Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining hududiga doir talablar



Download 157,5 Kb.
bet8/10
Sana15.06.2022
Hajmi157,5 Kb.
#672192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
125 09.03.2021.docx

2-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining hududiga doir talablar
3. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududining o‘lchamlarida quyidagi majburiy elementlarni joylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarish xonalari;
texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;
xona va maydonlarga kirish va o‘tish yo‘llari.
4. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
sun’iy yoritish chiroqlari;
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfalt-betonli yoki sement-betonli) bo‘lgan kirish yo‘li, maydoni;
perimetri bo‘yicha o‘rnatilgan to‘siq.
5. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnika bazasining ish rejimi va texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi ko‘rsatilgan axborot stendi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish-texnika bazasi binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi, davlat tilida “Texnik ko‘rik” yozuvi bo‘lgan peshlavha o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
6. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi va unga kirish-chiqish joylariga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
7. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish yo‘llari bo‘ylab transport vositalarining harakati quyidagi talablar hisobga olgan holda tashkil qilinishi zarur:
transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
ishlab chiqarish-texnika bazasi hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini tegishli yo‘l chiziqlari bilan belgilash.
8. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
9. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi maydonining yuzasi tekis, unda suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud bo‘lishi kerak.
10. Ishlab chiqarish-texnika bazasiga kirish hamda uning hududi bo‘ylab transport vositalarining harakatlanishi barcha mavjud inshootlar, yo‘l belgilari va chiziqlari ko‘rsatilgan sxema hududida ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Yo‘lning kengligi yengil avtomobillar uchun 3 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
11. Texnik ko‘rikdan o‘tishni kutayotgan va o‘tgan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning o‘lchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit o‘lchamlari va texnik ko‘rik liniyasining kamida bir soatlik ishlab chiqarish quvvatiga teng bo‘lgan miqdordagi transport vositalarining texnik ko‘rik liniyasi maydonida aynan bir vaqtda bo‘lishi e’tiborga olinishi kerak.
12. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydonning kengligi ishlab chiqarish xonasi kengligi bilan teng bo‘lishi, uzunligi esa — 20 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
13. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yonilg‘isida ishlaydigan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar yerto‘lada, aholi yashash uylarida va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish