Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 0,59 Mb.
bet5/63
Sana06.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#642537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

1.2-Mavzu: Boshqaruv jarayonida matematik modellashtirishning ahamiyati va modellashtirish ob’ektlarining tahlili
Reja.

  1. Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari.

  2. Modellashtirish bosqichlari. Modellashtirish usulining tasnifi

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullarining tasnifi.




      1. Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari

Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish modellashtirish deyiladi.
Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash xamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.
Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

    1. Iqtisodiy-matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.

    2. Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    3. Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.

    4. Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.

Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash jarayoniga asoslanadigan asosiy tamoyillar ichida quyidagilarni ajratish mumkin:

  1. prognozning ilmiy asoslanganligi (tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olib ilmiy metodlar yordamida ishlab chiqish);

  2. prognozlashning uzluksizligi (mamlakatda, iqtisodiyotda vaziyatlarning o‘zgarishini hisobga olib prognoz doimo to‘g‘rilanib (korrektirovka) turishi kerak;

  3. istiqbol va joriy prognozlashning muvofiqligi (prognozlash o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshiriladi, lekin ustivorlik istiqbol prognozlashga beriladi);

  4. prognozlarning kelishilganligi (ishlab chiqilgan prognoz aralash prognozlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak);

  5. prognozning ko‘p variantliligi, alternativliligi (prognozning bir necha variantlari ishlab chiqilishi, vaziyatlarning o‘zgarishi holatlarida boshqa variantlardan foydalanish uchun talab etiladi. Odatda prognozni uch varianti mavjud: optimistik, pessimistik va realistik;

  6. asosiy omillarni tanlash (prognozlashda hisob-kitoblarga tadqiq etilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillar kiritilgan bo‘lishi kerak). Buning dolzarbligi shundaki, iqtisodiy jarayonlarning o‘zi murakkab, ko‘p omilli va hamma omillarning ta’sirini hisobga olish qiyin;

  7. prognoz ishlab chiqishning tizimliligi (prognozlash jarayonini bir tomondan bir butun tizim sifatida, ikkinchi tomondan esa alohida mustaqil bo‘limlardan tarkib topgan murakkab tizim sifatida qaralishi);

  8. prognozlarning verifikatsiyalanganligi (prognoz bahosi ishonchli va asoslangan bo‘lishi kerak);

  9. adekvatlilik (prognoz modelining real hayotga, tendensiyalarga, qonuniyatlarga maksimal yaqin bo‘lishi kerak);

  10. rentabellik (ishlab chiqilgan prognozdan samarani ishlab chiqish uchun qilingan xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak).





      1. Download 0,59 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish