Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi


Yuqumli kasalliklarning oldini olish



Download 127 Kb.
bet7/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1

Yuqumli kasalliklarning oldini olish
Ovqatlanish rejimi va chiniqtiruvchi muolajalarning ahamiyati katta, biroq bular bolani yuqumli kasalliklardan saqlash uchun yetarli bo’lmaydi. Bolalarning yuqumli kasalliklari ko’p, bolalarning bu kasalliklar bilan kasallanishi muntazam ravishda kamayib borayotganiga qaramay, ularning ko’pchiligi hozirgi kunga qadar ota-onalar va vrachlarni tashvishga solib ketyapti.
Yuqumli kasalliklar uchun kasallik qo’zg’atuvchilarning (mikroblar yoki viruslar) mavjud bo’lishi, kasal odamdan sog’ odamga o’tib (yuqib), keng tarqalib ketishi va organizmida takror yuqqanda qabul qilmaslik holati (immunitet) paydo qilishi xarakterlidir.
Bolalarda uchraydigan deyarli barcha yuqumli kasalliklarda (qizamiqda, skarlatinada, suvchechakda, difteriyada, ko’kyo’talda, qizilchada, grippda va boshqa yuqumli kasalliklarda) kasallik qo’zg’atuvchilari burunda, xalqumda va boshqa yuqori yo’llarida bo’ladi.
Gaplashganda, yo’talganda va aksa urganda kasallik qo’zg’atuvchilari so’lak va balg’am zarralari bilan havoga tarqaladi va ularni sog’lom bola nafasiga olganda kasallanib qolishi mumkin. Kasallikning bu xilda yuqishi havo-tomchi yo’li bilan yuqish, deb ataladi. Qizamiq, qizilcha, infeksion parotit (tepki), suvchechak, gripp, grippsimon kasalliklar va ko’kyo’tal asosan shunday yo’l bilan yuqadi. Bu kasalliklarning qo’zg’atuvchilari juda beqaror bo’lib, atrof muhitda darrov o’ladi, shu sababli, xastalik faqat shu kasallik bilan og’rigan bolaga yaqin bo’lgandagina yuqadi, holos.
Kasallik qo’zg’atuvchilari bemordan turlicha masofaga tarqaladi, masalan, ko’kyo’talda 2-3 metrgacha yetadi, qizamiqda va suvchechakda qo’zg’atuvchi havo oqimi bilan o’nlarcha metr joyga, uyning bir necha quvvatiga, hatto uydan ham yuqoriga yetadi. Gripp, qizilcha va tepkining tarqalish yo’li ancha qisqa (bir yoki bir nechta xona, yo bo’lmasa maktab sinfi chegarasida).
Skarlatina, difteriya, dizenteriya, chinchechak, silda kasallik qo’zg’atuvchilari o’z hayot qobilyatini atrof muhitda uzoq vaqt saqlab turishi mumkin. Shu sababli, kasallik faqat bemor bilan bevosita birga bo’lgandagina emas, balki bemor ajralmalari tushgan buyumlar, choyshab, o’yinchoqlar, idish-tovoq, shuningdek bemorga qaragan yoki bo’lmasa, u bilan birga bo’lgan , biroq kasallanmagan (batsilla tashuvchi) dan yuqishi mumkin. Bu infeksiyalarning tarqalishiga ko’p jihatdan bemorlarga qaraydigan katta yoshli odamlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi, ularning qo’llarini yuvmasligi va niqob taqmasligi, xalat kiymasligi sabab bo’ladi.
Shunday qilib, bolalarning yuqumli kasalliklarini tarqatadigan manba bemor odam, ba’zi hollarda esa batsilla tashuvchilar va virus tashuvchilar hisoblanadi. Shu sababli, bemorni erta aniqlash va alohidalab qo’yish bolalar yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo’ladi.
Oilada yuqumli kasallik borligiga salgina bo’lsa-da shubha tug’ilganda to vrach kelguniga qadar bemorni sog’lom bolalardan ajratib qo’yish, kasal borligini atrofidagi odamlarga aytib, ogohlantirib qo’yish va iloji boricha bolaning kasal bo’lib qolgani haqida tezroq bog’chaga yoki maktabga (agar u shu yerlarga qatnasa) xabar berish lozim. Mana shunday yo’l bilan bolalar kasallanishining hamda batsilla tashuvchilar paydo bo’lishi va kasallik tarqalishining oldini olish mumkin. Xuddi shu boisdan ham maktabgacha tarbiya muassasiga yoki maktabga boradigan bolaning ahvolini juda sinchiklab kuzatib turish zarur. Bola yo’talsa, tumov bo’lsa, istimasi chiqsa, uni o’rniga yotqizib qo’yib, uyga vrach chaqirish lozim. Bola xulq-atvorining har qanday o’zgarishida uni sog’mi, kasal bo’lib qolmadimi, deb o’ylab, sinchiklab ko’rish, qayeri og’riyotganligi so’rash kerak.
Vrachdan kasal bo’lgan bola o’ynagan o’yinchoqlarni va u tekkan narsalarni qanday qilib zararsizlantirish kerakligini so’rab bilib olish lozim.
Hozirgi paytda bolalar ko’pgina yuqumli kasalliklarga (sil, poliomielit, ko’kyo’tal, difteriya, qoqshol va boshqalarga) qarshi emlanadi. Emlash bola organizmida shu kasalliklarni qabul qilmaslik (immunitet) paydo qiladi. Vaqtida emlash natijasida ba’zi bolalarning yuqumli kasalliklar bilan kasallanishini bir necha o’n marta kamaytirish va hatto butunlay yo’qotish mumkin bo’ldi. Emlangan bolalarda yuqumli kasallik odatda yengil kechadi va deyarli asoratlar bermaydi, bu ham muhim. Barcha profilaktik emlashlar ota-onalar ishtirokida o’tkazilishi kerak, aks holda xatolarga yo’l qo’yib, bolalar uchun og’ir oqibatlar paydo bo’lishi mumkin.
Ota-onalar bolalarini emlashga tayyorlashlari lozim. Bola emlanadigan kuni ona ertalab albatta uning tana haroratini o’lchashi, vrach bilan shaxsan uchrashib, bola sog’lig’idagi va xatti-harakatidagi o’zi sezgan barcha o’zgarishlarni unga aytishi, emlash yuzasidan vrach maslahatlarini diqqat bilan eshitishi va ularni puxta bajarishi zarur. Xususan, takror emlashlar muddatiga qat’iy rioya qilish kerak, chunki shunday qilinmasa, emlash samarasiz bo’ladi, bola emlangandan keyin ham uning ahvolini sinchiklab kuzatib turish va unda birorta o’zgarish bo’lganda o’z vaqtida darhol vrachga xabar berish kerak.
Ekssudativ diatez alomatlari, astmatik bronxit, bronxial astmasi bor, ba’zi ovqat xillarini ko’tara olmaydigan, shuningdek shu yaqinda birorta kasallik bilan og’rib o’tgan, yuqumli bemor bilan birga bo’lgan bolalarda emlangandan keyin og’ir reaksiyalar va hatto asoratlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, bola ahvolida biror o’zgarish borligini sezgan zahotingiz u birlamchi yoki takror emlanadigan kuni bu haqda vrachga ayting. Afsuski, ota-onalar, hamisha ham maktabgacha tarbiya muassasalari yoki maktab vrachlari bilan doimiy aloqada bo’lmaydilar, shu sababli ko’pincha hatto bolaning emlanganini yoki emlash buyurilganini bilmaydilar.
Shunday qilib, bolaning ko’pgina kasalliklari oldini olish yoki kasalliklarning kechishini ancha yengillashtirish mumkin. Bu muhim ishda ota-onalar vrachlarning eng yaqin yordamchilari hisoblanadilar.



Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish