Innovatsion iqtisodiyot ” kafedrasi 2- kurs i-161-19 guruh talabasi Bahriddinov Behzod Faxriddin о‘g‘lining malakaviy amaliyot bo‘yicha


Mehnat va ish haqi bo’limi faoliyatini o’rganish



Download 89,28 Kb.
bet6/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,28 Kb.
#194387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I-161-19-guruh.Bahriddinov Behzod

4. Mehnat va ish haqi bo’limi faoliyatini o’rganish

Tashkilot ma‘muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar boyicha pensiya tayinlash uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni dastlabki tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Zarur bo‘lganda tashkilot ma‘muriyati etishmayotgan hujjatlarni so‘rab olish choralarini ko‘rishi kerak.

Tashkilot ma‘muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.

Xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan taqdirda, tashkilot ma‘muriyati mazkur ariza royxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va taqdimnomani to‘liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga imzo qoydirgan holda) tanishtiradi.

Agar pensiyaga huquqi bo‘lgan shaxs ishlovchi bo‘lmasa, pensiya tayinlash uchun ariza u tomonidan u yashab turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. Tashkilot ma‘muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘play olmagan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bor hujjatlar topshiriladi.

Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo‘lsa, ushbu arizani jo‘natishning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sanasi pensiya so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot ma‘muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma‘lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun shubha paydo bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari boyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma‘lumot majburiy tartibda ko‘rsatiladi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‘g‘risida qaror chiqargan hollarda, tekshirish tamom bo‘lish muddatidan qat‘i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonunining 2-moddasiga asosan davlat pensiyalarining quyidagi turlari mavjud:



  • yoshga doir pensiya;

  • nogironlik pensiyasi;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar-60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar-55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega

bo‘ladilar.

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonuni 37-moddasi birinchi qismining ―a‖, ―b‖, ―v‖ va ―g‖ bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son royxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:

1-son ro’yxat – yoshidan qat‘iy nazar;

2-son ro’yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;

3-son ro’yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda.

Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga, shuningdek:

Urush nogironlari, bolalikdan nogironlar onalari – 5 yilga qisqartirgan holda; liliput i pakanalar – 10 yilga qisqartirgan holda. Imtiyozli shartlarda pensiyalarni tayinlash tartibining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonunining 10-13-moddalari aks ettirilgan. Qonun 37-moddasining ―a‖, ―b‖, ―v‖ va ―g‖ bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy mehnat layoqatini yo‘qotish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi ―Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida‖ 195-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiriladi.


Download 89,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish