Ijodiy metod tushunchasi. Har ikki xil tafakkur tipi ma’lum tarixiy davrda ilg‘or yoki reaksion dunyoqarash bilan sug‘orilib, adabiyotda katta o‘rin oladi va hatto hukmron tafakkur tipi bo‘lib qoladi. Bunday vaqtda endi tafakkur tipining mana shu tarixan konkret shakliga alohida nom topish hojati tug‘iladi. Romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron ko‘rinishi ijodiy metod deb ataladi. Masalan, Servantes, Shekspir, Pushkin, L.Tolstoy, A.Chexov, M.Gorkiy, M.Sholoxov, M.Avezov, A.Qodiriy va Hamza ijodi hayotni haqqoniy ravishda “qayta tiklash”, hayotni uning “o‘z shakllarida” tasvir etish bilan bir-birlariga juda ham yaqindirlar, ya’ni ularning hijodiy metodi bitta realistik metoddir. Chunki ming yillardan beri adabiy ijod usullarining biri bo‘lib kelgan “real poeziya” (realistik tafakkur tipi) bu san’atkorlarning ijodida mukammal ishlanib, asosiy ijodiy prinsipga aylangan.
XX asr adabiyotshunosligida “metod” termini 30-yillarda paydo bo‘ldi va fanda mahkam o‘rin oldi (undan avval “metod” termini o‘rnida, ko‘pincha “stil” (uslub) termini ishlatilar edi, chunki fanda “ijodiy metod” tushunchasi bilan “yozuvchi stili” tushunchasi bir-biridan hali farq etilmagan edi). Metodning hammaga ma’lum ta’riflaridan biri quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |