ekani doimo uqtirib kelingan bo‘lsa ham, uslub ko‘pincha  badiiy asarning mazmunidan uzilgan holda tekshirilar edi. Sharq adabiyotlarida, shu jumladan, o‘zbek adabiyoti tarixida hukmron uslub “bayon tarzi” ma’nosida mavjudligini aytish mumkin. Bu uslub uchun fikrni mumkin qadar ko‘proq o‘xshatishlar, istiora va kinoyalarda, obrazli parallelizmlar orqali ifoda etishga intilish xarakterlidir. Buning natijasida shu uslubda yozilgan asarning tili ancha murakkablashadi, uni tushunish uchun o‘quvchidan ma’lum darajada tayyorgarlik talab etiladi. Bu – o‘rta asrlarda adabiyotning podshohlar saroylarida yaratilib, faqat ma’lumotli o‘quvchilarga mo‘ljallanganligi natijasidir. Alisher Navoyi asarlarining tili “yuqori uslub” deb atalmish ana shunday uslubning namunasidir. Shunday uslub (o‘z zamonasida “oliy uslub” deb hisoblangan bayon tarzi) o‘zbek adabiyotida to XIX asrning oxirigacha katta o‘rin tutib keldi.

Shuni ham qayd etish kerakki, butun o‘zbek adabiyoti tarixida hukmron bo‘lib  kelgan bu uslub doirasida ham ma’lum darajada xilma-xillik uchraydi. Masalan, Navoyining katta zamondoshi va ustodi Lutfiy she’rlari uslub jihatidan ancha soddadir. O‘z asarlarida zamonaning juda muhim ijtimoiy va falsafiy masalalarini ko‘targan Navoyi “oliy uslub”da yozishni katta adabiyot uchun munosibroq deb hisoblar va she’riyatda soddalikni haddan oshirib yuborgan shoirlarni “bisyor turkona bitadir” deb tanqid etar edi. Bir davrda ikki xil uslub yashashining yana bir namunasi – mashhur “Boburnoma”dir. U zamonasi uchun juda sodda, ravon til bilan yozilgan.

                                                           Savol va topshiriqlar:

1. Badiiy tafakkur tiplari deganda nimani tushundingiz ?

2. Qanday badiiy tafakkur tiplarini bilasiz ?

3. Ijodiy metod tushunchasi haqida ma’lumot bering.

4. Jahon adabiyotida ijodiy metodning qanday turlari mavjud ?

5. Klassitsizm ijodiy metodining asosiy xususiyatlari nimadan iborat ?

6. Romantizm ijodiy metodining o‘zbek adabiyotiga xos xususiyatlarini  misollar bilan sharhlab bering.

7. Realizmning mohiyati nima va uning jahon adabiyotidagi tutgan o‘rni qanday ?

8. Tanqidiy realizm nima, uning o‘zbek adabiyotiga tatbiqi mavjudmi ?

9. Jahon adabiyoti uchun universal ijodiy metodlar qaysilar ?

10. Badiiy uslubni o‘zbek adabiyoti misolida tushuntirib bering.

                                      Ma’ruza matni yuzasidan test savollari

1. V.G.Belinskiy tasnifiga ko‘ra, yozuvchilar ijodiy xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘lingan ?

A. Bir xil yozuvchilar hayotni, qanday bo‘lsa, shunday tasvirlaydilar.

V. Ikkinchi xil yozuvchilar hayot muallifning orzusiga ko‘ra qanday bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday tasvirlaydilar.

S. Bir xil yozuvchilar hayotni tanqidiy nuqtai nazardan tasvirlaydilar.

D. “A” va “V” javob to‘g‘ri.

2. Belinskiy qanday tafakkur tipiga mansubligiga qarab, yozuvchilar asarlarini qanday nomlaydi ?

A. Birinchi guruh yozuvchilari asarlari turkumini “real adabiyot”.

V. Ikkinchi guruh yozuvchilari asarlari yig‘indisini “ideal adabiyot”.

S. Uchinchi guruh yozuvchilari asarlarini “adabiy tanqidiy adabiyot”.

D. “A” va “V” javoblar to‘g‘ri.

3. Hozirgi zamon adabiyotshunosligida tafakkur tiplari qanday ataladi ?

A. Taqlidiy tafakkur tipi.

V. Romantik tafakkur tipi.

S. Realistik tafakkur tipi.

D. “V” va “S” javoblar to‘g‘ri.

4. Jahon adabiyotida qanday ijodiy metodlar mavjud ?

A. Klassitsizm. V. Romantizm. S. Realizm. D. Barcha javoblar to‘g‘ri.

Adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar:

1. Adabiyot nazariyasi. 2-tom. “FAN” nashriyoti, T., 1979. 398-434-betlar.

2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. “O‘qituvchi”, T., 1980. 354-390-betlar.

3. V.G.Belinskiy. Tanlangan asarlar. Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi. O‘zdavnashr.T., 1955. 131-213-betlar.

4. Abdulla Ulug‘ov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. T., 2018. 261-291-betlar.

5. Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. “Navoiy universiteti”, T., 2018. 439-456-betlar.

                                                          Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Qayta nashr. “Akademnashr”, T., 2013. 171-172, 341-342-betlar.

2.  N.Hotamov.B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. “O’qituvchi”, T., 1979. 181-182, 296-297-betlar.

4.http://n.ziyouz.com/kutubxona/category/146-ona-tili-va-adabiyot?download=7350:adabiyotshunoslik asoslari-toxta boboyev

5.http://n.ziyouz.com/books/adabiyotshunoslik/Dilmurod%20 Quronov.%20Adabiyotshunoslikka%20kirish.pdf



6. http://kutubxona.adu.uz/kutubxona/1adabiyotshunoslikkakirishpdf.pdf
Download 21,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish