Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet4/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Muallif


TIBBIYOT VA FARMASEVTIK QURILMALARINI O’LCHASH

ASOSLARI” FANI BO‘YICHA LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA TAJRIBA O‘TKAZISH TARTIBI VA HISOBOT TUZISH






  1. “Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari” predmeti bo‘yicha laboratoriya ishini bajarish uchun talabalar guruhi har biri ikki yoki uch kishidan iborat bo‘lgan brigadalarga ajratiladi.

  2. Har bir brigada ikki yoki to’rt akademik soatda bitta laboratoriya ishini bajaradi.

  3. Laboratoriya ishiga kirishishdan avval, brigada, oldindan uni mazmuni bilan tanishishi lozim. Ishga taalluqli bo‘lgan nazariy materiallarni qaytarib va o‘rganib chiqishi kerak; ishning maqsadi va vazifalarini oydinlashtirish, o‘lchashlarni aniqligiga lozim bo‘lgan aniqlik beruvchi va tok va kuchlanishni boshqarishni ta’minlovchi boshqarish qurilmasi apparaturani tanlashning loyixasini tuzishi zarur.

  4. Ishni bajarishga tayyorlanmagan talabalar laboratoriya ishini bajarishga qo‘yilmaydi.

  5. Tajribaga kirisha borib, stendda o‘lchash apparatlarini va boshqaruv qurilmalarini shunday joylashtirish kerakki, sxema juda sodda va ko‘rgazmali bo‘lsin: magnit yoki elektr maydonlarni asbobga ta’sirini yo‘qotish imkoniyati bo‘lishi uchun tok, kuchlanishlar qulay boshqarilishi kerak.

  6. Sxemani yig‘ishda, avval ketma-ketlikdagi zanjirni manbaini bir qisqichidan boshlab - boshqasida tugatish bilan, keyin esa zanjirga parallel ravishda biriktirish lozim. Sxema yig‘ilganda, barcha qisqichlarni jipsligiga, reostatlarni dvijoklarini va boshqa boshqarish qurilmalarini o‘rnatilishini to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kerak, asbob shkalasida strelkalarni nol xolatini tekshirish zarur va faqat o’qituvchini ruxsati bilangina sxema ulanadi.

  7. Sxemani ulagan talaba, bu haqida brigadani boshqa a’zolarini ogohlantirishi

kerak hamda ampermetr va boshqa o‘lchash asboblarini holatini diqqat bilan kuzatib boriladi. Agar rubilnikni yoqishda ampermetrni ko‘rsatkichi keskin ko‘tarilib ketsa, bu zanjirda yo‘l qo‘yilmaydigan katta tok haqida guvohlik beradi, tezda rubilnikni o‘chiriladi va bu haqda o’qituvchini yoki laborantni ogohlantirish kerak.

  1. Asbob ko‘rsatkichlarini yozmagan holda, tokni ulagandan keyin sxemada lozim bo‘lgan sozlashtirishni o‘tkazishi lozim va kerakli ish rejimini olishga ishonch hosil qilgach, o‘lchashlarga kirishiladi.

  2. O‘lchash vaqtida asboblar bo‘yicha sanoq olishni juda diqqat bilan o‘tkazish zarur, va tezda, xech qanday hisoblashlarsiz, ularni ko‘rsatkichlarni (shkala bo‘linmalaridagi) avvaldan tayyorlangan jalvalni grafalariga yoziladi.

  3. Sxemadagi murakkab yoqib-o‘chirgichlarda, u yoqilishidan oldin yana o’qituvchi boshchiligida tekshiriladi.

  4. Talabalar laboratoriyada dars olib boruvchi o’qituvchi yoki laborantlarning ruxsatisiz simlarni qirqish, asboblarni ochrish yoki ularni va boshqa predmetlarni bitta stenddan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazishi ta’qiqlanadi.

  5. Asbobni yoki boshqaruvchi qurilmani buzilish xolatlari bo‘lib qolsa talaba tezda bu haqda dars olib boruvchi o’qituvchiga yoki laborantga ma’lum qilishi shart.

  6. Tajriba yakunida hisoblashlar amalga oshiriladi, chizmalar chiziladi, keyin tajriba ma’lumotlari va hisoblash materiallari dars olib boruvchi o’qituvchiga ko‘rsatiladi. Qoralama hisoblashlar imzolangandan so‘ng sxemani bitta-bittadan ajratib olinadi va ish joyini saranjomlab qo‘yiladi.

  7. Qoralama yozuvlar ma’lumotlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini daftariga keyingi mashg‘ulotgacha, chizma asboblarni qo‘llash bilan, siyoxda batartib ravishda ish haqida hisobot rasmiylashtiriladi. Ehtiyotsizlik bilan bajarilgan hisobotlar rahbarlar tomonidan tekshirilmasdan qaytarib beriladi, bunday ishlarni qayta bajarishga to‘g‘ri keladi.

  8. Hisobot tarkibi quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi lozim:

  1. Laboratoriya ishining raqami, nomi;

  2. apparaturalar ro‘yhati va uni texnik ma’lumotlari;

  3. ishning qisqacha bayoni;

  4. biriktirish sxemalari;

  5. tajriba va hisoblash ma’lumotlari berilgan jadval (eslatmada esa “doimiy” asboblar yoziladi);

  6. hisoblash olib borilgan formulalar;

  7. o‘lchamlari 10x10 sm bo‘lgan 8 ta chizmani egri chiziqlari (chizmalar millimetrli qog‘ozda yoki masshtablangan to‘rli qog‘ozda bo‘lishi kerak).

Koordinata o‘qlariga o‘lchash birliklari albatta ko‘rsatiladigan kattaliklarni nomi so‘zlar bilan yoziladi. Chizmalar ostiga qurilgan egri chiziqlarni nomi beriladi, unda eksperement va hisoblash natijalarida olingan nuqtalar albatta ko‘rsatiladi.

  1. hisobotda o‘quv qo‘llanmadan yoki maxsus adabiyotlardan nazariy materiallar asosida bayon etilishi lozim.

  2. Ish haqida xulosa.

  1. Talabani familiyasi, ismi-sharifi, talaba guruhini raqamlari keltirilgan laboratoriya daftari, laboratoriyaga keyingi tashrifda rahbarga tekshirish uchun topshiriladi, va talaba navbatdagi ishni bajargandan so‘ng qaytarib beriladi.

17) Avvalgi ishlar haqida hisobot topshirmagan talabalar, keyingi mashg‘ulotlarni bajarish uchun qo‘yilmaydi; o‘tkazib yuborilgan laboratoriya mashg‘ulotlari talabalar tomonidan laboratoriya praktikumini o‘tib bo‘lgandan so‘ng, qo‘shimcha vaqtda bajariladi.

  1. Laboratroiyadagi boshqa stendlar oldida bo‘lish, shitlarda qandaydir yoqib-o‘chirgichlarni ishlatish, rubilnikni yoqish ta’qiqlanadi.

  2. Laboratoriyada ustki kiyim-boshda bo‘lish, chekish, qattiq ovozda so‘zlashish qati’yan ma’n etiladi.

  3. Laboratoriyaga kelgan barcha talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishlari va ularni qat’iy bajarishlarga majburdirlar.

  4. Qoidani buzgan talabalar laboratoriyadan chiqarib yuboriladi.

    1. Download 1,89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish