Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi



Download 127 Kb.
bet1/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1


Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi. Oilada bolani tarbiya qilish masalasi murakkab va ko’p qirrali. Bu masalada bir qolipda ish tutib bo’lmaydi, hamma bolaga ham bir xil munosabat qilish qiyin, barchaga bir xil maslahat berish mumkin emas. Ota-onalar bolani tarbiya qilar ekan bilimdon, aql-idrok bilan ish ko’radigan, sabr toqatli har bir bolani o’ziga qarab muomala qilishlari kerak.


Bolalar tarbiyasidagi muhim narsa nima? Avvalambor bu savolga shunday javob qilsihni istardim: hammasi ham muhim chindan ham bola tarbiyasida nimani olmay ular orasida birorta ham ahamiyatsizi, nomuhimi, nazardan chetdan qoladigani topilmaydi. Lekin baribir eng muhimi-bola sihat-salomat bo’lib o’sish kerak. To’lalik ham, polvon sifatlik ham, yanoqlarning qizillgi ham o’z-o’zicha salomatlik mezoni bo’la olmaydi. Salomatlikning mohiyati jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg’un, nerv sistemasining muvozanatda bo’lishi, chidamlilik, turli xildagi zararli ta’sirlarga qarshi bardosh bera oladigan bo’lishdir.
Xayot bolani albatta qanday bo’lmasin sinovlarga duchor qiladi. Bu nima bo’lmasin-xaroratning keskin o’zgarishimi yoki infeksiyami, jismoniy zo’riqishmi yoki ruhiy iztirobmi, his-hayajonmi, bari bir baquvvat organism unga maqsadga muvofiq reaksiyalar bilan javob beradi, o’zi uchun kurashadi, nimjoni esa kurashishga ojizlik qilib, mag’lub bo’ladi.
Sog’lom bolani tarbiyalash ancha oson. Buni hamma ham biladi. Barcha zaruriy narsalarga va malakalarga u tez o’rganib ketadi, sharoitlarning o’zgarishiga yaxshi moslashadi va o’ziga qo’yilgan talablarni to’g’ri tushunadi. Sog’liq-xulq-atvorning to’g’ri shakllanishi, tashabbuskorlik rivojlanishi, mustahkam irodali, iste’dodli va tabiatan qobilyatli bo’lish uchun muhim zamindir.
Xo’sh, bola sihat-salomat bo’lishi uchun nima qilish kerak? Ishni nimadan boshlash kerak? Buni o’zingizdan boshlang. So’zimga ishoning, bu quruq gap emas. Bu juda muhim, hatto zarur shartdir.
Bolaning sihat-salomat bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona sog’lig’iga bog’liq bo’ladi. Bo’lg’usi ota-onalar albatta shifokorga borib uchrashishlari u bilan maslahatlashishlari, o’zlarida qanday bo’lmasin birorta xronik kasallik topilgudek bo’lsa, sabr-toqat bilan to darddan butunlay forig’ bo’lib ketgunlaricha davolanishlari lozim.
Keyingi yillarda antenatal profilaktika qo’llanmoqda, ya’ni bola hali yorug’ dunyoga kelmasdan oldinroq undagi kasalliklarning oldi olinadi. Bunda olingan ma’lumotlar shunga ishonch hosil qiladiki, to’g’ri ovqatlanish, mehnat va dam olishni to’g’ri navbatlash, turli xildagi zararli ta’sirotlardan o’zini himoya qilish yo’li bilan homilador ayol yorug’ dunyoga keladigan o’z farzandining rivojlanishini “boshqarishi” mumkin.
Bolaning salomatligiga u o’sayotgan va rivojlanayotgan muhit ham ta’sir qiladi. Bola organizmi mayin, yagi niholdek egiladi, o’zgarib turadi. Ma’lum sharoitlarda yomon tug’ma xususiyatlar yuzaga chiqmay qolishi va jiddiy kasalliklar manbayi bo’lishi mumkin. Xuddi shu kabi yaxshi kurtaklar rivojlanishi va takomillashishi yoki so’nib, yo’q bo’lib ketishi mumkin.
Odam yorug’ dunyoga chidamlilik, bardoshlik, “tayyor” moslashuvchanlik mexanizmlarning ma’lum jamg’armasi bilan keladi. Buni sehrgar sahiy tabiat har bir bo’lajak farzandga ato etgan tuhfa, deb hisoblash mumkin. Biroq ana shu tabiat in’omini saqlash uchun undan bilib, oqillik bilan foydalanish kerak.
Masalan, chaqaloqda issiqlikni idora etadigan tabiiy mexanizmlar juda takomiliga yetgan bo’ladi. Sovuqqa javoban organizmda issiqlik berilishining tezda kamayishiga, isib ketishga javoban esa uning oshishiga imkon beradigan reaksiyalarning murakkab zanjiri paydo bo’ladi.
Agarda yuklamani tobora oshirib borib ana shu mexanizmlar tez-tez mashq qildirib turilsa ular tobora ishonchliroq sarkashlik qilmay ishlaydigan bo’lib boraveradi: mobodo bu xildagi mashq bo’lmasa ularning sozligi sezilarli darajada susayadi. Xulosa qilib shunday qilib deyish mumkin bolani nozik nihol qilib tarbiyalamasdan, balki chiniqtirish, trenirovka qildirish kerak, o’sayotgan organizmning faolligini oshirish lozim. Hamma narsani uning uchun qilishga urinish hadeb yiqilib tushasan, mayib bo’lasan, qilolmaysan deb dakki beraverish bolaga foyda qilmaydi.
Ehtiyot bo’lib yurishga o’rganish uchun qachon bo’lmasin yiqilish ham kerakda, biror narsani o’z qoling bilan qilishga o’rganish uchun oldin mehnat qilish, intilish kerak.
To’g’ri, bolani aktivlikka ma’lum bir chegarada rag’batlantirish kerak, unga fiziologik va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qurbi yetadigan, quyidan keladigan ishlarni buyurish kerak.
Ota-onalarning boshqa nojo’ya ishlari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalar “asr dinamikligi” tushunchasiga mukkalaridan ketib, bolalarni naqd 2-3 yasharligidan boshlab o’qitishga, hisobni, chet tilini o’rgatishga shoshiladilar, gantel bilan gimnastika qildirishga majbur etadilar. Aslo bunday qilmaslik qilmaslik kerak. Bir xil qobilyatlarning juda erta rivojlanishi boshqalariga albatta zarar qiladi. Bolalaikda boy berilgan narsaning o’rnini to’ldirish esa ba’zan oson bo’lmaydi. Bola tarbiyasida aslo haddan oshib ketmaslik kerak. Bolani hotirjam tabiiy oqilona sharoitda o’stiring.
Buning uchun nima qilish kerak? Shunday bir usul borki uni har holda hayotning birinchi yillaridagi bolalar uchun universal deb atashmumkin, zero u bola salomatligining mustahkamlanishiga, uni to’g’ri tarbiyalashga ham bir xilda ta’sir qiladi. Bu-kun tartibiga rioya qilishdir. Anniq kun tartibi bolaga tashqaridan zo’rama-zo’raki qildiriladigan hodisa emas. Tabiatga bir razm soling u aniq bir maromda yashaydi, hamma-hammasi quyosh chiqishi va botishi, ichki organlar ham shu xilda bir me’yorda ishlaydi. Masalan sog’lom yurak ritmining aniqligiga quloq soling.
Bolani doimo bir xil vaqtda va o’sha soatda uxlating,sayrga olib chiqing, cho’miltiring. Bir maromda ana shunday ish tutish organism hayot faoliyati uchun eng yaxshi sharoit yaratadi. Bolani ishtaxasi yaxshi bo’ladi, miriqib, qattiq uxlaydi, ruhi tetik bo’ladi. Oqilona rejim sharoitida o’sgan bola odatda injiq bo’lmaydi uni miyasida ta’bir joiz bo’lsa, ona suti bilan kirgandek har bir narsaning o’z vaqti, o’z o’rni, o’z me’yori vor, degan tushuncha shakllanadi.
Rejimga rioya qilish faqat bola uchungina zarur emas. Rejimga rioya qilinganda oila saramjon-sarishta, batartib, hamma narsa joy-joyida bo’ladi, bolani to’g’ri o’stirishni bilmaydigan oilada esa hamma narsa yoyilib, betartib bo’lib yotadi.
Biz rejimni universal vosita deb atadik zero u chindan ham gigiena va pedagogikaning eng muhim talablarini birlashtiradi biroq universal degani hali hammasi emas.
Na rejim, na bebaho gigiyenik parvarish, na to’g’ri ovqatlanish o’z-o’zicha avtomatik ravishda “ishlanib chiqilmaydi”. Bolani sevish va unga mehr shafqatli, diqqat e’tiborli bo’lish, his-tuyg’ularga boy bo’lish lozim buni esa bolaga yaxshi, ahil oila baxsh eta oladi holos.
Shunday qilib, bola tarbiyasi ota-onalarning tinimsiz ijodiy ishidir.
Ota-onalarni ko’p tashvishlar va mehnat-mashaqqatlar kutadi. Ular bunga tayyor bo’lishlar kerak.
3-oylikdan 6-oylikgacha bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyalash.
Bolalarda bu davrda 3 oylikkacha bo’lgan davriga qaraganda ko’rish va eshitish, idrok etish ancha takomillashgan bo’ladi. Ular atrofdagi narsalarni kuzatadilar, tanish narsalarni ajratadilar. Shu sababli rangli shaklli o’yinchoqlar berish lozim. Huddi shu vaqtda asosiy harakatlarni “ishlab chiqa boshlaydi”, bola qo’lini diqqatini tortadigan narsa tomon aniq cho’zadi, oladi, ushlab ko’radi. Kichkintoy-4-4 ½ oylik bo’lganida katta odamning qo’lidan o’yinchoqlarni olishi mumkin. Dastlab darrov ololmay ham qoladi, qo’llari bilan turtinadi, o’yinchoqni esa ololmaydi. 5 oylik bo’lganlarida bolalar asta-sekin qo’llarini o’yinchoqlarga dadil uzatadilar, oldin ularni ikkala qo’llari bilan, keyn bitta qo’llari bilan oladilar. Yarim yashar bolalar har bir qo’llarida bittadan o’yinchoq ushlab tura oladilar. Bularning barchasi katta ahamiyatga ega. Bolalar o’ynashga o’rganib, o’yinchoqlarga qarab, ularni olgani talpinadilar, holatlarini, vaziyatlarini o’zgartiradilar, yangi harakatlarni o’rganadilar. Bola endi qorni bilan yotishga o’rganadi: 5 oyligida u tanasining yuqori qismini tik qo’llariga tayangan holda baland ko’tarishi mumkin. Shu holatda turib, atrofidagi narsalarni kuzatish unga ancha oson va qiziqarli bo’ladi. 6 oyliklarida bolalar emaklaydilar, bunda kaftlariga va tizzalariga tayanib turadilar: bu vaziyat ularni emaklashga tayyorlaydi. Emaklashdan oldin ag’darilib olish ham bolani emaklashga o’rgatadi, bola 6 oylikbo’lganida buni butunlay o’rganib oladi (chalqancha yotganida qorniga ag’darilib oladi va aksincha). Bola 4 oylik bo’lganida birinchi marta qoniga ag’darilib olishga urinadi, dastlab u yonboshiga, keyn qorniga ag’dariladi. Agar bola o’yinchoqni ushlashga o’rganib qolgan bo’lsa, bu harakat juda yaxshi chiqadi. Xuddi ana shu o’yinchoqni olish istagi kichkintoyni ag’darilishiga va o’yinchoqni ushlab olishga undaydi. Bularning barchasi oyoq va qo’llar muskulaturasini, qorin pressini yaxshi mustahkamlaydi.
6 oylikdan 9 oylikkacha bo’lgan bolalarni tarbiyalash
Bu yosh davrida ota-onalar oldida yangi-yangi vazifalar paydo bo’ladi: kunduzgi bolani uch mahal uxlatish bilan kun tartibini tashkil etish kerak bo’ladi, bola nutqini asta-sekin tushuncha boradi, odamlarga aralashma boshlaydi, narsalarni yana ham yaxshi o’ynaydigan bo’ladi va mustaqil yurishning dastlabki bosqichi bo’lmish-emaklashga tayyorlanadi.
Shu davrdan boshlab kichkintoy o’tir, yot, “chapak chal” deb qilgan iltimoslaringizni bajaradi. Endi dastlabki o’yinlarni tashkil qilish mumkin (“chapak chalish”, “berkinmachoq o’ynash”, “ushla, ushla”), kichkintoyning nutqi asta-sekin rivojlanib, ayrim tovushlardan bo’g’inlarini aytishga o’tadi.
Kichkintoy hursand emeklaydi. Emaklash butun muskulaturaning mustaxkamlanishiga va xarakatlar uyg’unligining rivojlanishiga yordam beradi . 9 oylik kichkintoy mustaqil turishga ,tayanchni faqat bir qo’li bilan ushlab turishga o’rganadi.
9oylikdan 1yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi
9-10 oylik bolalardan o’yinchoqni olib kelishni iltimos qilish mumkin (albatta , bola uning nomini bilsa) Yaxshisi bolaga o’yinchoqni o’zi o’rganganidek o’ynashni aytish va unga qiyin bo’lmagan yangi xarakatni o’rgatish kerak. (“chaqaloqni alala”, “kuchukchaga ovqat ber”va hokazo) Shunda unda harakatlari tobora xilma xil bo’la boradi. Bolalar xalqani piramidaga soladilar, kubiklarni bir birining ustiga qo’yadilar. Bolani bunday harakatlari endi ancha davomli bo’ladi. Bolalar 10-11 oylik bo’lganlarida bir tayanchdan ikkinchisiga osonlik bilan o’tadilar., tepalikka (uchta zinadan iborat balandlikka) osongina chiqadilar va u yerdan bemalol tushadilar. Bolalar 12 oylik bo’lganida mustaqil yurishga o’rganadilar.



Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish