Kirish Nazariy qism Texnologik xisobotlar


SUYUQ VANNADA ERITISH JARAYONI



Download 0,69 Mb.
bet7/15
Sana09.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#486969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kirish Nazariy qism Texnologik xisobotlar

SUYUQ VANNADA ERITISH JARAYONI

So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmoqda. Avtogen jarayon deb, qisman tash­qa­ridan yoqil­­g‘i sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksid­lanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarf­lanishiga aytiladi.


Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metal­lar metallur­giyasi” kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq van­nada eritish” deb ataladi.
Uzoq yillar davomida otasi, professor Vladimir Andreyevich boshlagan ishni sanoat miqyosida o‘g‘li, professor Andrey Vladimirovich Vanyukov tat­biq qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoa­tiga o‘ta unum­dorligi bilan ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari bilan birgalikda “Ginsvetmet” (rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot instituti, Moskva shahri), “Gipronikel” (nikel ilmiy-loyiha tadqiqot instituti, Moskva shahri), “Kazminsvetmet” (Qozog‘iston rangli metallar vazir­ligi), Qozog‘iston Fanlar akade­miyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodim­lari faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tka­zilib, yaxshi natija bergach, 1986-yili Norilsk kon-metal­lurgiya kombina­tida to‘la sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama yaxshi nati­ja­lar olingach, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha payt­da sobiq Ittifoq sanoatida ishlab turgan eritish pechlaridan, bal­ki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan ham ustun ekanligi namoyon bo‘la boshladi.
1987-yilda Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A.V. Vanyu­kov­­­­­ning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga “Vanyukov pechi”, jara­yonga esa “Vanyukov jarayoni” deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukov­­lar bosh­lagan ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotish­malar institutining “Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi” kafedra­sining mudiri professor, texnika fanlari doktori Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar davom ettirib kelmoqda. Ular yildan-yilga “Vanyukov pechi”ni takomil­lash­tirib, yuqorida qayd etil­gan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga olib keldilar.
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukam­mal tako­mil­lash­gan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kis­lo­­rodli havo furma orqali yon tomonidan purkab turiladi. Havo purka­­langan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
P
mo’ri
echning asosiy qulayligi har ikka­la yon tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkala­nishidir. Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlariga qaraganda ancha qulay va issiqlik massa almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi. Undan tashqari, vannada erigan va hali erib ulgurmagan ashyo­lar aralash­masi harakatining bir xilda biqirlashiga olib keladi. Ana shu eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarra­larning bir-biriga to‘qnashishiga, buning natija­sida zarralarning yirikla­shuviga olib keladi. Eritmada jarayon qanday holatda ro‘y berishidan qat’i nazar (harakat, toshqol qovushqoqligi va hokazo), kattalashgan shteyn zarralari pechning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi.
Sulfidli shixta tarkibidagi kvarsli flus toshqolda tez eriydi, tosh­qol­ning hosil bo‘lish tezligini nihoyatda orttirib yuboradi.
Jarayonda tomchilar oralig‘idagi kolessensiya (ya’ni energiya siste­ma­sining kamayishi bilan suyuq va qattiq fazalardagi hajmlarning o‘z-o‘zidan birikishi) shteyn tomchilarini o‘rtachalashtiradi. Demakki, pechning eng ostki qismidagi shteyn tarkibidagi mis shteyn bo‘limining ustki qismiga nisbatan bor-yo‘g‘i 3–5% gina farq qilishi mumkin.
Shteyn tarkibidagi misning ortishi bilan boshqa pechlardagidek, toshqol tarkibidagi mis tarkibi ham ortib boradi, biroq juda kam miq­dorda, ya’ni 45–50% misli shteyn olinganda, toshqoldagi mis 0,5–0,6% dan deyarli ortmaydi. Vanyukov pechida nafaqat misli xomashyo, balki mis-nikel­li klinkerning mis shixtasini ham birdek eritib, rejalashtirilgan holda, kerakli tarkibda misli shteyn, sulfat kislota olishga mo‘ljal­langan sulfid va sulfat angidridli tex­nologik gaz olish mumkin.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish