Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet7/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Kengayish termometrlari


Kengayish termometrlari uchta guruxga bo‘linadi:

  • suyuqlikli termometrlar;

  • dilatometrik termometrlar;

  • bimetalli termometrlar.

Suyuqlik termometrlarni ishlash prinsipi asosan o‘zgaruvchan haroratlarda moddani issiqlikdan kengayish xossalariga asoslangan. Bunday holatda haroratni aniqlash kapillyar trubkada suyuqlik hajmini ko‘rinuvchi o‘zgarishlari kattaligi bo‘yicha olib boriladi. Termometrik suyuqlik sifatida simob, etil spirti, kerosin, toluol, pentan qo‘llaniladi. Haroratni o‘lchash dapazoni -260 dan +600°S gacha oraliqni tashkil etadi. Suyuqlik termometrlarning kamchiliklariga ularni nozikligi, atrof-muxitni ifloslashi mumkinligi, ta’mirlashga yaroqsizligi kiradi. Mexanik talofotlanishdan himoyalash uchun termometrlarga himoyalash armaturalari ishlab chiqilgan.

1.1-rasm. Suyuqlikga xos shishadan qilingan kengayish termometrlari:
a, b - texnik; g – laboratoriyaga xos kimyoviy; v –yog‘ochli, ikki kontaktli , burchakli elektrotermoregulyator; d –kontaktga xos termometr.


Dilatometrik va bimetallik termodatchiklar. Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar binolardagi havo haroratini signallashtirish va boshqarish uchun, hamda suyuq va gazsimon muxitni nazorat etib turish uchun mo‘ljallangan (havo, suv va boshq.). Dilatometrik termometrlarni ishlash prinsipi metall stejenlarni chiziqli o‘lchamlarini o‘zgarishi asosida muhitning haroratini aniqlashga
asoslangan. Haroratni o‘lchash diapazoni --150oS dan +1000°S gachani tashkil etadi.
Bimetalli termometrlarni ishlash prinsiplari kegayishning harorat koeffitsientlari turlicha bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan plastinkalarni bukilishlarini o‘zgarishi asosida haroratni aniqlashga asoslangan. Haroratni o‘lchash diapazoni -100 dan +600°S gacha.
Rele –datchiklari ko‘rsatkichli asbob emas, aksincha kontaktlarni ishlashida haroratni ko‘rsatish shkalasiga ega. Dilatometrik termometrlarni sezuvchan elementi asosan chiziqli kengayish haroratini katta koeffitsieti mavjud bo‘lgan (latun, alyuminiy va boshq.) metaldan tayyorlangan turbkadan (1.2-rasmga qarang) hamda truba ichida joylashgan kengayishi kichik bo‘lgan metaldan (maslan invar) yasalgan 2 ta serjendan tuzilgan. Asbob trubkasi nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Muxit haroratini o‘zgarishiga bog‘liq xolda sterjenning chiziqli uzunligi
1.2-rasm. Dilatometrik termometrlarni tuzilishi. o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi.
Bimetalli kuzatgichlarda, sezuvchan element sifatida uzunligi bo‘yicha ikkita kavsharlangan, haroratga xos chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha (masalan misdan, va invardan) bo‘lgan metallik plastinalar - 1,2 (1.3-rasm) tarkib topgan plastina va spiraldan foydalaniladi.
Muhit haroratini o‘zgarishida bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni sezuvchan elementini aralashtirgan xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan buklanadi.

11.3-rasm. Bimetalli termometrlarni tuzilishi.
Ishlab chiqarishda ikki pozitsiyali bo‘lgan DTKB (bimetalli) turdagi va TUDE (dilatometrik) turdagi, shuningdek uch pozitsiyali bo‘lgan TB-EZK (bimetalli) turdagi termodatchiklardan foydalaniladi.
Barcha modifikatsiyadagi dilatometrik va bimetalli termodatchiklar istalgan holatda montaj qilinadi (vertikal, og‘ma, gorizontal). DTKB turidagi bimetalli kameraga xos datchiklar poldan 1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Quvur o‘tkazgichda muhit haroratini o‘lchashda dilatometrik termometrni sezuvchan elementining o‘rtasi oqim o‘qi bilan muvofiq kelishi darkor. Zarur bo‘lganda sezuvchan element gilzaga joylanadi, lekin bunda termometrni issiqlik inersionligi kuchli o‘sib boradi. Bimetalli rele- datchiklarni chuqurchalarga va turli dekorativ elementlar orqasiga o‘rnatish kerak emas, ular asbob yaqinida havoni me’yorda aylanishlariga to‘siqlik qiladi, o‘lchash xatoliklarini muxim darajada oshirib yuboradi. SHuningdek Bimetalli rele - datchiklarni tashqi issiqlik manbai ta’siri mavjud bo‘lgan joylarda (isitgich batareyalari, quyosh radiatsiyasi va sh.o‘.) o‘rnatilmaydi. Asbobdan devorgacha bo‘lgan masofa 50...70 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Montaj qilishda va foydalanishda asbob atrofida havoni erkin almashinishi, atrof-muxitni nisbiy namligi - 30...80 % bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Bimetalli termometrlar xona haroratini o‘lashda juda keng tarqalgan. Termometrni asosiy xatoliklari boshqaruv diapozonidan 1-3% ni tashkil etadi.
Bimetalli termometrlarni asosiy kamchiliklaridan biri bo‘lib, individual darajalanishni talab qilinishi sanaladi, u namunaviy termometr ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan olib boriladi, bu esa sezuvchan bimetall plastinkalarni tezda almashtirishga imkon bermaydi.
Termodinamik datchiklarga texnik xizmat ko‘rsatish - metrologik xizmati o‘rnatilgan grafik bzyicha davriy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga mos kelishini tekshirib turishdan iborat.



Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish