Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


–  operatsiya  va  bitimda  qatnashuvchi  tomonlarning  moliyaviy  majburiyatlarining  tengligi    tushuniladi



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 – 
operatsiya  va  bitimda  qatnashuvchi 
tomonlarning  moliyaviy  majburiyatlarining  tengligi    tushuniladi

Masalan,  bank  bilan 
ishlab chikarish korxonasi o’rtasida 50 mln.so’mlik kredit bitimi tuzildi va xar yili kredit 
oluvchi beruvchiga  5  mln.so’mdan  va 4  yildan  so’ng 50  mln.so’mni  qaytarib  beradigan 
bo’ldi  .Sug’urtalanuvchi  sug’urta  qiymatini  to’laydi,  sug’urtachi  esa  agarda  sug’urta 
xodisasi  sodir  bo’lsa  summani  to’lash  majburiyatini  oladi.  Birinchi  bitimda  to’lov  xar 
qanday sharoitda xam amalga oshiriladi, ikkinchisida esa sug’urtachini to’lash extimoliga 
bog’lik bo’ladi. 
To’lovlarni  tengligini  ta’minlash  maksadida  ularni  ekvivalentlik  tamoyili 
qo’llaniladi.  Uni  qo’llashda  tomonlarning  majburiyatlari  o’zgarmaydi,  ekvivalentlik 
tamoyiliga muvofiq foizlar darajasi, ularni turi, majburiyatni bajarish vaqti, to’lovlarning 
vaqt  bo’yicha  taqsimlanishi  va  boshqalar  o’zgartirilishi  mumkin.  Moliyaviy  hisob-
kitoblarda  juda  ko’p  muammolarni  ekvivalentlik  tamoyiliga  asoslanganligini  kelgusi 
bo’limlarda ko’rib chiqamiz. 
Adabiyotlarda  foizlar,  foizli  pullar,  foiz  stavkalari  va  boshqa  so’zlar  ishlatiladi. 
Bular bir xil narsami yoki turli ma’noga egami? Ushbu savolga javob berish uchun ularni 
ma’naviy  taxlil  qilish  zarur.  Foizli  pullar  yoki  qisqacha  foizlar  deganda  pulni  (ssuda, 
tovarni kreditga sotish, pulni depozit schyotiga joylashtirish, kimmatli qog’ozlarni ayrim 
turlarini  sotish,  olish  va  boshqa  shakllar)  qarzga  berib  va  undan  olingan  daromadni 
summasiga tushuniladi. Tushunarli, demak foizlar qaysi shakl va paydo bo’lish turiga ega 
bo’lmasin, ular doimo ssuda foizi iqtisodiy kategoriyasini aniq namoyon bo’lishidir .Foiz 
olish  bu  yangilik  emas.  Masalan,    Qadimgi  Gretsiyada    qarz  summasida  10%  dan  36% 
gacha foiz olingan. 
Moliyaviy  bitim  va  kredit  kelishuvini  tuzishda  tomonlar  foiz  stavkasi  xaqida 
kelishib olishadi. Foiz stavkasi deganda
 – 
qayd qilingan vaqt oralig’idagi nisbiy daromad 
razmeriga tushuniladi va u foiz daromadini qarz summasiga bo’lish bilan aniqlanadi. Foiz 
stavkasi  tijorat,  kredit  va  investitsion  kontraktlarini  eng  muhim  qismlaridan  biri  bo’lib,  
o’nli yoki oddiy kasrlarda o’lchanadi. Oddiy kasrlarda o’lchansa aniqlik  1/16 yoki  1/32 
qayd qilinadi. 
Xisob-kitoblarni amalga oshirishda foiz stavkalari odatda o’nli kasrda o’lchanadi. 
Foiz stavkasi davri bir yil deb qabul qilingan. 
Kelishuvga  binoan  foizlar  ustama  shaklda  xar  yili  to’lanishi  yoki  boshlang’ich 
summaga  ko’shib  borilishi  mumkin.  Boshlang’ich  summaga  foizlarni  qo’shilib  borishi 
bilan boshlang’ich  summani  ortib borish  jarayoni  moliya  bozorida  foizni kapitalizatsiya 
qilish deyiladi.  
Foiz  stavkasi  razmeri  bir  qancha  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarga  bog’liq  (pul-
kredit  bozori  holati,  bitim  turlari,  qarz  va  kredit  muddati  va  razmeri,  qarz  oluvchini 
xususiyatlari  va  boshqalar)  va  u  qarz  summa  bo’yicha  oshgan  qiymat  summasi 


 
26 
hisoblashda  faqat  instrument  hisoblanmasdan,  xohlagan  moliyaviy,  kredit,  investitsion 
yoki  tijorat  operatsiyasi,  bitimi  yoki  faoliyatini  daromadliligi  darajasini  o’lchagichi 
sifatida  ham  qo’llaniladi.  O’tgan  asr  adabiyotlarida  foiz  stavkasi  joylashtirish  stavkasi 
deb  aytilgan.  Bu  noto’g’ri  fikr  emas.  Xozirgi  kunda  xam  millionlab  kommersantlar  o’z 
kapitalini  omadli  joylashtirish  ustida  bosh  qotirishadi.  Zamonaviy  moliya  bozorida 
foizlarni  xilma-xil  turlari  va  ularni  kapitalizatsiya  qilishni  turli  usullari  uchraydi. 
Foizlarni farqlanuvchi qator belgilarini ajratish mumkin . 
Ustama  yozishda  qabul  qilingan  baza  (boshlang’ich  summa)  o’zgarmaydi  va 
paydar-pay  o’zgarib  boradi.  Birinchi  xolatda  sodda  foiz  stavkalari,  ikkinchisida 
murakkab  foiz  stavkalari  qo’llaniladi.  Murakkab  foizda  daromad  birinchi  davr  uchun 
boshlangich 
(P) 
summadan  hisoblansa,  ikkinchi  davr  uchun  daromad  summasi 
boshlang’ich summa (birinchi yil) va birinchi yil bo’yicha olingan foiz pullar (daromad) 
yig’indisi summasidan xisoblanadi  va x.k. Boshqacha aytganda, murakkab foizli usulda 
ham asosiy qarz, ham undan olingan daromadlar (foizlar) daromad keltiradi. 
Foiz  pullarini  hisoblash tamoyillari  ham  turlicha.  Ular bo’lishi  mumkin: xozirdan 
kelgusiga va teskarisi, kelgusidan xozirga. Masalan, Sizni 10 mln.so’m pulingiz bor. Uni 
3 yilga 10 % bilan qarzga berdingiz va 3 yildan so’ng qancha pul qaytarib olasiz. Bunday 
foiz stavkasi moliyaviy adabiyotda dekursiv stavka deyiladi. Agarda qarz berilayotganda 
foiz pullari olib qolinsa, bu stavka antisipativ stavka deyiladi 
Ayrim  adabiyotlarda  100dan  100ga  va  100  ichida  foizlari  xam  ishlatiladi.  Ushbu 
foizlarni quyidagi misollar yordamida ko’rib chiqamiz. 
1.  Sizni  korxonaga 
S
  dan 
d%
  -  tashqil  etuvchi  summani  ko’chirishdi.  Noma’lum  
(X)  summani  aniqlasak.  X  =  Sd/100  =  Sd
1
.  d
1
=  d  :  100.  X  –  foizlar  100  dan  olingan 
foizlar  deyiladi.  Endi,  aniqrok  yozsak.  Korxonaga  ko’chirilgan  summa  300000  so’mni 
50% tashkil etadi. Bu erdan  R = 300000 ∙ 0,5 = 150000 so’m. 
2.    Korxona  o’z  tovarini  K  so’mga  sotib,  A  foizli  foyda  oldi.  Foydani  aniklang.  
Tannarxni  G desak, K  =  G  +   AG  /  100;      K

=  AG/ 100.     A=  20%    va     K= 180000 
so’mga teng desak, unda K
1
 = 180000 ∙ 0,2/ 1,2 = 30000 so’m. Tannarx ( G) = K – K
1  

180000 – 30000 = 150000 so’m.  
3.  Korxona  tavarni  K  summa  sotib,  B  foizli    zarar    ko’rdi.  Zararni  aniqlasak. 
Tannarx  G  bilan belgilasak, unda K = G – B ∙ G  : 100.  Bu erda  G = K / 1 - P / 100. 
Demak zarar teng. K
1  
= GB / 100. Agrda B = 20%  va K = 90000   unda K
1  
= 90 ∙ 0,2 / 
0,8 = 22,5  ming so’m. Tannarx  (G) = 90 + 22.5 = 112.5 ming so’m.   
 Foiz  stavkalari    doimiy  (kayd  qilingan)  va  suzuvchi  stavkalarga  bo’linadi. 
Suzuvchi  stavkada  foiz  stavka  ko’rsatilmaydi,  vakt  bo’yicha  o’zgaruvchi  baza  (bazali 
stavka  )  va  unga  qo’shiladigan  ustama  razmeri  –  marja  ko’rsatiladi.    Bazali  stavkaga 
London  banklararo stavkasi – LIBOR (LIBOR) yorqin misol bo’lishi mumkin. 
Foiz  stavkalari    tizimida  O’zbekiston  Respublikasi    Markaziy  bankining    qayta 
moliyalashtirish stavkasi muhim o’rin  egallaydi. Bu stavka bilan MB tijorat banklariga 
kredit beradi.  
Qarzni  paydar-pay  qoplab  borishda  foizlar  yozishni  ikki  qo’llanishi  mumkin:  1) 
foiz  stavkasi  (oddiy  va  murakkab)  qarzni  xaqiqiy  summasiga    qo’llaniladi;  2)  Oddiy 
foizlar  qarzni  paydr-pay  qoplanilishi  hisobga  olmagan  holda,  birdaniga  boshlang’ich 
summaga yoziladi

Masalan, iste’mol kreditida ushbu shakl qo’llaniladi. 


 
27 
Amaliy  xisob-kitoblarda  diskret  foizlar  (foiz qayd  qilingan  intervallarda  yoziladi) 
qo’llaniladi.  Ayrim  hollarda  (uzluksiz  deb  hisoblanadigan  jarayonlarda)  uzluksiz  foiz 
stavkalari xam qo’llaniladi. 
Foiz  stavkalarning  boshqa  turlari  xam  mavjud.  Ularni  ko’rib  chiqish  darslikni 
tegishli bo’limlarida amalga oshiriladi.  

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish