Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar



Download 157,5 Kb.
bet10/10
Sana15.06.2022
Hajmi157,5 Kb.
#672192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
125 09.03.2021.docx

4-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar
31. Ishlab chiqarish-texnika bazasining diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda o‘rnatilishi kerak.
32. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
33. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga transport vositalarining kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik ko‘rik liniyasida:
universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam bo‘lmagan;
M1 va N1 toifadagi transport vositalarini tekshirish bo‘yicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.
34. Texnik ko‘rik liniyalarida transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘idan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
ishlab chiqarish xonasidagi ko‘rikdan o‘tkazish xandaqlari soni texnik ko‘rikdan o‘tkazish liniyalari soniga muvofiq bo‘lishi;
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yo‘lning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining kengligi 0,9 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan o‘tish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
ko‘rikdan o‘tkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
5-§. Yakunlovchi qoidalar
35. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik ko‘rik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qo‘llanadigan jihozlar, o‘lchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
36. Transport vositalarining texnik holatini baholash bo‘yicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilish majburiy hisoblanadi.
37. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari bo‘yicha amalda bo‘lgan tavsiyalar ko‘rsatilgan texnologik xaritalar joylashtiriladi.
38. Ishlab chiqarish-texnika bazasida texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qo‘llanmalar (yo‘riqnomalar), avtomobil ma’lumotnomalari va boshqa zarur ma’lumotnomalar mavjud bo‘lishi kerak.
39. Ishlab chiqarish-texnika bazasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan tibbiyot dori vositalari va anjomlari bilan jamlangan tibbiyot qutichasi bo‘lishi kerak.
Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish