Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan



Download 1,59 Mb.
bet17/18
Sana14.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#799167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Usmonov E kurs ishi

  (37)
Ushbu ko’rsatkichning miqdori ham qancha ko’p bo’lsa, samaradorlik ko’rsatkichi shuncha yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Mehnat salohiyati daromadliligi (Ms.d) ham uning samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Uni aniqlash uchun yalpi daromad summasini (D) mehnat salohiyati miqdoriga (Ms) bo’linadi:
  (38)
Ushbu ko’rsatkichning miqdori ham qancha ko’p bo’lsa, samaradorlik shuncha yuqori degan xulosaga kelish mumkin. Chunki har bir mehnat salohiyatiga to’g’ri keladigan daromad miqdori yuqori bo’ladi.
3. Korxona iqtisodiy saloxiyatini oshirish omillari va yo’nalishlari.
Iqtisodiy saloxiyat iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonaning pirovard natijalari bo’lgan foyda va rentabellik ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Foyda - bu murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U asosan qo‘shimcha qiymatni yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Korxonalarning asosiy maqsadi o’z faoliyatidan iloji boricha yuqori foyda olishdir.
Iqtisodiy ko’rsatkich sifatida foyda bir tomondan korxona faoliyatining samaradorligini, mavjud resurslardan foydalanish darajasini ifodalasa, ikkinchi tomondan u korxona va uning jamoasining iqtisodiy va moddiy manfaati sifatida maydonga chiqadi. Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori darajadagi narxlarda sotilsa va ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar pasaysa foyda massasi, tabiiy ravishda, salmoqli bo‘ladi. Har bir korxona shunday natijaga erishishga intilishadi. Chunki, foyda korxona moliyaviy resursining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy resurs qanchalik o‘sib borsa korxonaning moliyaviy barqarorligi shunchalik mustahkamlanib boradi.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydaning miqdori ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Ichki omillarga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, xo‘jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menejerlarning bilimdonligi (omilkorligi), mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajasi kiradi. Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarga bozor konyunkturasi, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslarning narxi, amortizatsiya normalari, soliq solish tizimi va boshqalar kiradi.
Rentabellik ko’rsatkichi esa korxonaning foydalilik darajasini anglatadi. Uning asosiy turlariga mahsulot rentabelligi va ishlab chiqarish rentabelligi ko’rsatkichlari kiradi. Mahsulot rentabelligi foydaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi bo’lsa, ishlab chiqarish rentabelligi foydaning asosiy fondlar va me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar yillik qiymatiga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasidir, shuning korxonaning pirovard natijalarini oshirishda ulardan samari foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini xalq xo‘jaligi miqyosida baholash qiyin. Bu muammoning yechimi mahsulot ishlab chiqarishning oshishiga, aholi iste’molini to‘laroq qondirilishiga, mamlakatda uskunalar balansining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga, ishlab chiqarish rentabelligining oshishiga olib keladi.
Asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi ularning aylanish tezligining oshganligini ham bildiradi.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ularning samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi intensiv va ekstensiv omillardan qanchalik to‘liq foydalanilayotganligiga bog‘liq. Asosiy fondlardan foydalanishning ekstensiv o‘sishi bir tomonidan kalendar davrda uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishni taqozo qilsa, ikkinchi tomondan uskunalarning umumiy qiymatida ishlayotgan uskunalar hissasini oshirishni taqozo qiladi.
Uskunalardan foydalanish vaqtini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

  • Smena o‘rtasida bo‘sh turib qolishlarni kamaytirish maqsadida uskunalarni ta’mirlash sifatini oshirish, o‘z vaqtida asosiy ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan, xom-ashyo bilan, yonilg‘i va yarim fabirkatlar bilan ta’minlab turish;

  • Kun mobaynida uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, ularning ishini smenalik koeffitsiyentini oshirish, shu bilan birga ortiqcha uskunalar miqdorini kamaytirish va o‘rnatilmagan uskunalarni ishlab chiqarishga tezroq jalb etish hisoblanadi. Mehnat vositalari katta qismining bekor turishi ishlab chiqarishni o‘stirish imkoniyatlarining qisqarishiga, uskunalarning bekordan bekor jismoniy eskirishiga va uzoq vaqt ishlamasdan saqlanish natijasida ularning yaroqsiz ahvolga kelib qolishiga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yaxshi saqlangan uskunalar ham ma’naviy eskirish natijasida jismoniy eskirgan uskunalar qatoriga qo‘shilib qoladi.

Asosiy fondlardan foydalanishning intensiv o‘sishi vaqt birligida uskunalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishni taqozo qiladi. Uskunalarning intensiv ish bilan ta’minlanganligini oshirish uchun ishlayotgan mashina va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ular ishining optimal rejimini o‘rnatish lozim. Texnologik jarayonlarning optimal rejimda ishlash ishchilar soni va asosiy fondlarni ko‘paytirmay turib mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va mahsulot birligiga sarflanadigan moddiy resurs xarajatlarni kamaytiradi.
Asosiy fondardan foydalanish intensivligini oshirish quyidagilarni talab qiladi: ishlab chiqarish texnologiyalarini va mehnat qurollarini takomillashtirish; mehnatni ilmiy tashkil etishni va boshqarishni takomillashtirish; ishchilarning professionaligi va bilmini oshirish; ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlarni bartaraf qilish.
Texnika rivojlanishi va shu bilan bog‘liq ravishda jarayonlarni intensivlashtirish chegaralanmagan. Shuning uchun aosiy fondlardan foydalanishni intensiv oshirish imkoniyatlari ham chegaralanmagan.
Mahsulot ishlab chiqarishning qanchalik o‘sishi asosiy sexlarga bog‘liq va shuning uchun ularning asosiy fondlar umumiy qiymatidagi hissasini oshirish lozim.
Hozirgi sharoitda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi muhim omil - korxonalarni xususiylashtirish va aksionerlik jamiyatlariga aylantirishdir. Ikkala holatda ham mehnat jamoasi asosiy fondlarning egasiga aylanadi, ishlab chiqarish vositalarini boshqarish, asosiy fondlarning ishlab chiqarish tuzilishini mustaqil shakllantirish, shuningdek korxona foydasini boshqarish imkonini beradi. Bu maqsadli investitsiyalashni oshirishga yordam beradi.
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish korxona faoliyatini normal ta’minlashda, ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Afsuski, korxonalar hozirda ega bo‘lgan o‘zining moliyaviy resurslari nafaqat kengaytirilgan, hatto oddiy takror ishlab chiqarish jarayonini to‘liq miqdorda ta’minlashga yetmaydi. Korxonada zarur moliyaviy resurslarning yo‘qligi, to‘lovlar intizomi darajasining pastligi o‘zaro to‘lamasliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
Ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira normalarini joriy etish; xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi; moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish; omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida - ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish; standartizatsiya; unifikatsiya; tipizatsiyani rivojlantirish; sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini mukammallashtirish; xom-ashyo va yoqilg‘i-energetika resurslaridan tejamli foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini mukammallashtirish; yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulot ulushini ko‘paytirish.
Muomala bosqichida - mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita aloqalar bo‘yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga muvofiq jo‘natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi bo‘yicha tanlash.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalardan biri – foydani ko’paytirish, ya’ni resurslarni tejash tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni jadallashtirishdir. Xom ashyo, yonilg‘i, yordamchi materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi, ko’proq mahsulot sotilib, korxonaning foydasi ham ko’payadi.
Tejamkorlik rejimini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar tizimida asosiy o‘rinni mehnat predmetlarini tejash egallaydi. Bu mahsulot sifati, ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga zarar yetkazmagan holda unga sarflanadigan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i xarajatlarini kamaytirishni bildiradi, ya’ni:
- xom ashyo, material, yoqilg‘i xarajatlarining kamayishi ishlab chiqarish uchun katta iqtisodiy foydani ta’minlaydi. Bu, avvalom bor, mavjud moddiy resurslar miqdoridan ko‘proq tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi;
- moddiy resurslarni tejash, ishlab chiqarishga yangi, tejamliroq materiallarni kiritish takror ishlab chiqarish jarayonida alohida tarmoqlar o‘rtasida taraqqiy etgan nisbatlarni belgilashga, sanoat ishlab chiqarishning mukammal tarmoq strukturasiga erishishga imkon beradi;
- moddiy resurslarni tejashga intilish yangi texnikani joriy etish va texnologik jarayonlarni mukammallashtirishga turtki beradi;
- moddiy resurslar iste’molidagi tejamkorlik ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashga va jonli mehnat xarajatlarining tejalishiga ham olib keladi (materiallarni tashish; saqlashga sarflanadigan ish kuchi kamayadi);
- moddiy resurslar tejalishi sanoat mahsuloti tannarxining kamayishiga yordam beradi. Hozirgi vaqtda moddiy xarajatlar hisobiga barcha ishlab chiqarish xarajatlarining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Keyinchalik, ishlab chiqarishning texnik darajasi o‘sishi bilan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy xarajatlarda buyumlashgan mehnat ulushi oshib boradi va demak, mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarini tejashning asosiy yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi;
- mahsulot tannarxining kamayishiga ta’sir qiladigan moddiy resurslar tejamkorligi korxonaning moliyaviy holatiga ham ijobiy ta’sir qiladi, demakki, korxonaning barcha ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy resurslar sarfi ularning ishlab chiqarish iste’molini ifodalaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari korxona tomonidan bevosita mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni bajarishga sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini qamrab oladi. Moddiy resurslar ta’mirlash ehtiyojlariga, yordamchi xo‘jalikni ta’minlashga, korxona ichida transport xizmatiga, madaniy-maishiy ehtiyojlarga ham sarflanadi. Moddiy resurslar iste’moli ularning umumiy va salmoqli ulushi bilan tavsiflanadi.
Moddiy resurslar umumiy sarfi-bu hisobot davrida butun ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun jami moddiy resurslar yoki uning alohida turlari iste’molidir. Moddiy resurslar umumiy sarfi-natural shaklda; turli xil moddiy resurslarning jami sarfi qiymat shaklida hisobga olinadi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonalarning muhim vazifalaridan biri moddiy resurslarni tejash hisoblanadi, chunki moddiy xarajatlar foydaga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini tashkil etadi. Foyda esa bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona hayot ta’minotining asosiy manbalaridan biridir. Moddiy resurslarini tejash manbalari va yo‘llari farqlanadi. Tejash manbalari nima hisobidan tejamga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Tejash yo‘llari (yoki yo‘nalishlari) qanday qilib, yoki qaysi chora-tadbirlar yordamida tejashga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Har bir korxonada moddiy resurslarni tejash zahiralari mavjud. Zahiralar deyilganda moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha vujudga keladigan yoki vujudga kelgan, lekin jami ishlatilmagan imkoniyatlar tushuniladi.
Moddiy resurslarni tejash zahiralarining vujudga kelishi va ishlatilishi sohasi nuqtai nazaridan ular uch guruhga bo‘linishi mumkin:
- xalq xo‘jaligi zahiralari;
- umumsanoat - tarmoqlararo;
- ichki ishlab chiqarish zahiralari (sex, zavod, tarmoq zahiralari).
Xalq xo‘jaligi zahiralariga xalq xo‘jaligi va uning barcha tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zahiralar kiradi. Chunki ular sanoat, qazib olish va tejamkor, sun’iy va sintetik xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishda taraqqiy etgan xalq xo‘jaligi nisbatlarini belgilash, yonilg‘i-energitika majmuasi strukturasini mustahkamlash; bozor munosabatlari sharoitida butun xo‘jalik mexanizmini mukammallashtirishni ta’minlaydi.
Umumsanoat - tarmoqlararo zahiralar bu shunday zahiralarki, ularning to‘planishi yetakchi sanoat tarmoqlari o‘rtasida ratsional ishlab chiqarish - iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga bog‘liq (qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati). Bu zahiralar alohida sanoat tarmoqlari va iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari bilan asoslanadi. Ulardan eng muhimlari xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega. Bu bilan birgalikda ularni amaliy to‘plash miqyoslari cheklangan va asosan o‘zaro bog‘liq sanoat tarmoqlariga yoki yirik sanoat yoki ishlab chiqarish - hududiy majmualariga tarqaladi.
Umumsanoat - tarmoqlararo zahiralariga quyidagilar kiradi: foydali qazilmalar konlari, ularni qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlash yangi samarali usullarini va ishlab chiqish tizimlarini joriy etish; sanoatda ixtisoslashuvni rivojlantirish; turli mulk shaklidagi korxonalarni tuzish va rivojlantirish; xalq xo‘jaligida va iste’molni tarmoqlarda moddiy resurslarni tejash bo‘yicha vazifalarni bajarish maqsadida boshlang‘ich mahsulot va qurilish materiallar sifatini oshirish; eng samarali xom ashyo va materiallar turlarining ishlab chiqarilishini tezkor rivojlantirish.
Ichki ishlab chiqarish zahiralariga bevosita texnika, texnologiyani va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni mukammallashtirish, mukammalroq mahsulot turlarini o‘rganish, muayyan sanoat tarmoqlarida mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatari kiradi.
Fan-texnik taraqqiyot xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Chora-tadbirlar xarakteriga bog‘liq holda sanoatda va ishlab chiqarishda resurslarni tejash zahiralarini amalga oshirish asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy-iqtisodiyga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishlarga xom-ashyoni ishlab chiqarish iste’moliga sifatli tayyorlash, mashinalar tuzilishini, uskunalar va buyumlarni mukammalashtirish, tejamkor xom ashyo, yonilg‘ini qo‘llash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarning texnologik chiqindilari va yo‘qotishlarini kamaytirish va ikkilamchi moddiy resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi.
Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda xom ashyoni tejash uchun ishlov berishga u sifatli tayyorlanadi. Xom ashyoni tayyorlash usullari - koks sanoati uchun ko‘mirlarni boyitish; to‘qimachilik sanoatida jun va paxtani tozlash va standartlashtirish, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘ochlarni quritish.
Sanoatning ishlov beradigan tarmoqlarida va material list shakliga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlarda (to‘qimachilik, oyoq kiyimini tikish) bichishning ratsional yo‘llarini qo‘llash orqali materiallar tejaladi. Bu vazifani yechishda iqtisodiy-matematik usullar va elektron-hisoblash mashinalari muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ular yordamida bichishning optimal yo‘llari aniqlanadi.
Mahalliy xom ashyo va yonilg‘i ikkilamchi xom ashyo, moddiy va yonilg‘i resurslardan foydalanish, ilgari foydalanilgan xom ashyolar, asosiy va yordamchi materiallarni tiklash muhim ahamiyatga ega.
Moddiy resurslarni tejashning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: sanoat mahsuloti material sig‘imini normallashtirish va rejalashtirishning ilmiy darajasini oshirish va moddiy resurslar sarflashning texnik asoslangan norma va normativlarini joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar; yangi, samarali xom-ashyo va materiallar yonilg‘i-energetik resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakat yonilg‘i balansini mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan taraqqiy etgan proporsiyalarni belgilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmuasi.
Har bir korxonada moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‘nalishi - ish joylarda bir miqdordagi xom ashyo va materiallardan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni oshirish. U ishlab chiqarishning texnik jihozlanishiga, xodimlar malakasiga, moddiy-texnik ta’minotni to‘g‘ri tashkil etishga va hokazolarga bog‘liq.
Ishlab chiqrish jarayonida yo‘qotishlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Uning hisobiga moddiy resurslarni tejash mumkin. Buning uchun mahsulotni saqlash va tashish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlash uchun yonilg‘i, xom ashyo, materiallarni maqsadga muvofiq tayyorlash, mehnat jamoasining ish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati masalalariga e’tiborini kuchaytirish lozim. Bu vazifaning yechilishiga aksionerlik xo‘jalik yuritish shakllari va korxonalarni xususiylashtirish yordam beradi.
Korxonaning texnik salohiyati qanchalik yuqori bo‘lmasin, baribir kerakli darajadagi inson resurslarisiz samarali ishlay olmaydi. Bularning hammasi odamlarga, ularning bilim darajasiga va ishlashga bo‘lgan xohishiga bog‘liq bo‘lib chiqadi. Bugungi kunda g‘arb mutaxassislari bekorga korxonani asosiy strukturasi inson omili asosida tashkil topgan deb hisoblashmayapti. Chunki, ishlab chiqarish tizimi nafaqat bexato ishlaydigan mashina va mexanizmlardan tashkil topgan, balki, ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan, yangi g‘oyalarni yaratadigan va ularni amalga oshiradigan odamlarni ham o‘z ichiga oladi. Murakkab texnik va ishlab chiqarish muommalarini yechish yo‘lida odamlar orasida yaqindan o‘zaro ta’sirni ta’minlash uchun, ularning har birida oxirgi natijaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish hamda mehnatga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish lozim. Insoniy kapital asbob-uskunalar, ishlab chiqarish zahiralari raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan, ishlab chiqarish samaradorligi va hajmini oshiradigan vositadir.
Har qanday korxona maqsadini belgilashda, uning faoliyatini rivojlantirishda asosiy omil bo‘lgan mehnat unumdorligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. U uzoq muddatga (5, 10, 20 yilga) mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Mehnat unumdorligi konsepsiyasi deyilganda uni amalga oshirish maqsadida ko‘zlangan vazifalar va yo‘nalishlar majmuasini, kelajakga mo‘ljallangan gipoteziya, prognozni yoki strategik rejani tushunish mumkin.
Mehnat unumdorligi konsepsiyasi jamiyat, hudud va korxona darajasida, u yerdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni, fan-texnika yutuqlari, shuningdek, mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi boshqa tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda jamiyat har bir hudud va korxona uchun alohida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir etadi. Shu sababli, uning konsepsiyasini ishlab chiqishda bu omillarni e’tiborga olish lozim.
Hisob-kitoblarni qilishda qo‘laylik bo‘lishi uchun ularni bir nechta guruhlarga ajratish zarur bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda:
- ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar. Bunga ayrim turdagi mahsulotlar hissasining umumiy mahsulot ishlab chiqarishning hajmidagi o‘zgarishlar kiradi;
- ishlab chiqarish texnik darajasining o‘sishi. Bunga ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, uskunalarni modernizatsiya qilish, buyumlarning texnologik tavsifini o‘zgartirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom-ashyolarni tejash, yangi turdagi materiallarni va energiyani joriy etish taalluqli;
- ishlab chiqarishni, mehnatni, boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash. Bu guruhga ishlab chiqarishni (yangi texnikani joriy etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda), ixtisoslashtirish, mehnat predmetlarini kooperatsiyalashgan holda yetkazish, ishlab chiqarish boshqaruvni takomillashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtining yo‘qotishni qisqartirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqishga yo‘l qo‘ymaslik, mavsumiy ishlab chiqarishda ish davrini o‘zgartirish tadbirlari va boshqalar kiradi;
- mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi. Bunda shartli-o‘zgarmas xodimlar sonining mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki pasayishi sababli o‘zgarishi hisobga olinadi;
- tabiiy sharoitning va foydali qazilmalarni olish usulining o‘zgarishi. Bunga neft, ko‘mir va boshqa xom-ashyolarning geologik joylashishi, ularni qazib olish usullarining o‘zgarishi kabi omillar kiradi;
- tarmoq va boshqa omillar. Bir guruhga ishlab chiqarishning hududiy o‘zgarishi sababli yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga bo‘ladigan o‘zgarishlar taalluqlidir.
Mehnat unumdorligi manbalarini izlash, bu manbalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va bu tadbirlarni bevosita qo‘llash korxonadagi tahliliy ishlarning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish manbalari deganda jonli va moddiylashgan mehnat sarfini iqtisod qlishning hali foydalanilmagan imkoniyatlari tushuniladi. Ichki ishlab chiqarish manbalari texnika va ishchi kuchidan nisbatan samaraliroq foydalanish, ish vaqtini qisqartirish, xom-ashyo va materiallarni iqtisod qilish, uskunalardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq. Ichki ishlab chiqarish manbalariga mehnat sig‘imini kamaytirish, ish vaqtidan foydalanishni oshirish, kadrlar strukturasini takomillashtirish, mehnat predmetlarini iqtisod qilish va mehnat vositalarini iqtisod qilishlar kiradi.
Yuqoruda aytganimizdek, korxonaning pirovard natijalarini oshirishda mehnat unumdorligini oshirish manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq va bunda quyidagi yo‘nalishlarini keltirish mumkin:

  1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish:

  1. ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  2. yangi uskunalarni tadbiq etish;

  3. yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish;

  4. mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish;

  5. xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish;

  1. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash:

  1. xizmat ko‘rsatish me’yori va hududini oshirish;

  2. me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar soni kamaytirish;

  3. boshqaruv strukturasini soddalashtirish;

  4. hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash;

  5. ish vaqtini o‘zgartirish;

  6. ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish;

  1. Tashqi tabiiy sharoitlarni o‘zgartirish:

  1. xom ashyolarni yaratish, yer osti boyliklarini qazib olishni shart-sharoitlari;

  2. foydali qazilmalarni saqlashni o‘zgartirish;

  1. Ishlab chiqarishdagi struktura o‘zgarishlari:

  1. mahsulotlar alohida turlarining hissasini o‘zgartirish;

  2. ishlab chiqarish dasturining mehnat sig‘imini o‘zgartirish-eng qulay darajasini aniqlash;

  3. sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar hissasini o‘zgartirish;

  4. yangi mahsulotlar hissasini o‘zgartirish.

Shuni ta’kidlash kerakki, qo‘shimcha erishilgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish omillari va mavjud mehnat bozoriga bog‘liq.
Korxona qancha ishchi yollashi kerak, degan savolga javob topish uchun mehnatga bo‘lgan talab narxini, ya’ni ish haqi darajasini aniqlashi kerak, ishlab chiqarish omillari, shu jumladan mehnat resurslariga bo‘lgan talab - mehnat unumdorligiga bog‘liq.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonada foydani ko‘paytirish tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish lozim.
Umuman olganda bunday tadbirlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
- u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha monopol o‘rinni egallashga (noyob mahsulotlar ishlab chiqarishga) erishish;
- doimo o‘zgaruvchan kon’yunkturaga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilab turish;
- raqobatbardoshlik sharoitida tovarlarning sotila olishini ta’minlash maqsadida xaridorlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, tovarlar sotilgandan keyingi xizmatlar);
- mahsulot ishlab chiqarishni o‘stirish;
- mahsulot sifatini yaxshilash;
- ortiqcha uskunalar va boshqalarni sotish yoki ijaraga berish;
- mavjud moddiy resurslardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va ish maydonlaridan, ishchi kuchi va ish vaqtidan oqilona foydalanish asosida mahsulotlarning tannarxini pasaytirish;
- ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;
- mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish va boshqalar.
XULOSA
Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyati korxonada iqtisodiy jarayonlarning sodir bo’lishi va unga ma’lum darajada foyda keltirishi uchun moddiy (asosiy vositalar, aylanma mablag’lar) va mehnat resurslari bilan birgalikda nomoddiy aktivlar mushtarakligini namoyon etadi. Zero, iqtisodiy salohiyati bu keng qamrovli tushunchadir.
Ushbu ishining mavzusidan kelib chiqqah holda korxona salohiyatidan samarali foydalanishning zaruriyati va ahamiyati, korxona salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlash uslubiyoti.hamda korxona pirovard natijalarini oshirishga ta’sir etuvchi omillar yoritib berildi.
Korxonaning iqtisodiy salohiyati bu keng qamrovli va teran tushuncha. Uning holati va undan foydalanish darajasi to’g’risida to’liq xulosa chiqarish uchun albatta ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Ammo ko’rsatkichlar sonining ko’pligi yoki ozligiga qarab o’rganilayotgan ob’yekt yoki kategoriyani baholash uchun yetarli yoki kam degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shu tufayli ko’rsatkichlardan to’g’ri va oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqish lozim.
Korxona iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni faqat iqdisodiy mazmuni bo’yicha tasnifini ko’rib chiqamiz. Chunki, ko’rsatkichlarni ushbu belgisi bilan tasniflash, iqtisodiy xulosa chiqarish uchun yetarli bo’ladi.
Korxona iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni iqtisodiy mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
-iqtisodiy salohiyat holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
-iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
-iqtisodiy salohiyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar,
Korxonaning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar haqida to’g’ri xulosa chiqarish uchun eng avvalo ularni ilmiy asoslangan holda tasniflash lozim, chunki ko’rsatkichlar juda ko’p belgilari bilan tasniflanadi.
Korxonaning texnik salohiyatini asosiy vositalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi ifodalaydi. Ushbu vositalarga xo’lalik yurituvchi sub’yektlarning ancha mablag’i jalb qilingan bo’ladi. Mazkur mablag’larning qaytimi asosiy vositalardan samarali foydalanish evaziga amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar uch guruhga bo’linadi: asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar: asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar; asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Korxona iqtisodiy salohiyatini o’rganishda texnik salohiyat bilan birgalikda mehnat salohiyati ham inobatga olinadi.
Mehnat salohiyatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlar iqtisodiy mazmuniga qarab uch guruhga bo’linadi:
-Mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
-Mehnat salohiyati bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar.
-Mehnat salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar uning qanday ahvolda ekanligini ko’rsatadi. Ushbu ko’rsatkichlar orqali mehnat salohiyati qanday ahvolda ekanligini bilish bilan birga ularning o’zgarish dinamikasini, oboroti va qo’nimsizligi kabi muhim ko’rsatkichlarni ham bilish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida xodimlarning oboroti va qo’nimsizliklari ham muhim ahamiyatga ega, chunki ular ishsizlikning oldini olish, samaradorlikni oshirish, xodimlar tajribasini oshishini ta’minlash kabi muhim jihatlarni o’zida aks ettiradi.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish