Innovatsion iqtisodiyot ” kafedrasi 2- kurs i-161-19 guruh talabasi Bahriddinov Behzod Faxriddin о‘g‘lining malakaviy amaliyot bo‘yicha


Korxonaning rentabellik darajasi va foydasini taqsimlanishini o’rganish



Download 89,28 Kb.
bet8/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,28 Kb.
#194387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I-161-19-guruh.Bahriddinov Behzod

8. Korxonaning rentabellik darajasi va foydasini taqsimlanishini o’rganish

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat‘i nazar tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonunining 17-moddasi 2qismida belgilangan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a‘zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a‘zolari hisoblanadilar:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki

16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;

b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda

tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki I yoki II guruh nogironi bo‘lsalar;

v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat‘i nazar, ota va onadan biri yoki er(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, 3 yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;

g) buva va buvi-agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. o‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. o‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 10 Iyun 2011 yil Oliy Majlis Senatining IV yalpi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan 14 ta qonun ko’rib chiqilib, ma'qullandi.

―Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risda‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun shular jumlasidan. Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasining Uchtepa tumani bo’lim boshlig’i o’rinbosari Habibaxon Nimatjonova muxbirimizga ana shu qonunga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida quyidagilarni gapirib berdi:



Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishining besh tamoyilidan biri bu kuchli ijtimoiy himoya bo’lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqilgan, ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdori muntazam ravishda oshirib kelinmoqda. 2010 yil 22 dekabrdagi ―Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bu borada muhim ahamiyatga ega. Ushbu qonun ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni, ayniqsa, keksa va nogironlarni har taraflama qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Yangi qonun pensiya qonunchiligini takomillashtirishga, uni xalqaro andozalarga va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashtirishga hamda fuqaroning byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirishga qo’shgan shaxsiy hissasi va uning pensiya miqdori mutanosibligini ta'minlashga qaratilgan. 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risidagi Qonuniga quyidagi o’zgartirishlar kiritildi:

  1. Yoshga doir to’liqsiz staj bilan pensiya ayollar 55 yoshga to’lganlarida va erkaklar 60 yoshga to’lganlarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo’lganlarida tayinlanadi. Ish staji deyilganda korxona, muassasa, tashkilotlardagi ijtimoiy sug’urtalangan mehnat faoliyati, qonunchilik bilan belgilangan tartibda ijtimoiy sug’urta badallari to’langan yakka tartibda xususiy tadbirkorlik faoliyati va armiyadagi xizmat tushuniladi (8-modda).

  2. Pensiya miqdorini hisoblashda ayollarning farzandlarini go’daklik yoshida parvarishlagan vaqt faqat ishlab turgan davrda farzand tuqqan ayollarning ish stajiga qo’shib hisoblanadi, farzandlarni parvarishlagan ta'tillarda bo’lgan vaqt jami bo’lib 3 yildan oshmagan davri hisobga olinadi (37-modda ―j‖ bandi).

  3. Ish stajiga, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida, ya'ni institut, universitet, aspirantura, doktarantura, klinik ordinaturalardagi kunduzgi o’qish davrlari qo’shib hisoblanadi. O’rta maxsus o’quv yurtlaridagi o’qish (texnikum, bilim yurtlari, kurslar, kasb-hunar kollejlari va shu kabilar) pensiya tayinlashda ish stajiga qo’shib hisoblanmaydi (37-modda ―e‖ bandi).

  4. Shuningdek, ushbu qonun bilan yoshga doir imtiyozli pensiyalar tayinlash masalasida ham o’zgartirishlar kiritilgan, ya'ni:

  1. Qishloq xo’jaligi xodimlarining ayrim toifalariga, traktorchi-mashinist ayollarga, aviatsiya muhandis-texnik xodimlariga, to’qimachilik ishlab chiqarish dastgohlarida ishlagan ayollarga, shahar yo’lovchi tashish transporti haydovchilariga, ko’p bolali onalarga imtiyozli pensiyalar tayinlanmaydi (12 modda ―v– z bandlari).

Bolalikdan nogiron bolasini 8 yoshgacha tarbiyalagan onalarga ularning ish stajlari kamida 20 yil bo’lganda 50 yoshdan imtiyozli pensiya tayinlanadi (12 modda ―z bandi).

  1. O’qituvchilarga agar ular nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta'lim muassasalari, ―Mehribonlik uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalarida kamida 25 yil ishlagan bo’lsalar, ayollar 50 yoshdan, erkaklar 55 yoshdan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar (12-modda ―k bandi).

v) Ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokor va o’rta tibbiy xodimlari shu muassasalardagi maxsus ish stajlari qishloq joylarda 25 yil, shaharlarda esa 30 yil bo‗lganda ayollar 50 yoshdan, erkaklar 55 yoshdan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‗ladilar (12-modda ―l bandi).

5. Nogironlik pensiyalari TMEKlar tomonidan 1- va 2- guruh nogironi deb topilgan fuqarolarga tayinlanadi (15-modda).

Pensiyalarga mintaqaviy koeffitsientlar joriy etish bekor qilinganligi sababli, pensiyalarni tayinlashda ushbu koeffitsientlar qo‗llanilmaydi (49-modda oltinchi xatboshi).

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi

―Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida‖gi Ozbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqidagi 107sonliqaroribilan:

Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom (1-ilova);

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom (2-ilova);

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-qaroriga kiritilayotgan o’zgartirishlar tasdiqlangan (3-ilova).

Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq katta yoshdagi bolalikdan 1- va 2-guruh nogironlariga va 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarga nafaqa tayinlash tartibi, talab etiladigan hujjatlar va nafaqa to’lash tartiblari belgilangan bo’lib, bu tartib Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi 319-qaroridan farqli jihati nafaqa oluvchining vafoti munosabati bilan olinmay qolingan nafaqa pulini to’lash tartibi belgilangan.

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomda, mehnat stajiga ega bo’lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini tayinlash tartibi belgilangan.

Bu qarorning eng muhim jihatlaridan yana biri, bu — besh yildan kam ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibining kiritilganligidadir, ya'ni agar ayol 60 yoshda, erkak 65 yoshda bo’lib, umuman mehnat stajiga ega bo’lmasa unga nafaqa faqat uni boqishga majbur bo’lgan qarindoshlari bo’lmasagina tayinlanadi, lekin ushbu fuqarolar besh yildan kam bo’lgan ish stajiga ega bo’lsalar, ularni boqishga majbur bo’lgan qarindoshlari bor yoki yo’qligidan qat'i nazar tayinlanishi belgilangan.

Shuningdek, 1 yoki 2-guruh umumiy kasallik sababli nogiron bo’lib qolgan, mehnat stajiga ega bo’lmagan shaxslarga ham yuqoridagi qarorga asosan hech qanday shartlarsiz nafaqa tayinlanadi.

Vafot etgan boquvchining umuman ish staji bo’lmasa, uning qaramog‗ida bo’lgan mehnatga layoqatsiz oila a'zolariga nafaqa tayinlanishi ham shu qarorga muvofiq amalga oshirilib, nafaqa miqdori boquvchi olishi mumkin bo’lgan, ya'ni 1- yoki 2-ilovada ko’rsatilgan toifalar uchun belgilangan miqdorlardan kelib chiqib aniqlanishi ko’rsatilgan.

Va, nihoyat, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi ―Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida‖gi Qonunni ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida‖gi 249-qaroriga, yuqorida qayd etib o’tilgan qonunga muvofiq kiritilayotgan o’zgartirishlar tasdiqlangan, ya'ni: Pensiya tayinlash uchun stajni hisoblashda e'tiborga olinadigan o’qish davrlarini, ayollarning ish davrida farzandini parvarishlash ta'tillarida bo’lgan davrini tasdiqlovchi hujjatlar belgilab berilgan.

Yuqoridagi o’zgarishlar pensiya ta'minoti tizimini zamon talablaridan kelib chiqib, qayta ko’rib chiqish, isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgandir.

Jamg’arma idoraviy jihatdan О’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarashli hamda о’z faoliyati tо’g’risida О’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi о’rinbosari - Moliya vaziriga, Jamg’armaning Kuzatuv kengashi raisiga hisob beradi.

Jamg’arma о’z faoliyatida О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga,

О’zbekiston Respublikasi qonunlariga, О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, О’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

Jamg’arma о’z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan о’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.


Download 89,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish