Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


-bob. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi



Download 157,5 Kb.
bet3/10
Sana15.06.2022
Hajmi157,5 Kb.
#672192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
125 09.03.2021.docx

2-bob. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi
11. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) hududda yoki egalarining xohishiga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda o‘tkaziladi.
12. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka qo‘yish sanasi joriy texnik ko‘rik paytida belgilanadi.
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
13. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish:
DYHXXning diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari bundan mustasno);
harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarida (keyingi o‘rinlarda — mobil stansiyalar);
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida (shartnoma asosida);
tadbirkorlik subyektlarining texnik bazasida (jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari).
14. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalar va tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnika bazasiga ega bo‘lishi zarur.
15. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnika bazasi:
a) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi zarur:
M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi o‘rinlarda — STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi o‘rinlarda — SNG) yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim, shu jumladan:
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kilogrammgacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni o‘lchash priboriga;
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
chiroqlar yorug‘ligini boshqarish va kuchini nazorat qilish priboriga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
gaz analizatoriga — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;
tutun o‘lchash priboriga — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
shovqinni o‘lchash priboriga;
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
kompressorga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasiga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo‘lishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi shart.
DYHXXning diagnostika stansiyalari va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining ishlab chiqarish-texnika bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga ko‘ra (M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4) mazkur band talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
16. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mobil stansiyalarning bazasi quyidagi zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim:
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kilogrammgacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga (shtangatsirkul);
gaz analizatori — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;
tutun o‘lchash pribori — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
shovqinni o‘lchash priboriga;
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasi va videokuzatuv kameralariga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
17. Elektromobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalari va tadbirkorlik subyektlari qo‘shimcha ravishda quyidagi texnik diagnostika vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
akkumulyator batareyasining kuchlanishini va tok kuchini aniqlash testri;
elektr uzatgich simlarining texnik holatini aniqlash testri;
elektromobilning texnik holatini diagnostika qilish kompyuter texnikasi (dasturiy ta’minoti bilan).
18. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
19. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qo‘llagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘rgangan shaxslar qo‘yilishi mumkin.
20. Tadbirkorlik subyektlari jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy YHXB) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Tadbirkorlik subyektlarining xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tadbirkorlik subyektlari ustavining nusxasi;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik bazasi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining transport vositalariga o‘rnatiladigan gaz ballonlarini texnik tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
21. Mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar hududiy YHXBlar tomonidan uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganilib, kamchiliklar bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — YHXBB) taqdim etiladi.
YHXBB taqdim etilgan hujjatlar asosida tadbirkorlik subyektini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hisobini yuritish reyestriga kiritib, Ichki ishlar vazirligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi.
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari haqida xabardor qilish maqsadida yuritiladi.
22. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, hududiy YHXB ikki ish kuni ichida tadbirkorlik subyektlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xabar beradi.
Tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish