Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi



Download 127 Kb.
bet5/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1

Havo vannalari. Havo vannalari, ya’ni ochiq havoda toblanish chiniqishning birinchi orombaxsh va samarali vositasi hisoblanadi. Kichkintoy yo’rgaklarini almashtirish, kiyintirish, cho’miltirishdan oldin yechintirish- bularning barchasi dastlabki havo vannalari hisoblanadi. Bola hayotining 1-oyida uni kiyintirish vaqti asta-sekin uzaytira boriladi va 2 oylik bo’lganda 3-4 minutga yetkaziladi. Bola 3-4 oylik bo’lganda uni muntazam ravishda ochiq havoda toblantirishga kirishish mumkin. Bu paytda xonadagi havo harorati kamida 22 ⁰C bo’lishi kerak. Keyinchalik uni asta-sekin 18-19 ⁰C ga, 2 yoshdan oshgan bolalar uchun 16-17 ⁰C gacha tushirish mumkin. Havo vannasi bilan bir vaqtda bolani massaj qilish, gimnastika mashqlari bilan shug’ullantirish foydali. Dastlabki havo vannalari 1 yashar bolalar uchun ko’pi bilan 2-3 minut va 2-3 yashar bolalar uchun 3-5 minut bo’lishi lozim. 4-6 yashar bolalar organizmining individual ko’tarishiga qarab 5 minutdan 10 minutgacha havo vannalari olishi mumkin. Havo vannalari bir necha miutdan boshlanadi, keyin har 1-1 ½ oy ichida 30-40 minutga, keyinchalik 50-60 minutga yetkaziladi.
Nimjon yoki salqin havoga o’rganmagan bolalar asta-sekin yechintiriladi, dastlab qo’llari va oyoqlari yechiladi, keyin beligacha yalang’och qilinadi va nihoyat bola qip-yalang’och qilib qo’yiladi.
Istalmayotgan va juda nimjon bolalarning havo vannalari olishi mumkin emas. Yoz paytida, kun iliq, shamol yo’q paytda salga qo’zg’aladigan bolalar havo vannalarini daraxtlar soyasida (ko’pi bilan 10 minutgacha) olganlari ma’qul. Bunday havo vannalari bolalarga tinchlantiruvchi va tonusni oshiradigan ta’sir ko’rsatadi. Bir kunda 2 marta havo vannasi olish kerak. Yozda ertalab soat 8 dan to 18 gacha havo vannalari olinsa juda yaxshi bo’ladi. Havo vannalari bilan bir vaqtda suv muolajalari qabul qilish foydali, bunda kunning ikkinchi yarmi, bola uxlab turgandan keying vaqt hammadan yaxshi hisoblanadi.
Quyosh vannalari. Quyosh vannalari-bola organizmini mustahkamlashning juda kuchli vositasidir. Quyosh energiyasining biologic xossalari hozirgi paytda ancha to’la o’rganilgan. Quyosh nuri spektrining ultrabinafsha nurlari bola organizmining bir qator hayotiy muhim funksiyalariga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Ultrabinafsha nurlar bilan to’g’ri dozada nurlantirish natijasida qonning sifat tarkibi yaxshilanadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, bu esa oziq moddalarning yaxshi singishiga, binobarin o’sishning tezlanishini izohlab beruvchi nazariyalardan biri bu hodisani akseleratsiyaga, kuchli quyosh irradiatsiyasiga bog’liq, deb hisoblaydi.
Meditsinada davo maqsadida ham, profilaktika maqsadida ham quyosh nuridan keng foydalaniladi. Biroq shu narsani unutmaslik kerakki, bu kuchli ta’sir qiluvchi muolajadir. Quyosh nurida juda ko’p toblanish bolalar salomatligiga va rivojlanishiga yomon ta’sir ko’rsatadi.
Quyosh nurlarida chiniqishga faqat bolani havo vannalari qabul qilib, bu muolajaga tayyorlangandan keyin kirishish mumkin. Bola 3-4 oylik bo’lgandan boshlab quyoshda chiniqishga boshlash mumkin, shunda ham faqat tarqoq quyosh nurlarida toblantirish mumkin. 1 yoshdan oshgan bolalar bir necha kun davomida dov-daraxtlar tagida, olachalpoq soyada bo’lgandan keyin ochiq quyosh nurlariga chiqishlari mumkin. Dastlabki kunlarida quyoshda uzog’I bilan 5-6 minut toblanish mumkin. Asta-sekin, badan qoraygandan keyin bu muddatni 10 minutgacha oshirsa bo’ladi.
Quyosh vannalari odatda boshqa chiniqtiruvchi muolajalar bilan birga olib boriladi. Yarim yashar bolalar uchun quyosh vannalarini havo harorati soyasida kamida 20-23 ⁰C bo’lganda 2 minutdan 10 minutgacha o’tkazish mumkin. Har safar quyosh vannasi qabul qilgandan so’ng ustdan issiqligi 30-35 ⁰C suv quyish kerak. 6-12 oylik bolalar quyosh vannalarini soyada havo harorati 13-20 ⁰C dank am bo’lmaganda 5 minutdan 20 minutgacha olishlari mumkin, ustdan quyiladigan suvning harorati 28-32 ⁰C bo’lishi kerak. Quyosh vannalari qabul qilayotgan paytda ham, umuman oftobda toblanish davrining boshidan oxirgacha bola ahvolini sinchiklab kuazatib turish nihoyatda muhim. Bola lanj bo’lsa, yuzi qizarib ketsa, qattiq terlasa, boshi og’risa, shuningdek kayfiyati, ishtaxasi yomon bo’lib qolsa, yaxshi uxlay olmas, quyoshning tik tushadigan nurlari ostida toblanishni to’xtatish kerak.
Xususan ertalab soat 9 dan 12 gacha quyosh vannalari qabul qilganyaxshi, chunki bu vaqtda quyosh hali unchalik qizdirmaydi, ultrabinafsha nurlar soni esa juda ko’p bo’ladi. Sayr qilib yurgan paytda quyosh vannalarini 2-3 marta takrorlash lozim.
Suv muolajalari. Chiniqishda suv muolajalari juda katta o’rin tutadi. Suv juda kuchli issiqlik o’tkazish va issiqlik sig’imi xususiyatiga ega, uning issiqlikni boshqarish mexanizmlariga ta’sir ko’rsatishi shu haroratdagi havoga qaraganda kuchli, havoning issiqlik o’tkazishi suvnikiga qaraganda 30 marta kam. Suv teri yuzasiga tekkanda yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlarga ko’ra issiqlik ajralish keskin kuchayadi, terining qon tomirlari torayadi, ularning ichi torayib, sovqotish sezgisi paydo bo’ladi. Bunda odam titraydi, terisi “tovuq eti” ga o’xshab qoladi. Biroq oradan 1-2 minut o’tgacha tomirlar kengayib, isish sezgisi paydo bo’ladi- teri pushti rangga kiradi va iliq bo’lib qoladi.
Suvda chiniqishda ayniqsa quyidagi asosiy prinsipga qat’iy rioya qilish kerak, bu boshqa chiniqish turlariga qaraganda juda ham muhim, ya’ni har bir muolajani muntazam, asta-sekin har bir bolaning o’ziga mos holda tanlash shart. Suv bilan chiniqishning har xil turlarini ma’lum izchillikda olib borish kerak.
Bolani suvda chiniqtirar ekansiz, gigiyenik vannalar qiling, yuvintiring, ustidan suv quying, oyog’ini yuving, badanni ho’l sochiq bilan ishqab arting, dushga olib kiring, cho’miltiring.
Gigiyenik vanna-dastlabki suv muolajasi bo’lib, kichkintoyni unga kindik yarasi bitgandan keyin o’rtagaq boshlanadi. Suv harorati bola badani haroratiga mos (36-37 ⁰C) bo’lishi lozim. Vanna qabul qilish davomiyligi 5-7 minut. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun suv harorati 35-36 ⁰C bo’lishi kerak. Vanna qabul qilib bo’lgandan keyin og’zi kattaroq ko’zachada bola ustidan suv quyilsa yaxshi bo’ladi, suvning harorati vanna qabul qilgandagidan 1-2 ⁰C sovuq bo’lishi lozim. Ustidan quyiladigan suv haroratini 5-6 kundan keyin 1 ⁰C dan pasaytira borib, 26-28 ⁰C ga tushirish shart, suvning shu xilda issiq-sovuq bo’lishi juda foydalidir. Suv haroratining goh iliq, goh sovuqroq bo’lishini har bir bola har xil ko’taradi, shu sababli bola qo’rqqanda, eti junjikib bezovta bo’lganda suv haroratini pasaytirmaslik kerak, ba’zi hollarda suvni ilgarigidan ancha iliq (1-2 ⁰C ga) qilish lozim, bola cho’milishiga mutlaqo unamay, xarhasha qilganda umuman bu muolajani to’xtating. Yozda gigiyenik vannalarni ochiq havoda suv haroratini
33-35 ⁰C qilib o’tkazgan yaxshi.
Bola yarim yoshga to’lib, tishlari birin-ketin chiqa boshlaganda og’zini va qo’llarini yuvib turish faqat gigiyenik ahamiyatga ega bo’lmay, balki chiniqtiruvchi ta’sir ham ko’rsatadi. Bolaning yuzi va qo’llari har kuni 25-27 ⁰C haroratdagi suvda 1-2 mahal yuviladi. Keyinchalik suv harorati asta-sekin xona harorati darajasigacha (18-20 ⁰C) tushiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 14-16 ⁰C dagi vodprovod suvida yuvinishlari kerak. Yozda maktab yoshidagi bolalarning tabiiy manbalarda –buloqlarda, ariqlarda va soylarda cho’milgani yaxshi, u yerlarda suv harorati aksari 10-12 ⁰C bo’ladi.
Chiniqishlarning 3-4 oylikdan boshlab qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng oddiy, maxsus usuliga badanni ho’l sochiq bilan ishqab artish kiradi. Badanni yaxshisi ertalab, kechasi uxlab turgandan keyin artish kerak. Yumshoq paxmoq matodan tikilgan xaltacha suvga botirilib, siqiladi va dastlab qo’llar, keyin ko’krak, qorin, dumba, oyoqlar artiladi. Shundan so’ng ho’l bo’lgan joylar sochiqni bosib-bosib artiladi, keyin qalin sochiq bilan to teri qizargunga qadar ishqab artiladi, suv harorati va suv muolajasi bir-biriga bog’liq. Suv harorati qanchalik past bo’lsa, muolaja muddati shunchalik qisqa bo’ladi. Yoshiga to’lmagan bolalarni 36-37 ⁰C haroratdagi suv bilan artiladi. Keyinchalik har haftada suv haroratini 1 ⁰C dan pasaytira borib, 28-30 ⁰C gacha tushiriladi. 2-3 yashar bolalar uchun suv harorati 25-26 ⁰C gacha tushiriladi. Agar bu muolajani birinchi marta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga qo’llansa, u holda suvning dastlabki harorati 30-32 ⁰C bo’lishi lozim, keyin suv haroratini go’dak bolalarga qo’llaniladigan izchillikda asta-sekin 18-20 ⁰C ga tushiriladi. Butun muolaja ko’pi bilan 3-5 minut davom etadi.
Ustidan suv quyish va dush qabul qilish bolaning nerv sistemasiga ta’sir qiladigan kuchli muolaja hisoblanadi. Bola hayotining hali 1-yilida ustidan suv quyish boshlanadi, kamida 1 ½-3 yashar bolalar esa vrach maslahati bilan moneliklar kabi ustidan suv quyishda va dushda cho’miltiriladi. Boshqa suv muolajalari kabi ustidan suv quyishda va dushda cho’miltirishda hafta davomida suv haroratini 1 ⁰C tushirish kerak. Dastlab suv harorati 33-35 ⁰C bo’lishi kerak, asta-sekin 24-26 ⁰C gacha tushiriladi.
1 yashar va bundan katta bolalar uchun kechqurun uxlashdan oyoqqa suv quyish juda ham foydali. Dastlab suv harorati 28 ⁰C bo’lishi kerak, asta-sekin u 16-18 ⁰C gacha tushiriladi. Oyoqqa suv quyib bo’lgandan keyin paxmoq sochiq bilan quruq qilib artiladi.
Chiniqtirishning samarali usuli oyoqqa vanna qilish hisoblanadi, oyoq vannalarini 3-4 yoshdan boshla oyoqqa suv quyib yurgandan keyin boshlash mumkin. Bu muolaja quyidagi metodika bo’yicha o’tkaziladi. 25-27 ⁰C haroratli suv quyilgan tog’ora ga bola oyoqlarini solib o’tiradi. Keying kunlarda bu muolaja har kuni shu haroratdagi suvda 1 minutdan uzaytiriladi. 10-kunga borib 10 minutgacha yetkaziladi. Shundan so’ng uv haroratini dastlabkisiga qaraganda 5-7 ⁰C tushiriladi (20-22 ⁰C). Suv bolaga yoqsa 20-kundan keyin ancha sovuqroq 16-18 ⁰C suv bilan o’sh sxemada oyog’iga vanna qilinadi. Har bir muolajadan so’ng oyoq quruq qilib artiladi va bola yoqimli issiq sezguncha ishqalab artiladi.
Bola 3-4 yashar bo’lgandan boshlab, ochiq suv havzalarida cho’milishga ruxsat etiladi. Bu organizmni yoz davrida chiniqtirishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola dastlab uzog’i bilan 2-3 minut, maktab o’quvchilari 3-5 minut cho’milishlari mumkin. Keyinchalik cho’milish muddati 10-15 minutga yetkaziladi. Bola suv ichida iloji boricha ko’p harakat qilsin. Bola sovqotdi deguncha uni darrov suvdan chiqarish va quruq sochiq bilan terisi qizarguncha tez-tez artish kerak, keyin kiyintirib, u bilan harakatchan o’yinlar o’ynash lozim.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish