Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan


Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 62-17 gurux talabasi E.Usmonovning “Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish va uni oshirish yo’llari” mavzusida bajargan kurs ishiga



Download 1,59 Mb.
bet2/18
Sana14.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#799167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Usmonov E kurs ishi

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 62-17 gurux talabasi E.Usmonovning “Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish va uni oshirish yo’llari” mavzusida bajargan kurs ishiga


T A Q R I Z

1. Ishning dolzarbligi va mazmuni____________________________________


2. Ishning bo`limlariga tavsif_______________________________________


3. Ishning ijobiy tomonlari_________________________________________


4. Ishning salbiy tomonlari_________________________________________


5. Tushuntirish qismini rasmiylashtirish________________________________


6.Ishning grafik qismini rasmiylashtirish_______________________________


Xulosalar_______________________________________________________________________________________________________________

Taqrizchi _______ __________________________


(imzo) (familiyasi, ismi, sharifi)

“_________”________________________2020yil.




Kirish
Asosiy qism
1. Korxona salohiyatidan samarali foydalanishning zaruriyati va ahamiyati.
2. Korxona salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlash uslubiyoti.
3. Korxona iqtisodiy saloxiyatini oshirish omillari va yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan to bugungi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon izchillik bilan davom ettirilmoqda. Natijada iqtisodiyotimizda sifat o’zgarishlar ro’y bermoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik hislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi insonlar hayotida, turmush tarzida, ma’naviy va amaliy ko’nikmalarida namoyon bo’lyapti.
Bozor iqtisodiyotida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda, aholining turmush darajasini oshirishda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan korxonalarning mavqei alohida o‘rin egallaydi. Ushbu korxonalarning asosiy vazifasi, milliy iqtisodiyot va aholining korxonalarda ishlab chiqarilgan turli mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va korxonalarda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishdan iborat. Bunda korxonalarda mehnatga haq to’lash tizimini takomillashtirish va shu asosida bir tomondan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish orqali korxona daromadlarini oshirish ikkinchi tomondan ish haqini mehnat sifati va natijalariga bog’liqligini ta’minlash bilan axoli daromadlarini oshrish va turmush darajasini yaxshilashni ko’zda tutadi.
Mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatlarini muntazam yuritishlari va foydani maksimallashtirish borasidagi yaratilgan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlar ko’p jihatdan mamlakatning intelektual qobiliyatiga bog’liq bo‘lib, bugungi kunda kadrlarni malakali bo‘lib yetishishiga qaratilmoqda. Mustaqillik yillari mobaynida respublikamizda demokratik davlat qurish yo’lida ushbu maqsadga yo’naltirilgan ko’plab ishlar amalga oshirildi va bu harakatlar keng ko’lamda davom ettirilmoqda. Har tomonlama asoslangan samarali tadbirlarni uzluksiz amalga oshirilishi tufayli O’zbekiston Respublikasida erishilayotgan yutuqlar xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganligi bilan bog‘liq.
2019 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi qadamlar davom ettirildi. 2019 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 26.2 foizga ko‘paydi, tashqi savdo aylanmasi 42.2 mlrd dollorni tashkil etdi.
Mamlakatimizda 2019 yil davomida 2700 ta yangi korxonalar eskport faoliyatiga jalb qilinib ular hisobiga 1 mlrd dollordan ortiq qo’shimcha eksport amalga oshirildi qisqa muddatda 153 ta yirik sanoat ob’yekti ishga tushirildi. Bu kelgusi yilda qo‘shimcha 1,89 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. SHuningdek, milliy iqtisodiyotda mahalliylashtirish tadbirlarini keng ko’lamda yo’lga qo’yib, ularning uzluksiz va bosqichma-bosqich davom ettirilishi mamlakatimizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish yo’nalishidagi muhim tadbirlardan biridir. Hozirda mahalliylashtirish tadbirlarini milliy iqtisodiyot uchun talab etilayotgan yangi munosabatlarning eng muhimlaridan biri deb qarab, uning barcha jihatlarini ilmiy tadqiq etishni davr taqozo etmoqda1.
Respublikada hamda Farg’ona viloyati hududlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yengil sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning milliy an’analarga asoslangan, shuningek, xalqaro talablarni e’tiborga olgan holda mahalliy hom-ashyolardan foydalanib sifatli ip-kalava ishlab chiqarishni rivojlantirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash hozirgi iqtisodiyot uchun dolzarb vazifalardan biridir.
Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari, birinchi navbatda, ijtimoiy aql-zakovat, samarali moliya tizimi, bilim va axborot resurslari raqobatbardoshligi majmui bilan belgilanadi va ularning asosini mamlakatning oqilona innovatsion siyosati tashkil etadi. Shubhasiz, bularning barchasi mustaqil va bir vaqtning o‘zida, muvofiqlashtirilgan bo‘lishi hamda ular o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro norma, konvensiya va hujjatlar bilan tartibga solib turilishi lozim.
Zamonaviy sharoitlarda sanoatni rivojlantirish birinchi navbatda, taraqqiyotning xom-ashyo yo‘nalishidan innovatsiya yo‘nalishiga o‘tishi, natijada butun iqtisodiyotda strategik muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Bunda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, kooperasiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
Bugungi kunda dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg‘or g‘oyalar, “nau-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 134-o‘rinda turibdi. Vaholanki, O‘zbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlat. Yurtimiz zaminida oltin, kumush, mis, uran, neft, tabiiy gaz, ko‘mir kabi tabiiy qazilma boyliklarning katta zaxiralari mavjud. Iqtisodiy jarayonlarning sodir bo’lishida yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari, moddiy-texnik ta’minot, ya’ni uskunalar, jihozlar, bino-inshootlar bilan birgalikda yuqori malakali mehnat salohiyati ham zarur. Bundan ko’rinib turibdiki, korxonaning iqtisodiy salohiyatini nafaqat uning aktivlari, balki mehnat resurslari ham tashkil etadi. Demak, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan, ya’ni mehnat salohiyatidan iborat. Aytish joizki, korxonaning iqtisodiy salohiyati iqtisodiy samaradorlik, ularning natijaviyligi, moddiy va mehnat resurslari va ulardan foydalanish imkoniyatlariga bog’liq bo’lib, bu esa o’z navbatida mahsulot hajmining ko’payishida, korxonaning pirovard natijalari bo’lgan foyda va rentabellikning oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlar mavzuning dolzarbligini asoslaydi.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish