M., Ermatov N. X. "Metro vagonlari elektr jihozlari va ularni boshqarish tizimlari"



Download 3,14 Mb.
bet4/22
Sana30.06.2022
Hajmi3,14 Mb.
#720280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Metro lab uzb

Hisobotning mazmuni
1. Uskunalar va uning maqsadi
2. Simulyatorning asosiy texnik xususiyatlari
3. Qurilmadan foydalanishdagi havfsizlik qoidalari
Nazorat savollari
1. Simulyatorning asosiy jihozlari va ularning vazifalarini sanab bering
2. O'quv trenajori qanday amaliy ko’nikmalarni takomillashtirish imkoniyatini beradi?
3. Simulyatorning asosiy texnik xususiyatlari
4. Simulyatordan foydalanishda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak?

2- laboratoriya ishi
Indikaciya va boshqaruv panellari bilan ishlash.
Ishning maqsadi. Talabaga 81-717.5M poezd simulyatoridagi asboblar paneli va boshqaruv organlarining vazifasi va ishlash printsiplari to'g'risida bilim berish va ushbu bilimlarni tekshirish.
Ish tartibi


2. 1. Uskunalar va ularning vazifalari
2. 1.1. O’quv trenajor majmuasi 81-717.5M seriyali metropoliten elektr harakat tarkibini boshqarish ko'nikmalarini shakllantirishga va kasbiy tayyorlashda, elektr deposi elektr poezd mashinistlariga xizmat ko'rsatiladigan liniyada va favqulotda vaziyatlarda ishlashdagi kvalifikaciyaviy ko’nikmalarni faoliyat olib boriladigan liniyalardagi real sharoitga maksimal holda yaqinlashtirilgan holatda mashq qilishga qaratilgan.
2.2. Simulatorni ishga tushirish
2.2.1 Simulyatorni 220V quvvat manbaiga ulang.
2.2.2 Dinamik platformani ishlatish uchun kompressorni yoqing.
2.2.3 Uzluksiz quvvat manbasida (UPS)  tugmasini UPSning LCD ekranidagi OUTPUT yozilgan joyida 220V/50Hz yozuvi paydo bo’lgunga qadar bosib turiladi;
2.2.4 Tizim bloklarini kalit kartasidan foydalanib yoqing.
2.2.5 Simulyator dasturini kompyuterning ish stolidagi "Metro 81-7175.M simulyatorini ishga tushirish" belgisiga sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosib, ishga tushiring.
2.3. Asboblar paneli va boshqaruv organlari

Tugmalar va tumblerlarning vazifasi:
76. Motor kompressorni yoqish tumbleri - tumbler yoqilganda, butun poezd bo'ylab motor-kompressorlar ishlashni boshlaydi va tizimga havo haydaydi.
77. Elektr ta'minoti tumbleri - quvvat manbai lyumenescent yoritish tizimiga kontakt relsidan olingan 825 volt kuchlanishnni 220 volt 50Hz ga o'zgartirib uzatadi, shuningdek 80 voltli boshqarish sxemasi va boshqa ehtiyojlarda ham zaryad beriladi.
78. Favqulodda yoritish tumbler – salonda yorug'lik o'chirilganida, u vagonni favqulodda yoritishni ta'minlaydi.
79. Zaxira kompressorni yoqish tugmasi - kompressorlarni qo'lda yoqish uchun mo'ljallangan. Kompressorlar faqat bosilganda ishlaydi, qo’yib yuborilganida ular ishlashni to'xtatadilar.
80. ABni yoqish tugmasi (yoki ARS 13V) – vagondagi akkumulyator batareyaning kuchlanishini ko'rsatuvchi voltmetr blokning o’ng tarafida joylashgan. Butun shkala 150 voltga teng. Batareyaning normal kuchlanishi 65 voltga teng, quvvat manbai yoqilganida 80 voltga teng, ya'ni batareya quvvatlanadi. Tugma APCning past kuchlanishli zanjirlarida 13 volt kuchlanishni boshqarish uchun mo'ljallangan.
81. Voltmetrning orqa yoritgichini boshqarish - orqa yoritishni sozlaydi.
82. PChK (past chastota kuchaytirgichi) ni quvvatlash manbaini yoqish tumbleri - yo'lovchi-mashinist aloqasini kuchaytiradi.
83. Favqulodda yo'lovchi-mashinist aloqasini quvvatlash manbaini yoqish tumbleri - favqulodda aloqa quvvatini yoqadi.
84. Mashinist kabinasida dinamikning quvvatini yoqish tugmasi - karnay quvvatini yoqadi.
85. Radio informatorning quvvatini yoqish tumbleri - informatorning quvvatini yoqadi.
86. Karnay dasturini tanlash
87. VU22 o’chirgichi - o’chirgichni pastki holatiga o’tkazilganda tarkib bo'ylab eshiklar yopib qo'yadi, shuningdek eshiklarning ochilishini bloklaydi va eshiklarni ochish uchun tugmani bosganda ular ochilmaydi. Eshiklarni ochish uchun o’chirgichni blokdan ochish va tegishli tugmani bosish kerak.
88. Eshiklarni yopish rezerv tumbleri. VU22 o’chirgichni takrorlaydi - kalitni pastki holatiga qaytarilganida vagon bo'ylab eshiklarni yopadi, ya'ni eshiklarning ochilishini blokirovka qiladi va eshiklarni ochish uchun tugmachalarni bosilganida, ular ishlamaydi. Eshiklarni ochish uchun o’chirgichni blokdan ochish va tegishli tugmani bosish kerak. VU22 o’chirgichi bilan parallel ravishda ishlaydi. Poezd tizimi pastki holatga o’tkazilgan tumblerni tinglaydi.
89. Zaxira eshikni yopish tugmasi - favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Agar biron bir sababga ko'ra VU22 o’chirgichi pastki holatda bo'lganida vagonlar biridagi eshiklarni yopish imkoni bo'lmasa, zaxira eshiklarni yopish tugmachasini bosilganida ular yopiladi. Bir vaqtning o'zida 31 va 32 raqamli simlarni quvvat bilan ta'minlaydi. Shunday qilib, eshiklar yopiladi.
90. BV vklyuchateli (RPni qayarish) – RP qisqa tutashuv yoki zo’riqishlardan ishlab ketishi mumkin. Instruksiyaga muvofiq, RPni bu tugma bilan bir marotaba yoqish ruxsat etiladi, va sxema takror ishga tushadi. RP lampasi takror ishlash paytida ushbu tugmani bosib uni qayta tiklash taqiqlanadi. KV tugmasi 0 holatida bo’lishi kerak.
91. Chap eshiklarni ochish tugmasi - bosilganda, chapdagi eshiklar ochiladi .
92. Chap eshiklarni ochish uchun zaxira tugmasi - bosilganda eshik chap tomonda ochiladi. Bu takroriy tugma. Ular mustaqil ravishda ishlaydi, har birini bosish mumkin.
93. Eshiklarning ochilish tarafini o’zgartirish tumbler - Eshiklarning ochilish tarafini o’zgartiradi, tepa holatga o’tkazilganida, o’ng eshiklarni ochish tugmasi faol holga keltiriladi, chap eshiklar tugmasi faolsizlantiriladi.
94-95. KB1. ogohlantirish tugmalari – Bir vaqtda bosilishi kerak. Faqat bittasini bosish ish bermaydi. Agar mashinist tezlikni oshirsa, qo'ng'iroq chalinadi va ARS tizimi poezdni to'liq to'xtashgacha to'xtatishni boshlaydi. Hushyorlik tugmachalari ARS tizimiga mashinist bilan hamma narsa yaxshi ekanligini va mashinist holatni nazorat qilayotganligini va agar kerak bo’lsa, poezdni o’zi to’xtatishini tushunish uchun kerak.
96. №1 almashtirish ventili tugmasi - tormoz tsilindrlarida havo yo'q bo'lsa, biz ushbu tugmachani bosamiz va havo havo tarqatuvchini chetlab o'tib, bosim magistralidan to'g'ridan-to'g'ri tormoz silindrlariga o’tishni boshlaydi.
97. Favqulodda shamollatish tumbler (umumiy ventilyatsiya) - tabiiy shamollatish tunnellarda to'xtashda ishlamay qolganda, ishlatiladi. Ushbu tumbler yoqilganida, salondagi o'rindiq ostida joylashgan favqulodda shamollatish yoqiladi.
98. AVUni o’chirish tumbleri – AVU lampasi yolg'ondan yoqilib qolganda ishga tushadi. Favqulodda boshqaruvni o'chirishni bekor qiladi.
99. BV ni o'chirish tugmasi - BV ni o'chiradi.
100. Old va orqa eshiklarni ochish tumbleri - kerak bo'lganda oxirgi eshiklarni masofadan ochadi. Eshiklar odatda qo'lda yopilgan bo’ladi, lekin tumbler yoqilganda, eshiklar masofadan turib ochiladi va yo'lovchilar boshqa vagonga o'tishi mumkin. Asosan avariyaviy hodisalar va yong'inlarda qo'llaniladi.
101. Kabinani shamollatishni yoqish tumbleri – kabinada shamollatishni yoqiladi.
102. ARS (tezlikni avtomatik boshqarish) tizimini yoqish tumbler - ARS tizimi poezdning tezligini boshqaradi, ikki poezdning bir-biriga yaqinlashishiga yo'l qo'ymaydi va haydovchi o'zini yomon his qilsa, agar poezd ruxsat etilgan tezlikdan oshib ketsa va qizil chiroqqa to'xtamasa, ARS tizimi poezdni to'xtatadi. ARS tizimini yoqadi.
103. ALS (avtomatik lokomotiv signalizaciyasi) tizimini yoqish tumbler – ALSni yoqadi.
104. ARS-R tumbleri – ARS rezerv tumbleri.
105. O’zgartirgichni himoya qilish tugmasi - yordamchi quvvat manbai bloki relega ega, agar bu rele ishga tushirilsa, o’zgartirgich himoyasini bir marta tiklashga ruxsat beriladi.
106. Nosozlik to’g’risida signal berish tugmasi - haydovchi nosozlik bor vagonni signal tugmachasi bosgan holda aniqlaydi. Agar sxema yig’ilmasa, (LSN chirog’i 3 sekunddan ko'proq vaqt davomida yonib tursa), ushbu tugma bosilganda, sxema yig’ilmayatgan vagonda RPni otib yuboradi (nosoz vagondagi bort signalizaciyasining yashil chirog’i yonib qoladi).
107. “Zvonok” tugmasi - bosilganda bosh va ohirgi vaon kabinalarida qo'ng'iroq chalinadi. Boshqa kabina bilan so’zlashish uchun kerak.
108. Havo tormozini o'chirish tumbleri - agar biron joyda pnevmatik tormozlar ishlab ketsa, yoki favqulodda vaziyatlarda ushbu tormozlarni qo’yib yuborish kerak bo'ladi - ushbu tugmadan foydalaniladi.
109. Deshifrator tumbler.
110. “Salonning yoritilishi” tumbleri - salonning yoritilishini yoqadi.
111. “Kabinaning yoritilishi” tumbleri - kabinaning yoritilishini yoqadi.
112. Pultni yoritishni yoqish tumbleri – mashinist panelidagi asboblarning yoritilishini yoqadi.
113. VP tumbleri (yordamchi poezd rejimi) – ARS-D qurilmalarida “yordamchi poezd” ish rejimiga o'tish uchun yoqish tumbleri.
114. Zaxira ishga tushirish tugmasi - bosilganda poezdni harakatga keltiradi. Tugma doim mashinada gaz pedali kabi bosilib turilishi kerak. Zaxira ishga tushirish tugmasi - UOS bilan yurish KRU orqali yurish uchun mo'ljallangan.
115. Favqulodda yurish tugmasi - bosilganda poezdni harakatga keltiradi. Tugma doim mashinada gaz pedali kabi bosilib turilishi kerak.
116. KRU (zaxira boshqaruv kontrolleri) - poezdni zaxiraviy boshqarish funksiyasini bajaradi. 0, 1 - yurish, 2 – yurish pozitsiyalariga ega. Tormoz pozitsiyalari yo'q.
117. O’ng eshiklarni ochish tugmasi - bosilganda o'ng eshiklarni ochadi.
118. Past nurli chiroqlarni yoqish tumbleri - past nurli chiroqlarni yoqadi.
119. Yuqori nurli chiroqlarni yoqish uchun VUS tumbleri - yuqori nuri chiroqlarni yoqadi.
120. Favqulodda eshiklar o’chirgichi (VAD) tumbleri - yoqilganda, poezdni vagon eshiklari ochiq holda harakatga keltirishga imkon beradi.
121. Favqulodda yurish o’chirgichi (VAH) tumbler - yoqilganda, ARS tizimi o'chirilgan holda poezdni harakatga keltirishga imkon beradigan zanjirni tayyorlaydi.
122. 0.13 mashinist krani - asosiy tormoz. U 7ta ish bosqichga ega. 1-haddan tashqari zaryadlash (tormoz magistralini havo orqali tez zaryadlash) kam ishlatiladi, 2-ishchi holat (harakat paytida dastak 2-o'rinda turadi - tormoz ishlamaydi), tormoz kuchini oshirish uchun 3,4,5,6,7-holatlar. Dastakning holatiga qarab tormoz magistrali zaryadsizlanadi, tormoz silindrlari zaryadlanadi.
123. Mashinist kontrolleri - poezdni harakatga keltiradi va shuningdek, poezdni elektr tormozlash bilan to’xtatadi (soatiga 5-7 kmgacha elektr tormozi ishlaydi, keyin №1 almashtirish ventili ishga tushadi va pnevmatik tormozlashga avtomatik o'tish amalga oshiriladi. 7 ish pozitsyadan iborat - shulardan 3-tasi yurish, 3-tasi tormozlash, va neytral 0-chi pozitsiyasi bor.
124. Reversor - uchta pozitsiyaga ega: oldinga, neytral va orqaga. Reversiv dastak. Harakat yo'nalishini o'zgartiradi: “Tepaga” holat- orqaga yurish (5-sonli sim); “Pastga” holat – oldinga yurish (6-sim).
125. Hushyorlik pedali - pedal hushyorlik tugmachalarini takrorlaydi, bosilgan holda 20 km / soatgacha tezlikda harakatlanishga imkon beradi, agar poezd tezligi bundan oshsa, poezd to’xtashni boshlaydi.
126. Eshiklarni yopish tumbleri - eshiklarni yopadi.
127. Chap eshiklarni ochish tumbler - chap eshiklarni ochadi.
128. 1 tugmasi informator dasturi.
129. 2 tugmasi informator dasturi.

130. РЦ-1 ARSni yoqish tumbleri – ARS tizimini va o’zidan o’zi yurib ketishga qarshi rejimini yoqadi, doimo yoqilgan holatda bo'ladi.
131. AKB tugmachasi - bosh vagondagi akkumulyator batareyani yoqadi.
132. Pnevmatik harakatlanuvchi tok qabul qilgichlarni o’chirish kaliti (ВТР) - tok qabul qilgichlarni kontakt relsidan ajratadi. Yuqori voltli zanjirlarda qisqa tutashuv holatlari bo’lganida qo'llaniladi.
133. Tezligini cheklash qurilmasi (УОС) - zaxira boshqaruv (КРУ)ni yoqadi.



134. Saqlagich (boshqaruv)
135. Saqlagich (batareya)
136 Saqlagich (zaxira)
137. Saqlagich (o'zgartirgich)
138. Saqlagich (yoritish)
139. Saqlagich (yoritish)
140. Stop kran - poezdni shoshilinch tormozlaydi.
141. UAVA (universal avtomatik ravishda avtostopni o’chirish moslamasi) - asosan avtomatik avtostopning yo’l skobasini o’chirish uchun ishlatiladi, asosan ishlamay qolganida. Oddiy harakat paytida yoqilgan bo’lishi kerak.
142. UAVA itaruvchisi - avtostop magistralida bosim tushganda, tortuvni o'chirishga signal beriladi.

143. Mashinist kranining uzuvchi krani – mashinist kranini ochadi yoki yopadi. Bosh vagonda ochiq, boshqa vagonda esa yopiq bo'lishi kerak.


144. To'xtab turish tormozi krani - to'xtab turish tormozini yoqadi.
145. EPV-ARS krani - elektro - pnevmatik ventil (EPV).
146. Pnevmatik signalning uzish krani – oyoq bilan bosiladigan pnevmatik signaliga havo etkazib berishni ochadi.
147. Manometrni o’chirish krani - НМ va ТМ manometrlariga havo ta'minotini ochadi.

148. Pnevmatik signal - bosilganda, tizimda havo mavjud bo'lganda pnevmatik signal eshitiladi.



246. Voltmetr - past kuchlanishli zanjirlardagi kuchlanishni ko'rsatadi, kuchlanish 80 volt bo'lishi kerak. Qiymati 80 dan past bo'lsa, poezd uzoqqa yurib keta olmaydi, akkumulyator batareyalarni zaryadlash kerak bo’ladi, chunki elektr sxema batareyaning zaryad zaxirasini to'liq ishlatib qo'yadi. Voltmetr batareyaning zaryadini ko'rsatadi. Elektr quvvatlash bloki yoqilganida, kuchlanish 80-82 voltgacha ko'tariladi va doimiy ravishda zaryadlanish kuzatiladi.
247. (km / h) haqiqiy tezlik – tezlik o’lchagich.
248. ОЧ - yo'lning ushbu uchastkasida chastota yo’qligini bildiradi.
249. 0 - ruxsat etilgan tezlik 0 km / soat, harakatlanishni taqiqlaydi.
250. 40 - ruxsat etilgan maksimal tezlik 40 km / soat.
251. 60 - ruxsat etilgan maksimal tezlik 60 km / soat.
252. 70 - maksimal ruxsat etilgan tezlik 70 km / soat.
253. 80 - maksimal ruxsat etilgan tezlik 80 km / soat.
254. ЛСД – eshiklar signalizaciyasi chirog’i (barcha eshiklar yopiq bo'lsa, chiroq yonadi, agar qaysidir eshik yopilmasa chiroq yonmaydi).
255. ЛСД – eshiklar signalizaciyasi chirog’i (barcha eshiklar yopiq bo'lsa, chiroq yonadi, agar qaysidir eshik yopilmasa chiroq yonmaydi).
256. ЛХ РК - №2 simning chirog’i (ЛХ "РК"). 2-sonli simda kuchlanish borligini bildiradi, rheostat kontrollerining yurishi lampasi.
257. РП - haddan tashqari yuklama relesi (agar elektr zanjirning biron bir joyida qisqa tutashuv bo'lsa, haddan tashqari yuklama relesi ishga tushadi va sxemaning yig’ilishiga bermaydi.
258. ЛСН - nosozlikni signalizatsiya qilish lampasi. Vanoglardan birida zanjir yig'ilmagan.
259. Zaxira indikator.
260. ЛКВЦ – yordamchi zanjirlar kontaktori lampasi.
261. ЛН - harakat yo'nalishi chirog’i.
262. РС - tezliklarning tengligi lampasi. Ruxsat etilgan tezlik harakat tezligidan katta yoki unga teng.
263. ЛКВД - dvigatellarning o’chishini nazorat qilish chirog’i. ARS ishlashi.
264. ЛВД - dvigatellarning yoqilganligini ko’rsatuvchi chiroq (dvigatellar yoqilganda yonadi, mashinistga dvigatellar o'chirilgan yoki yoqilganligini aniqlashda yordam beradi).
265. ЛКТ - tormozni nazorat qilish lampasi. ARS ishlashi. O’z o’zidan yurib ketishni oldini olish tizimining ishlashi.
266. ЛСТ - tormoz uchun zanjir yig’ilganligini, 6-sonli simda kuchlanish borligini ifodalaydi.
267. Bosim va tormoz magistrallari manometri - qora strelka bosim magistralidagi bosimni, qizil strelka tormoz magistralidagi bosimni ko’rsatadi. Qizil strelka 5 atm, qora strelka 6 dan 8 atmgacha bosimni ko’rsatishi kerak.
268. Tormoz silindrlardagi bosim manometri - tormozlash paytidagi tormoz silindrlaridagi bosimni ko'rsatadi. Bu faqat poezd to'liq tormozlanayotganda ishlaydi (taxminan soatiga 5-7 km tezlikda paydo bo'ladi), odatda 0-chi holatda bo’ladi. To'liq xizmat tormozlashda bosh vagonlardagi tormoz tsilindrlarida bosim 2,5-2,7 atm, oraliq vagonlarda esa 2.4-2.6 atm bo'lishi kerak, agar bosim ushu talablarga mos kelmasa, bu holat bort jurnalida qayd etilishi kerak.



269 ​​ ЛВРП chirog’i - haddan tashqari yuklama relesining ishlashini ko'rsatadi. Ya’ni, agar elektr zanjirda biron bir nosozlik bo'lsa yoki haddan tashqari yuklama paydo bo'lsa, rele ishga tushadi va yashil chiroq yonadi, bu shuni anglatadiki, qaysidir vagonda haddan tashqari yuklanish relesi ishlab ketgan va vagon ishlamayapti, tortuv motorlari va elektr sxema ishlamayapti, qaysi vagonda nosozlik borligini faqat vagonlardagi ogohlantirish chiroqlari orqali aniqlash mumkin.
270. Chap eshiklarni ochish tugmasi chirog’i.
271. Chap eshiklarni ochish tugmasi chirog’i.
272. Zaxira chiroq.
273. ЛСП lampasi - favqulotda shamollatish tizimida nosozliklar mavjud bo'lganda yonadi.
2
74. Avtomatik boshqaruv o’chirgichi lampasi - agar tormoz tsilindridagi havo bosimi yetarli bo'lmasa, elektr zanjiri yurish rejimiga yig'ilmaydi. Tormozsiz yurib ketmaslik uchun elektr zanjirga blokirovka o'rnatilgan. Ya’ni, agar tormoz bo'lmasa, poezd harakatga kelmaydi. Agar bu lampa yonib tursa, bu tormoz magistralida havo yetarli emasligini, ya’ni 2,9 atmdan kamligini anglatadi. 

275. ЛКВП – o’zgartgich yoqilishini nazorat qilish chirog’i.


276. O’zgartgichni himoya qilish tugmasi lampasi - o’zgartgich himoyasi yoqilganda yonadi.
278. O’ng eshiklarni ochish tugmasi chirog’i.
279 Pnevmatik tormoz lampasi - agar chiroq yoqilgan bo'lsa, bu qaysidir vagonda yoki barcha vagonlarda tormozlar yoqilganligini anglatadi, vagonlarning qaysi birida nosozlik joylashganini bilish uchun vagonda joylashgan sariq lampalarga qarash kerak.
280. Kilovoltmetr - kontakt relsidagi o’zgarmas kuchlanish qiymatini ko'rsatadi, odatda bu 825 volt. Ruxsat etilgan diapazon 550V dan past emas va 925V dan yuqori emas bo’lishi kerak. Kuchlanish odatda barqaror 825V bo’ladi.
281. Ampermetr – tortuv dvigatellarning yurish va tormozlash rejimidagi yuklamasini ko'rsatadi. Ampermetr kontrollerning 1-yurish pozitsiyasida - 160A ni, 2-pozitsiyada - 220-250A, 3-pozitsiyada - 300-350A ni ko’rsatadi. Bu qiymatlar poezdga tushayotgan og’irlik, ya’ni passajirlar soniga, ularning umumiy massasiga, shuningdek yo’l profiliga bog'liq. Elektr sxema shunga mo'ljallanganki, poezd yo’lovchilar bilan qay darajada to’lganligiga va yo’l profiliga qarab tortuv dvigatellarga turli darajada yuklama tushadi, shuning uchun qo’zg’alish va tormozlashda o’rtacha tezlikni saqlab qolish uchun dvigatellarga shularni inobatga olingan holda quvvat beriladi. Tezlashayotganda, strelka o'ngga, tormozlanayotganda esa strelka chapga og’adi. 1-tormoz pozitsiyasida-120-150A, 2-tormoz pozitsiyasida-200A, 3-tormoz pozitsiyasida-200-250A. Barcha qiymatlar yuklama va yo'lning profiliga bog'liq.



304. Ogohlantirish chiroqlari - har bir vagonda joylashgan. Oq rangli chiroq - eshiklar signalizatsiyasi chirog’i. Agar chiroq yoqilmasa, demak eshiklar yopiq, agar yoqig’ bo'lsa, demak, bu vagonda bir yoki bir nechta eshiklar yopilmagan. Yashil chiroq haddan tashqari yuklanish relesi ishlaganini ko’rsatadi, ya'ni elektr sxemada qandaydir nosozlik yoki haddan ortiq yuklama bo’lsa rele ishga tushadi, vagondagi yashil chiroq yonadi va ushbu vagondagi tortuv dvigatellar ishlamaydi. Sariq chiroq bu to'xtash tormoz chirog’idir, agar qaysidir vagonda ushbu chiroq yonib qolsa, demak, bu vagonda tormozlar qoyib yubormayapti yoki tormoz tizimida qandaydir nosozlik mavjud.



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish