Innovatsion iqtisodiyot ” kafedrasi 2- kurs i-161-19 guruh talabasi Bahriddinov Behzod Faxriddin о‘g‘lining malakaviy amaliyot bo‘yicha


-jadval Qashqadaryo viloyatidagi pensionerlar soni



Download 89,28 Kb.
bet10/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,28 Kb.
#194387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I-161-19-guruh.Bahriddinov Behzod

1-jadval

Qashqadaryo viloyatidagi pensionerlar soni

haqida ma’lumot





Kо‘rsatkichlar

О‘lchov birligi

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2019 yil

Pensiya oluvchilarning umumiy soni

ming kishi

247,4

245,4

244,4

243,6

shundan: yoshga doir

ming kishi

170,6

172,2

174,8

177,3

nogironlik

ming kishi

56,9

54,8

51,5

49,9

Boquvchisini yо'qotganlik

ming kishi

19,9

18,4

18,1

16,4

О‘rtacha pensiya miqdori

sо‘m

120076

151628

191818

239177

Jadval ma‘lumotlaridan kо'rishimiz mumkinki viloyatda pensionerlar soni 2019 yilda 243,6 ming kishini tashkil etgan, 2016 yilga nisbatan pensiya oluvchilar soni salmoqli darajada kamaygan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 2019 yilda

177,3 ming kishini tashkil qilgan bо'lsa, 2016 yilda bu kо'rsatkich 170,6 ming kishini tashkil qilgan, bunga asosiy sabab bо'lib Respublikamizda о'rtacha umr kо'rish darajasi va aholi farovonligi darajasining oshganligi hisoblanadi. Nogironlik bо'yicha pensiya oluvchilar soni 2016 yilda 56,9 ming kishidan 2019 yilda mos ravishda 49,9 ming kishiga kamaygan, buning asosiy sabablaridan biri yuqorida keltirilgan sabab bо'lsa, keyingisi ba‘zi bir shaxslarning asossiz va noqonuniy tarzda nogironlik nafaqalarini olishga urinishlariga chek qо'yilganligi hisoblanadi. О'rtacha pensiya miqdori о'sib borish tendensiyasiga ega bо'lib, 2016 yildan 2019 yilgacha mos ravishda 120076 sо'm, 151628 sо'm, 191628 sо'm va 239177 sо'mni tashkil etgan.

2-jadval

Qashqadaryo viloyatidagi pensionerlar soni haqida ma’lumot



Kо‘rsatkic hlar



2016 yil



2017 yil



2018 yil

2019 yil



2016 yil 2019 yilga nisbatan о‗zgarish

(+;-)

(%)

Pensiya oluvchilar ning

umumiy soni

min g

kish i


247,4

100

245,4

100

244,4

243,6

100

-3,8

98,46

shundan: yoshga doir

min g

kish i


170,6

68,9

6


172,2

70,1

7


174,8

177,3

71,5

2


6,7

103,9

3


nogironlik

min g

kish i


56,9

23,0

54,8

22,3

3


51,5

29,0

21,0

7


-27,9

50,97

Boquvchisi

ni


yо’qotganlik

min g

kish i


19,9

8,04

18,4

7,50

18,1

16,4

7,41

-3,5

82,41

О‘rtacha pensiya miqdori

sо‘ m

1200

76

100

1516

28

100

19181

8,2

2391

77

100

11910

1,4


199,1

9



Jadval ma‘lumotlarini tahlil qiladigan bо'lsak, 2016 yilda pensiya oluvchilarning 68,96 foizi yoshga doir pensiya oluvchilarga, 23 foizi nogironlik bо'yicha pensiya oluvchilarga va 8,04 foizi boquvchisini yо'qotganlik uchun pensiya oluvchilar hissasiga tо'g'ri kelgan. 2019 yilda esa mos ravishda 71,52 foiz yoshga doir pensiya oluvchilarga, 21,07 foizi nogironlik bо'yicha pensiya oluvchilarga va 7,41 foizi boquvchisini yо'qotganlik uchun pensiya oluvchilar hissasiga tо'g'ri kelgan. 2019 yilda 2016 yilga nisbatan jami pensiya oluvchilar miqdori 3,8 ming kishiga kamaygan bо'lsa, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 6,7 ming kishiga oshgan va 2016 yilga nisbatan 3,93 foizga ortgan, nogironlik bо'yicha nafaqa oluvchilar soni 27,9 ming kishiga kamaygan, huddi shunday brquvchisini yо'qotganlik uchun pensiya oluvchilar ham 3,5 ming kishiga kamaygan, о'rtacha rensiya miqdori esa 2016 yilga nisbatan 2019 yilga deyarli ikki baravar, ya‘ni 119101,4 sо'mga kо'raygan.

3-jadval

Mahalliy byudjet daromadlar qismining bajarilishi haqida ma’lumot

(mln. sо‘m)

Kо‘rsatkichlar

2016

yil

2017

yil

2018

yil

2019

yil

2019 yil 2016 yilga

nisbatan о‘zgarish

(%)

Jami daromadlar

yig‘indisi

589964,9

772711,9

1103489,6

1147926,5

194,6



Qо’shimcha qiymat solig’i

240254,9

287200,4

481835,8

363557,1

151,3

Foyda solig'i

83282,5

71790,6

63776,3

117684,3

141,3

Aksizlar

12323,4

14434,6

12278,4

12200,0

99,0

Fuqorolar

49342,6

119234,5

146881,5

175530,4

355,7

daromadi solig'i
















Patent

5868,8

3925,6

8945,3

5795,3

98,7

Mahalliy soliqlar

16241,7

24823,3

33472,2

42240,3

260,1

Yer solig'i

19241,4

28121,8

38452,9

32013,8

166,4

Yuridik shaxslardan mol - mulk solig’i

45912,4

71823,1

106824,4

114281,6

248,9

Jismoniy shaxslardan mol - mulk solig’i

4023,0

5777,3

8066,6

11479,7

285,4

Suv uchun tо'lov

2962,5

3713,4

5470,8

9238,5

311,8

Davlat boji

2743,5

5251,1

7443,5

8289,8

302,2

Infrastruktura

76428,2

92265,8

119671,9

172637,9

225,9

Yagona soliq

26491,9

33531,3

50333,4

57195,0

215,9

Boshqa soliq va tushumlar

4848,1

10819,2

20036,4

25782,8

531,8

Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjeti daromadlar qismini tahlil qiladigan bо'lsak, daromadlarning asosiy qismi fuqarolarning daromad solig'i, mahalliy soliqlar, yuridik shaxslardan mol-mulk solig'i, jismoniy shaxslardan mol-mulk solig'i, suv uchun tо'lov, davlat boji, infrastuktura solig'i, yagona soliq va boshqa soliq va tushumlardan iborat. Bularning hammasi viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keskin darajada oshayotganligi va aholining moddiy farovonligi о'sganligidan dalolat beradi. Viloyatning jami daromadlari 2019 yilda 1147926,5 mln. Sо'mni tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 94,6 foizga oshgan. Fuqarolarning daromad solig'i 2016 yilda 49342,6 mln. Sо'mni tashkil qilgan bоlsa, 2013 yilda bu kо'rsatkich 175530,4 mln. Sо'mni tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 255,7 foizga oshgan. Aholining moddiy farovonligi oshganligini birgina suv uchun tо'lov miqdorining о'sganligida ham kо'rishimiz mumkin, suv uchun tо'lov 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 211,8 foizga oshgan. Shunga qaramay patent va aksiz soliqlar miqdori kamayish tendensiyasiga ega. Aksiz soliqlar kamayishining asosiy sababi bо’lib alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan soliqlar miqdorining oshirilishi va tamaki mahsulotlarini jamoat joylarida sotish va iste‘mol qilish bо’yicha qarorlar qabul qilinganligida deb hisoblaymiz.



5-jadval

Mahalliy byudjetning bajarilishi haqida ma’lumot

Kо‘rsatkichlar

О‘lchov birligi

2016

2017

2018

2019

Daromadlari rejasi

mln.sо'm

583108,3

765755,1

1089370,7

1136088,8

haqiqatda

mln.sо'm

589964,9

772711,9

1103489,6

1147926,5

rejaning bajarilishi

%

101,2

100,9

101,3

101,0

Xarajatlari rejasi

mln.sо'm

552156,7

710633,5

838404,4

1086709,0

haqiqatda

mln.sо'm

554778,5

707950,3

843034,7

1091266,0

rejaning bajarilishi

%

100,5

100,0

100,6

100,4

Jadval ma‘lumotlarni tahlil qiladigan bо'lsak, mahalliy byudjetning daromadlar va xarajatlar qismi rejaga nisbatan oshig'i bilan bajarilgan. Masalan, 2019 yilda daromadlar rejasi 1136088,8 mln.sо'm bо'lgan bо'lsa, reja 101 foizga , ya‘ni 1147926,5 mln.sо'mga bajarilgan. Xarajatlar esa 2019 yildagi rejadagidan

0,4 foizga oshig'i bilan bajarilgan. Xarajatlar rejasi 2016 yilda 552156,7 mln.sо'm bо'lgan bо'lsa, 2019 yilda 2016 yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshgan, ya‘ni 1086709,0 mln.sо'mni tashkil qilgan.

Viloyat Moliya boshqarmasi ma‘lumotlaridan kо'rinib turibdiki, viloyatda mahalliy byudjetni shakllantirish va undan oqilona foydalanish bо'yicha tahsinga molik ishlar amalga oshirilgan. Mablag'larning barchasi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishga va unda istiqomat qilayotgan xalqning farovon yashashini oshirishga yо'naltirilgandir.

Jamg'arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili О'zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mо'ljallangan О'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.

Xalq banki jamg'arib boriladigan pensiya tizimi mablag'larining alohida hisobini yuritadi va О'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, jamg'arib boriladigan pensiya tizimi mablag'larini kо'paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya qilish maqsadida bunday mablag'lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin (mablag'larni joylashtirish tartibi О’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadi).

6. Aylanma mablag’lardan foydalanish darajasini o’rganish

So’nggi yillarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida moliyalash, barqaror daromadlarni ta‘minlash, shuningdek, yangi dasturiy ta‘minotdan foydalangan holda, barcha tarkibiy bo’linmalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Pensiya jamg’armasi faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining 2012-yil

21-martda qabul qilingan ―Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’grisida‖gi qaroriga binoan davlat pensiya ta‘minoti tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari joriy etilayotir.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining pensiya ta‘minotini tashkil etish boshqarmasidan ma‘lum qilishlaricha, pensiya va nafaqalarni hisobga olish, tayinlash hamda to‗lashni tashkil etish, zamonaviy innovatsiya dasturiy mahsulotlaridan foydalanish orqali jamg’armaning barcha tarkibiy bo’linmalari o’rtasida samarali elektron hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. ―Pensiya dasturiy kompleksi shulardan biridir. U ishonchli himoya qilingan va markazlashtirilgan yagona ma‘lumotlar bazasini shakllantirish, foydalanuvchilarni ishonchli, to’liq hamda dolzarb axborot bilan o’z vaqtida ta‘minlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.

―Pensiya‖ dasturiy kompleksi pensiya va nafaqalarni tayinlash, ularning hajmini hisoblash, pensiya hamda nafaqalarni qonunchilikka asosan qayta hisobkitob qilish va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.

Mazkur tizim jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlarida pensionerlarni ro’yxatga olish, ular haqidagi axborotni saqlash, qayta ishlash va berish, qayta ishlanayotgan axborotning tezkorligi va ishonchliligini oshirish uchun pensionerlar to’g’risida markazlashtirilgan yagona ma‘lumotlar bazasini yaratishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, dasturiy mahsulot to’lov hujjatlarini (pensiya va nafaqalar to’lash uchun vedomostlar) shakllantirish, elektron to’lov hujjatlarini to’lovlar uchun mas‘ul tegishli tashkilotlarga jo’natish imkonini beradi. ―Pensiya‖ dasturiy kompleksidan foydalanish hisobdorlik shakllarini jamg’arma bo’linmalari darajasida olish, fuqarolar pensiya ta‘minoti tizimining faoliyat ko’rsatkichlarini sifat jihatidan yaxshilash, pensiya va nafaqalarni turlari bo’yicha moliyalashtirishni hisobga olish hamda monitoring qilishga yordam beradi.

Mazkur kompleks O’zbekiston softver sanoatida axborot tizimlari va texnologik yechimlarni ishlab chiquvchi hamda yetkazib beruvchi yirik kompaniyalardan biri – Fido-biznes‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda yaratildi. Tizimni ishlab chiqish 2016-yilning mayida boshlangan edi. Bir yildan so’ng bu jarayon Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasining Toshkent shahar va viloyatidagi tuman bo’limlarida davom ettirildi. 2012-yilning birinchi choragida dasturiy kompleks O’zbekistonning barcha hududlarida ishga tushirildi. Ayni paytda barcha pensionerlar va nafaqa oluvchilar haqidagi shaxsiy ma‘lumotlarni shakllantirilgan yagona elektron axborot bazasi o’z ichiga olgan, pensiyalarni tayinlash hamda to’lash joriy etilgan dasturiy kompleks orqali amalga oshirilmoqda.



10. Korxonaning iqtisodiyot va rejalashtirish bo’limi faoliyatini o’rganish

Jamg’armadan olingan ma‘lumotlarga ko’ra, ―Pensiya‖ kompleksi 196 tuman va shahar bo’limlarida mahalliy hisoblash tarmog’ini joriy etish, uni Moliya vazirligi korporativ tarmog’iga ulash, pensionerlar haqidagi shaxsiy ma‘lumotlar maxfiyligi saqlangan holda ishlarni tezlashtirishga yordam berdi. Ushbu dastur yordamida xodimlar faoliyatidagi xatolarni tez aniqlash, pensiyalarni tayinlash va to’lashda yomon niyatli odamlar xatti-harakatining oldini olish mumkin. Shu bilan birga, dasturda davlat pensiya va nafaqalarini tayinlash, qayta hisob-kitob qilish va to’lash bo’yicha daromadlar hamda xarajatlarning kunlik balansini tuzish, jamg’arma mablag’larining sarflanishini barcha joylarda tezkor qayd etish, markazlashtirilgan ma‘muriy nazoratni amalga oshirish imkoni ham bor.

Ta‘kidlash kerakki, ―Pensiya‖ dasturiy kompleksi orqali pensionerlarga interfaol xizmatlarni ko’rsatish kengaytirildi. Xususan, ular hisoblangan pensiya hajmi haqidagi ko’chirmani elektron pochta, mobil telefonda qisqa xabar orqali olishlari mumkin. Bundan tashqari, telefonga pensiyalar oshgani haqidagi ma‘lumotlar ham kelib tushadi. Pensionerlarga pensiya ta‘minotidagi oxirgi o’zgarishlar va yangiliklar haqida ma‘lum qilinadi, mutaxassisni ―shoshilinch liniya‖ va saytdagi opsiya orqali chaqirish imkoni ham mavjud (pensionerlarga maslahat berish va ularning savol hamda e‘tirozlarini ko’rib chiqish uchun).

11. Korxonani texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish

Pensionerlar interfaol xizmatlar afzalligini ilk bor 2012-yil avgustda his etishdi. Prezidentimizning 2012-yil 5-iyulda imzolangan "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida"gi farmoniga muvofiq pensiyalar miqdorining 1,15 barobar oshirilishi, shuningdek, pensiyalari miqdori haqidagi ma‘lumotlar telefon xabarlari orqali ularning mobil telefonlariga jo’natildi. Bunday ma‘lumotlar o’tgan yilning 1-dekabrida ham tarqatilgan edi.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

"Pensiya" dasturiy kompleksining boshqa elektron ma‘lumotlar bazalari bilan hamkorlik qilish ustida ish olib bormoqda. Masalan, byudjetlar kesimida jamg’arma daromad va xarajatlarini shakllantirish hamda ro’yxatini jo’natish bo’yicha Moliya vazirligi G’aznachiligining ma‘lumotlar bazasi, on-line rejimida pensiya va nafaqalarni to’lash uchun har oylik elektron vedomostlarni shakllantirish hamda jo’natish bo’yicha ―O’zbekiston pochtasi‖ ochiq aksiyadorlik jamiyati ma‘lumotlar bazasi shular jumlasidandir. Pensiya va nafaqalarni to’lash uchun har oylik elektron vedomostlarni shakllantirish hamda jo’natish bo’yicha davlat aksiyadorlik tijorat ―Xalq banki‖ va tijorat banklari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilmoqda, yaqin kelajakda bu ro’yxatga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat statistika qo‗mitasini ham kiritish mo’ljallanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hamkorlikda ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minotining huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal etish yo’llari‖ mavzuida seminar o’tkazdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish,

Sog’liqni saqlash, Moliya vazirliklari, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining mas‘ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi raisi Faxriddin Rajabovning ta‘kidlashicha, ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to’g’risidagi qonunni bajarish doirasida pensiya ta‘minoti va uning ijtimoiy yo’naltirilganligini ta‘minlash maqsadida aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish hamda qo’llabquvvatlash bo’yicha qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2011-yil 1-yanvardan pensiya qonunchiligiga pensiyalar miqdorining

Pensiya jamg’armasi mablag‗larini shakllantirishda fuqarolar hissasiga bog‗liqligini kuchaytirishga qaratilgan qator o’zgartishlar kiritildi. Ayrim toifadagi shaxslarning pensiya ta‘minoti huquqi, ish stajini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatining ba‘zi davrlarini hisobga olish optimallashtirildi.

Ijtimoiy adolatni kuchaytirish maqsadida yoshga doir pensiya tayinlash uchun mehnat stajining eng kam chegarasi belgilandi. ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to’g’risida―gi qonunga kiritilgan va 2012-yilning 6-yanvaridan kuchga kirgan o’zgartishlar pensiya ta‘minoti va uning ijtimoiy yo’naltirilganligi prinsipini izchil amalga oshirishda o’z ifodasini topmoqda, bu o’zgartishlar natijasida o’tgan davrlardagi ish haqini hozirgi ish haqi darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilish mexanizmi takomillashtirildi.

Seminar qatnashchilari fuqarolarning pensiya ta‘minoti to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi ishlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish zarurligini ta‘kidladi.

Mamlakatimizda pensionerlar va nogironlarni aniq manzilli himoya qilishni ta‘minlash, ularning turmush sifati va darajasini yanada oshirish, ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.



Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishim joizki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-son va “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-son qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror tizimi joriy etildi va fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig’i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromadi)ning bir foizi miqdorida amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, О’zbekistan Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 6 oktabrdagi «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga majburiy badallarni qо’shish va tо’lash tartibi tо’g’risida»gi 1515-sonli Nizomga asosan:

Fuqarolarning SHJBPОga majburiy badallari byudjetga tо‗lanadigan

soliqlar va majburiy tо’lovlarga tenglashtirilishi;

Bugungi kunda viloyatda jamg’arib boriladigan pensiya badali hisobvaraqalari ochgan fuqarolar soni 223,2 ming nafarni tashkil qiladi.

Ochilgan hisobvaraqlarga 2012 yil 1 sentabr holatiga 6933,9 mln.sо‗m jamg’arib boriladigan pensiya badali о’tkazildi.

Ushbu shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasiga yо’naltirilgan mablag’larni, xodimlar pensiya yoshiga yetib, davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan vaqtida, yashash joyidagi Xalq banki filialidan olish huquqi belgilangan.

Yuqoridagi Nizomning 19-bandiga asosan ish beruvchi tomonidan SHJBPО’ga majburiy jamg’arib boriladigan pensiya badallarining tо’g’ri va tо’liq hisoblanishi hamda о’z vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari amalga oshirishi belgilangan.

Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari:

avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bо’yicha nafaqalarni va mavjud

kreditorlik qarzlarni tо’lashga; byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga; ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag’batlantirish tadbirlariga sarflanishi kerak.

О’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni ta‘minlash:

byudjet mablag’laridan, shu jumladan Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan noо’rin foydalanilishi; byudjetdan ajratiladigan mablag’larning xarajatlar guruhlari va moddalari bо’yicha tasdiqlangan limitlardan oshib ketishi; shtat-smeta intizomi buzilishi;

xarajatlarni mablag’ bilan ta‘minlashning belgilangan navbatiga, ularni

tо’lash muddatlari va tо’liqligiga rioya qilmaslik hollarining oldini olish kerak.

Binobarin, tizimni zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga muvofiq texnik qurollantirish zaruriyati, yuqorida zikr etilgan say-harakatlarni izchil davom ettirishning asosiy omilidir. Ayni shu maqsadda, bugungi kunda ijro etuvchi apparat tomonidan kommunikatsion uskunalar chet eldan keltirilib, hududiy bо‗linmalar tо’liq ta‘minlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida sohani zamonaviy axborot va kommunikatsiya asbob-uskunalari, texnologiyalari bilan texnik jihatdan qurollantirish darajasi 2010 yildagi 28,5 foiz о’rniga, bugungi kunga kelib 91 foizga yetdi. Bu kо’rsatkichni joriy yilning birinchi yarim yilligida 100 foizga yetkazilishi kо’zda tutilgan.

Pensiya jamg’armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bо’limlari mutaxassislari ishtirokida videoseminarlar, о’quv-amaliy seminarlari tashkil qilish orqali ularning kasbiy mahoratlari muntazam oshirib borilmoqda, bu borada chet el tajribasidan amaliy foydalanilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda jamg‗arma tizimida tashkil etilgan «О‗quv majmuasi»da 300 nafardan ziyod tuman (shahar) bо’lim xodimlari tahsil olishgan bо’lsa, kelgusida ushbu о’quv mashg’ulotlarini davom ettirish va kо’shimcha ravishda 600 nafar tizim mutaxassislari malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Yuqorida zikr etilganlarning barchasi aholi turmush farovonligini ta‘minlash, nuroniy va pensionerlarni e‘zozlash, tizimni takomillashtirib borish orqali fuqarolarning davlat pensiya ta‘minotini adolatli tashkil etishga xizmat qiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Asosiy adabiyotlar

1. Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604.

2. Pindyck, Robert S. Microeconomics. – Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.

3. Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.

4. Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр.

5. Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Darslik. –T.: TDIU, 2005. - 230 b.

6. Salimov B.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G‘.T., Sultanov B.T. Mikroiqtisodiyot. Masalalar to‘plami. –T.: TDIU, 2018. - 210 b.

7. Ғуломов С.С., Алимов Р.Х., Салимов Б.Т., Ходиев Б. ., Ишназаров.А.И. икроиқтисодиёт. Дарслик – T.: ―ШАРҚ‖ нашриёти, 2001. - 320 б.



Qo`shimcha adabiyotlar

1.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. // Xalq so`zi. 8 fevral 2017 yil.

2.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi ―2017−2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida‖gi Farmoni.

3.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi //Xalq so`zi, 28 dekabr 2018 yil.

4.Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent : O`zbekiston, 2016. - 56 b. 364

5.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: ―O`zbekiston‖, 2017. - 48 b.

6.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: : ―O`zbekiston‖, 2017. - 488 b.

7.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.

8. Salimov B., Mustafakulov Sh., Salimov D.. Mikroiqtisodiyot: masalalar, namunalar, topshiriqlar, testlar. (O‘quv qo‘llanma) – T.:TDIU, 2010. -196 b.

9. Гальперин В. ., Игнатьев С. ., оргунов В.И. икроэкономика. Учебник, том 1,2. – С. Пб.: Экономическая школа, 2010. - с. 350.

10. Гребенников П.И. и др. икроэкономика. Учебник. – СПб.: Изд-во СПб УЭФ, 1996. - с. 352.

11. Нуреев Р. . Сборник задач по икроэкономике. – .: Норма, 2008.

12. Пиндайк Р., Д. Рубинфельд. икроэкономика. 5-е международное изд.- СПб.: Питер, 2007. – 350 с.

13. Просветов Г.И. Стратегия предприятии. Учеб. практическое пособ. – .: ―Альфа-Пресс‖, 2010. – 184 с.



Internet saytlari

1. www.gov.uz – O`zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali.

2. www.press-service.uz – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati rasmiy sayti.

3. www.lex.uz – O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.



4. www.stat.uz - O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi rasmiy sayti.
Download 89,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish