Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]



Download 157,5 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2022
Hajmi157,5 Kb.
#672192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
125 09.03.2021.docx



[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada soddalashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibini joriy etish;
2021-yil 1-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari uchun bittadan harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarini xarid qilsin va foydalanishga kiritsin.
3. Belgilansinki:
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati uchun harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarini xarid qilish hamda malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xodimlarni o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo‘linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektromobillari va ularning tirkamalarini, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari va davriyligi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-iyulga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga axborot xavfsizligi talablarini inobatga olgan holda, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rsin.
Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlari “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilingunga qadar texnik ko‘rikdan o‘tgan va texnik soz deb topilgan har bir transport vositasiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularning texnik holati haqida dalolatnoma beriladi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan beriladigan dalolatnoma Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida texnik ko‘rik natijalarini qo‘shimcha texnik ko‘rik o‘tkazmagan holda “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun asos bo‘ladi.
6. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish