Kirish adabiyotlar taxlili


Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari



Download 4,48 Mb.
bet33/36
Sana11.01.2022
Hajmi4,48 Mb.
#352171
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
tarkibida metall bo'lgan eritmalardan metallarni cho'ktirish usuli

5.4.Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari

- Yoqib qo‘yilgan gaz gorelkalari va boshqa qizdirish priborlarini nazoratsiz qoldirish kerak emas.

- Gorelkadan foydalanayotganda alanga gorelkaning ishda yonishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Alanga gorelkaga so‘rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim.

- Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining ostiga asbest, marmar, g‘isht kabi ximoya vositalaridan qo‘yib foydalanish kerak.



5.5.Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda foydalanilganda xavfsizlik qoidalari

-Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida siqilgan holda, uglekislota, ammiak xlor serevodorod kabi gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma holda bo‘ladi. Atsetilen balloni g‘ovak ko‘mir va erituvchi (atsiton) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.

- Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to‘ldirilgan ballonlarga nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo‘lgani uchun, ular bilan juda ehtiyotlik bilan muomala qilish kerak.

- Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo‘lishi, zaharli gazlar solingan ballonlarning shtutserlari esa qo‘shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Yonuvchi gazlar (masalan, vodorod) solinadigan ballonlarning shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. Bundan maqsad xatolik natijasida ularga kislorod quyib yubormaslik, yoki aksincha kislorod balloniga yonuvchi gaz quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o‘zining bo‘yaladigan rangiga, markirovakasi (belbog‘ rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko‘rsatilgan yozuvga ega bo‘lishi kerak. Ballonlar malum muddat ishlatilgandan song, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab ko‘riladi va mahxsus belgilar qo‘yiladi. Sinov muddati o‘tib ketgan ballonlarni ishlatish qat’iyan mumkin emas.

- Ballonlar quyidagi sabablarga ko‘ ra portlab ketishi mumkin.

a) Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba’ larining ta’ siri natijasida;

b) Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki ularni urish;

c) Kislorod ballonlarining yog‘, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi.

- Ballonlar isitish manba’laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5 metr uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib tushmaydigan qilib qotirilgan holda saqlanishi kerak.

- Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo‘ljallangan va tegishli rangga bo‘yalgan redukturlar yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul qilingan xajm uchun lozim bo‘lgan maksimal ishchi bosimga rostlangan bo‘lishi kerak.

- Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan

foydalnmaslikka harakat qilish kerak. Agar foydalanishga to‘g‘ri kelsa nihoyatda ehtiyotlik bilan katta kuch ishlatmay harakat qilish darkor, aks holda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib yuborib ballonning portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin.



5.6.Ekologiya.

Tabiat o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq- ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik erlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Er yuzida aholi sonining keskin o‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘1 bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.

Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlarning ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

• Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish.

• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish.

• Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash.

• Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

• Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

• Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash.

• Ekologiik ta’lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal qilishini ta’rriinlash.

• Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash.

• Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.

Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar




Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish