Iqtisodiyotda siklli tebranishlar, uning sabablari. Sikl fazalari


Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari



Download 65,3 Kb.
bet2/10
Sana13.02.2022
Hajmi65,3 Kb.
#447189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IQTISODIYOTDA SIKLLI TEBRANISHLAR, UNING SABABLARI. SIKL FAZALARI

Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari

Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi3.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. yangi sikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga, hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.
Hozirgi zamon iqtisod fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.



Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi

Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o’zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog’idagi Moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin zahiralarining tebranishlari bilan bog’lab, Uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko’pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.


Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o’rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz, tub mohiyatiga ko’ra birinchi jaxon sanoat inqirozi bo’lgan4.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo’lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham oz davrgacha qisqargan.
AQSH va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo’lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro’y bergan.
Kuznets sikli ko’p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o’zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini aniqlaydi. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondrat’ev sikli «uzoq to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratьev katta hissa qo’shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’l omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish xaqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
Kondratьev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi.
Kondrat’ev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi.
uchinchisini - elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to’rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqikotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni eьtiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishining davriy tabiatining sababi kengayishga intilayotgan ishlab chiqarish va to'lovga layoqatli talabning o'sishi bilan bog'liq bo'lmagan qarama-qarshidir. Umumiy taklif va umumiy talabning sezilarli o'zgarishlari bir tomondan ishlab chiqarish bo'yicha mutanosiblikning buzilishi, ikkinchidan, iqtisodiyotning muvozanat va muvozanatiga turtki bo'lgan inqirozda uchraydi. Tsiklik investitsiyalar tebranishlar ta'sir qiladi. Inqiroz yangi ommaviy investitsiyalar uchun dastlabki moment hosil qiladi. Inqiroz asosiy kapitalni devalvatsiya qiladi va shuning uchun ishlab chiqarishni yangilash uchun shart-sharoitlarni yaratadi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladigan yangi texnik bazada asosiy kapitalni yangilashga majbur qiladi. Shuning uchun, inqiroz ommaviy investitsiyalar uchun yo'l tozalaydi. Asosiy kapitalni yangilash tsiklning davomiyligi uchun asosdir.
Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotning rivojlanish davriyligini tushuntirishning quyidagi nazariyalari mavjud:
1) ekzogen nazariyalar – tsikllarning sababi-echimning jinsi, innovatsion o'zgarishlar, texnologik yangiliklar, tabiiy hodisalar va boshqalar.
2) endogen-iqtisodiy tsikllarning sabablari, ya'ni ichki omillar.
3) sintezlangan-ekkga nisbatan tashqi sabablar ek jarayonlarini yanada faollashtirishga turtki beradi va iqtisodiy omillar bu tashqi impulslarni tsiklik o'zgarishlarga aylantiradi.
Keynes tsikllarning asosiy sababi investitsion momentumni aniqladi. Tsikllarga investitsiyalarning ta'siri: avtonom investitsiyalarni ko'paytirish( yangi kapitalni shakllantirish xarajatlari), keyin ishlab chiqarish hajmining o'sishi, keyin YaIMning o'sishi va talab va lotin investitsiyalarining o'sishi.



Download 65,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish