M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


-§. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va kulminatsiya balandliklari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/121
Sana01.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#289107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to'plami(1)

2-§. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va kulminatsiya balandliklari
 
Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanishining  aksi  bo‘lgan  osmonning  ko‘rinma 
aylanishida  olam  qutbi  shu  kenglikdagi  gorizont  ustida  o‘zgarmas  vaziyatni 
egallaydi  (6-rasm).  Yulduzlar  har  sutkada  olam  o‘qi  atrofida  gorizont  ustida 
ekvatorga parallel bo‘lgan aylanalar chizadi. 
 
 
 
Bunda har bir yoritkich bir sutkada osmon meridianini ikki marta kesib 
o‘tadi. 
Yoritkichlarning osmon meridianidan o‘tish hodisalari kulminatsiyalar 
deyiladi. 
Yuqori 
kulminatsiyada 
yoritkichning 
balandligi 
eng 
katta, 
quyi 
kulminatsiyada  esa  eng  kichik  qiymatga  ega  bo‘ladi.  Kulminatsiyalar  orasida 
o‘tadigan vaqt yarim sutkaga teng. 
Ma’lum  φ  geografik  kenglikda  botmaydigan  M  yoritkichning  (10-rasm) 
ikkala  kulminatsiyasi  gorizont  ustida  ko‘rinadi,  chiqadigan  va  botadigan 
yulduzlarning  (M
1
,  M
2
,  M
3
)  quyi  kulminatsiyasi  gorizont  ostida,  shimoliy  nuqta 
ostida  sodir  bo‘ladi.  Osmon  ekvatoridan  janubga  tomon  uzoqda  joylashgan 
yorikich  M
4
  ning  ikkala  kulminatsiyasi  ham  ko‘rinmasligi  mumkin 
(chiqmaydigan yoritkich). 
Quyosh  markazining  yuqori  kulminatsiya  payti  haqiqiy  tush  vaqti,  quyi 
kulminatsiya payti haqiqiy yarim kecha deyiladi. 
Yoritkich  M  ning  yuqori  kulminatsiyadagi  balandligi  h,  uning  og‘ishi  δ  va 
joyning geografik kengligi φ orasidagi o‘zaro bog‘lanishni topaylik. 
Buning uchun 11-rasmdan foydalanamiz, unda ZZ′ vertikal chiziq, PP′ olam 
o‘qi,  QQ′  osmon  ekvatori  hamda  NS  gorizont  chizig‘ining  (PZSP′N)  osmon 
meridiani tekisligiga tushirilgan proyeksiyalari tasvirlangan. 
 
a) 
 
b) 
8-rasm.  
a) Yoritkichlarning yuqori va quyi kulminatsiyalari 
b) Yoritkichlarning      yuqori kulminatsiyasidagi balandligi
 


12 
 
Biz olam qutbining gorizontdan balandligi joyning geografik kengligiga teng 
bo‘lishini, ya’ni h
p
 ekanligini bilamiz. Binobarin, tush vaqti chizig‘i NS bilan 
olam  o‘qi  PP′  orasidagi  burchak  joyning  geografik  kengligi  φ  ga  teng,  ya’ni 

p
=φ. 
Ravshanki,  osmon  ekvatori  tekisligining  gorizontga  (  bilan 
o‘lchanadigan)  qiyaligi  90º-φ  ga  teng,  chunki  tomonlari  o‘zaro  perpendikulyar 
bo‘lgan  burchaklar    (11-rasm).  U  holda  og‘ishi  δ  va  va  zenitdan 
janubda  kulminatsiyadan  o‘tadigan  yulduz  M  ning  yuqori  kulminatsiyadagi 
balandligi 

𝑦
= 90° − 𝜑 + 𝛿 
Hamda 
quyi 
kulminatsiyadan 
o‘tadigan  yulduz  M  ning  quyi 
kulminatsiyadagi balandligi 

𝑞
= 𝜑 + 𝛿 − 90° 

𝑦
= 90° − 𝜑 + 𝛿 ushbu formuladan joyning geografik kengligini og‘ishi δ 
ma’lum  bo‘lgan  yoritkichning  yuqori  kulminatsiyadagi  balandligini  o‘lchab 
aniqlash mumkinligi ko‘rinib turibdi. 
Bunda  shuni  hisobga  olish  kerakki,  agar  yoritkich  kulminatsiya  paytida 
ekvatordan janub tomonda joylashgan bo‘lsa, uning og‘ishi manfiy bo‘ladi. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish