Jamiyatda moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o`z ichiga oladi



Download 70,89 Kb.
bet4/19
Sana09.07.2022
Hajmi70,89 Kb.
#762790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bux

Ish haqi to`lash
razryadlari

Тarif
koeffitsiyentlari

Ish haqi to`lash razryadlari

Тarif koeffitsiyentlari

0

1,000

12

3,581

1

1,450

13

3,808

2

1,595

14

4,038

3

1,755

15

4,271

4

1,930

16

4,508

5

2,115

17

4,748

6

2,308

18

4,991

7

2,510

19

5,238

8

2,716

20

5,488

9

2,926

21

5,741

10

3,140

22

5,998

11

3,358







O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to`lash, pensiyalar va boshqa to`lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to`g`risida” 2019 – yil 21 – may PF – 5723 – son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 – yil 16 – sentabr 775 – son qaroriga asosan tarif setkasidagi 0 razryad bekor qilingan va tariff koeffitsiyentlariga ham o`zgartirishlar kiritilgan.2




Mehnatga haq to`lash tarif setkasi
2--jadval

Ish haqi to`lash
razryadlari

Тarif koeffitsiyentlari

Ish haqi to`lash
razryadlari

Тarif koeffitsiyentlari

1

1,000

12

2,148

2

1,053

13

2,284

3

1,106

14

2,421

4

1,158

16

2,704

5

1,269

17

2,847

6

1,384

18

2,993

7

1,505

19

3,141

8

1,630

20

3,292

9

1,755

21

3,444

10

1,883

22

3,597

11

2,014







Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to`lash shakllari, tizimlari, miqdorlarini mustaqil belgilaydilar. Ayni vaqtda korxonalar mehnatga haq to`lashning qonun bilan kafolatlangan eng kam miqdorini ta`minlashi lozim.


Ish haqi mehnat uchun to`lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag` bilan ta`minlash manbaidan qat`iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil mukofotlarni, qo`shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt uchun to`lanadigan haqlarni (ta`til haqi, bayram kunlari va hokazolar uchun) o`z ichiga oladi.
Ish haqi o`z tarkibiga ko`ra ikkiga bo`linadi:

  • asosiy ish haqi;

  • qo`shimcha ish haqi.

Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to`lanadigan haq bo`lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to`lanadigan haq;

  • ishchilarning aybi bo`lmagan va bekor turib qolishlar uchun to`lanadigan haq;

  • tunda ishlaganlik uchun qo`shimcha haq;

  • akkord usulida to`lanadigan haq;

  • ish haqi fondidan to`lanadigan mukofotlar;

  • dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo`yicha to`lanadigan qo`shimcha haq.

Qo`shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to`lanadigan haq bo`lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ta`tillarga to`lanadigan asosiy va qo`shimcha haq;

  • o`smirlarga imtiyozli soatlar uchun to`lanadigan haq;

  • davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to`lanadigan haq;

  • tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.

Hozirgi sharoitda ishchi va xodimlarga to`lanadigan ish haqi shakllari ham rang-barangdir. Quyidagi jadvalda ish haqi to`lashning shakllari keltirilgan:
3-jadval



Ish haqi to`lash shakllari

Ishbay

Vaqtbay

Oddiy ishbay
Ishbay-mukofot
Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord



Oddiy vaqtbay
Vaqtbay-mukofot

Mehnatga haq to`lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.


Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko`paytirish yo`li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo`yicha ish haqidan tashqari ma`lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang`ich me`yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo`yicha, bu me`yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo`yicha haq to`lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo`yicha aniqlanadi.
Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo`yicha belgilanib, xizmat ko`rsatayotgan uchastkadagi o`rtacha ish me`yorining bajarilish foiziga ko`paytirilishi mumkin.
Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o`z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me`yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo`llaniladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to`lanadi.
Oddiy vaqtbay shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi.
Vaqtbay-mukofot shaklida tarif stavkalari bo`yicha ish haqidan tashqari muayyan miqdor va sifat ko`rsatkichlariga erishganlik uchun qo`shimcha ravishda mukofot to`lanadi.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to`lovlari va rag`batlantirish to`lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • yillik ish yakunlari bo`yicha rag`batlantirish;

  • muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag`batlantirish;

  • korxonalarning o`qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyalari;

  • davolanish uchun beriladigan yo`llanmalar qiymati;

  • mehnat jamoasi a`zolariga aksiyalar uchun to`lanadigan dividendlar va boshqalar.




Download 70,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish