Mamasoli jumaboyev



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/118
Sana25.02.2022
Hajmi9,04 Mb.
#464331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
Bog'liq
Bolalar adabiyoti.2-nashr Jumaboev M. (1)

YOLG‘ONCHI
(Arman xalq ertagi)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho b o ‘lgan ekan. 
K unlarning birida u har tom onga jarchilar yuboribdi. U lar 
xalqqa shunday xabar qilibdilar:
— O dam lar-u odam lar, kim da-kim yo lg ^ n ch ilik d a g‘olib 
chiqsa, podshohim iz unga oltin olm a beradilar!
Podshoning huzuriga har yoqdan odam lar kela boshlabdi. 
Shahzodalar, vazir-u nozirlam ing bolalari va boshqalar kelibdi. 
A m m o kelganlaming hech biri podsho ko‘nglini ovlay olmabdi.
Bir kuni podsho huzuriga bir kam bag‘al kosib katta xum 
ko‘tarib kelibdi.
— Senga nim a kerak? — deb so‘rabdi podsho.
— Assalomu alaykum , podshohi olam , — debdi kosib. — 
M en o ‘z haqim ni olgani keldim: siz m endan bir xum oltin 
qarzdorsiz-ku.
— Yolg‘on, — debdi podsho. — M en sendan hech narsa 
qarzd or em asm an.
— Yolg‘onm i? U nday b o ‘lsa, o ‘sha oltin olm ani m arham at 
qilib menga bersinlar.
Podsho uning ayyorligini sezib, o ‘zini go‘llikka sola bosh­
labdi.
— Yo‘q, aldayotganing yo‘q.
— A ldam ayotgan b o ‘lsam , unda qarzingizni be ring. 
Podsho kosibning yutganini tan olib, bir o g ‘iz ham
gapirm ay, oltin olm asini unga bergan ekan.
Bu davr bolalari maktabga bora- 
Maktab yoshidagi kichik 
digan? 
olzlari m u staq ii ravishda
рИ aH? rga 
T i r
o z m i-k o ‘pm i k ito b lar o ‘qiydigan 
etiladigan ertaklar 

• 
j
 

jm
 
,
darajada bo ladilar. Ularga о qish
uchun tavsiya etiladigan ertaklam ing ham ko‘p qismi ona- 
V atan, tabiat, axloq-odob, m ehnat, o ‘qish haqida b o ‘lishi 
talab etiladi. „Z um rad va Q im m at“ , „O ltin tarvuz“ , „D ehq on
bilan ayiq“ , ,,H aqqush“ (tojik xalq ertagi), ,,D an ak “ (qirg‘iz 
xalq e rta g i), „K u c h va to p q ir lik “ (latish xalq e rta g i), 
, , 0 ‘tinchi yigit“ , „B o‘ri bilan echki“ singari ertaklar kichik 
m aktab yoshidagi bolalar sevib o ‘qiydigan asarlardir.
Bu yoshdagi bolalarga k o ‘proq ig‘vo, g ‘iybat, m u n o - 
fiq lik d an yiro q b o ‘lgan e rta k la r y o q ad i. N eg ak i, c h in ,
52


m ukam m al tarbiyali bola boshqalarga ozo r yetkazm asligi, 
ta k a b b u r lik q ilm a s lig i, h e c h k im g a p a st n a z a r b ila n
qaram asligi, rostgo‘y b o ‘lishi lozimligini kichkintoylar avval 
tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Yaxshi bola o ‘zidan 
kattalarga hurm atli, kichiklarga shafqatli va m arham atli, kular 
yuzli, shirin so‘zli, xushm uom ala b o ‘lishi lozimligi ularga 
m a ’lum. C hinakam inson va’dasiga vafo qiladi, om onatga 
xiyonat qilmaydi. Ig‘vo, g‘iybat, m unofiqlikdan o'zini saqlaydi. 
O ta-onasining hurm atini bajo keltiradi. Q arindosh-uruglariga 
m ehribon, m ehr-oqibatli bo'ladi. Y om on y o llard an , yaramas 
ishlardan, nojo‘ya harakatlardan o ‘zini saqlaydi. M ana shularga 
o ‘xshash go‘zal xislatli bolalarni el sevadi, e ’zozlaydi. „Zum rad 
bilan Q im m at“ ertagidagi Zum rad xuddi shunday fazilatlarga 
ega obrazlardan biridir.
Zum rad xalq orzu qilgan, e ’zozlagan qizlarning yorqin 
tim so li. 
B ugungi q iz a lo q la r erta k d ag i Z u m ra d d a n ibrat 
olishlari, unga o ‘xshagan chiroyli, odobli, m uloyim , aqlli, 
m ehnatsevar boMishlari lozim. Q arang, yo‘lda lolalar, rang- 
barang gullar uni ko‘rib boshlarini egib, salom berarkanlar. 
Z um rad m aysalar ustida o ‘tirib dam olganida gullar uni 
olqishlar, bulbullar quvonib, q o ‘shiqlar aytib berar ekanlar. 
X o ‘sh, b u n d a y m a q to v , b u n d a y e ’zoz qaysi q iz alo q q a 
yoqmaydi! H am m aga yoqadi. Bunga muyassar b o ‘lish uchun 
esa, halol inson boMish, kattalarning, ota-onalarning, m ual- 
lim larning o ‘git-nasihatlariga qattiq amal qilish kerak. Ana 
o 'sh an d ag in a xuddi Z um rad kabi m ol-u davlatga, sh o n - 
sharafga, hurm atga sazovor b o ‘lish m um kin.
Zum rad aslida kirn? U bir o ‘gay ona q o ‘lida so‘kish, 
qarg‘ish eshitib bir burda nonga m uhtoj b o ‘lib yurgan qizcha. 
Zum rad el sevadigan darajada chiroyli, odobli, m uloyim, aqlli. 
Uni bir k o ‘rgan, b ir suhbatlashgan kishi yana k o ‘rsam , 
suhbatlashsam deb orzu qiladi.
Zum rad otasini, odam larni yaxshi ko‘radi, hayvonlarni, 
tabiatni, maysa-yu o btloqni sevadi, ularni avaylaydi. H am - 
masiga muloyim boqib, q o ‘li bilan silab-siypalab erkalaydi. 
Bundan gullar, o ‘t- o ‘lanlar, bulbullar quvonib, unga q o ‘shiq- 
lar aytib berishadi.
A m m o shu gullar kam pirning arzandasini sevmas, uni 
erkalam as ekanlar, bu qiz gullarga ozo r berar, ularni yulib 
tashlab, tepkilar ekan, lolalar, gullar Q im m atning kelishini
53


bilib qolsalar, qovoqlarini solib, yumilib qolarkanlar. Yovuz 
kam pir bundan g‘azablanar ekan va buni Z um raddan ko‘rar 
ekan. Bir kuni kam pirning niyati buzilib, Z um raddan qutul- 
m oqchi b o ‘libdi, cholni chaqirib olib, unga dag‘dag‘a qilibdi. 
„Q izingni o ‘rm onga olib borib adashtirib kelmasang, men sen 
bilan turm aym an!“ debdi.
O ta nochor. U kam pirga o ‘ta itoatkor. Negaki kam pir uni 
jerkib, haqorat qilib, yuragini olib q o ‘ygan, itoatkor kimsaga 
aylantirgan. C hoi Z u m rad n i aldab, q o ro n g ‘i, q o ‘rq in chli 
o ‘rm onda adashtirib keladi. 0 ‘rm onda yolg‘iz zor qaqshab 
qolgan qizchaga gullar shu ’la sochib, yo‘lini nurafshon qilib 
turadi. Z um rad sehrgar huzuriga kirar ekan, unga egilib salom
beradi, boshidan kechirgan voqealarni bir-bir bayon qiladi. 
Q ushlarning Z u m rad ni m aqtab sayrashlari kam pir qalbini 
shodlikka to ‘ldiradi.
Z u m ra d m e h n a t b o lasi. 
M e h n a t q ilg an eld a aziz, 
deganlaridek, uning yelib-yugurib ishlashi kam pirga xush 
yoqadi. „O ppoq qizim , shirin qizim , d o ‘m bog‘im , m u n- 
chog‘im!“ deya uni erkalaydi, peshanasidan o ‘pib, sochini 
silaydi.
Z u m rad h alo l-p o k lig i, sh irin so ‘zligi, m eh natkashlig i, 
k a tta n i h u r m a t, k ic h ik n i e ’z o z la s h i b ila n s e h rg a rn in g
m uhabbatini qozonadi.
Shu sababli seh rg ar Z u m ra d n i teng siz b oy lik bilan
siylaydi, uni baxtiyor qiladi.
M ehnatkash xalq o ‘z farzandlarini xuddi Zum rad kabi 
ishchan, m ehribon, iboli, boy-badavlat boMishini orzu qilgan. 
Lekin Q im m at kabi erka, ta n ti, ish y o q m aslarn i y om on 
ko‘rgan. Q im m at obrazi dangasa, erkatoy, injiq, q o ‘pol, 
tosh bag‘ir ayrim farzandlarni eslatadi. 0 ‘zbek ertak larid a 
o ‘zidan k attalarni hu rm at qilish va keksalarni e ’zozlash, 
od am o x u n lik va m eh natsev arlik, yaxshi xulq va o d o bn i 
ulug'lash asosiy masalalardan hisoblanadi. Xo‘sh, Q im m atda 
yuqoridagi fazilatlardan qaysi biri mavjud? H ech qaysisi yolq.
M ana, ota Q im m atni ham kimsasiz o ‘rm onda adashtirib, 
tashlab ketdi. Sehrgamikida yashar ekan, unga onasi birorta ham 
shirin so‘z o ‘rgatmaganligi, m ehnat qilishni bilmaganligi sababli 
kampirga q o bpol-qo‘rs m uom alada boMadi. Tekintomoqligi qattiq 
pand beradi. Sehrgar qizni sevmaydi, ertak ham aytib bermaydi, 
kitob va qo‘g‘irchoqlar ham hadya qilmaydi.
54


E rtak dagi seh rg ar k a m p ir ju d a m u lo y im , m e h rib o n . 
M ana, uning Q im m atga murojaati:
— T om dan o ‘tin olib tush, qizim!
Q izning javobini eshiting:
— 0 ‘zingiz olib tusha qoling, malayingiz yo‘q!
Bu tarbiyasizlik, odobsizlikdan boshqa narsa emas.
Xalq bunday o ‘zboshim cha qizni ham , farzandiga to ‘g‘ri
tarbiya bera olm agan onani ham yoqtirm aydi. Shuning uchun 
h ar ikkalasi oMimga m ahkum — ajdar yutib yuboradi. Bu holga 
xalq aslo achinm aydi, aksincha to ‘g‘ri b o ‘libdi, deb m am nun 
bo‘ladi.
K itobxon bolalar ham hayotda Q im m at qiyofasiga tushib 
qolm aslik uchun odobli, xushm uom ala boMishga, m ehnatni 
sevishga, ko‘proq dars tayyorlashga, kitob o ‘qishga intilishga 
harakat qiladi. Q im m atning ishyoqmasligi, odobsizligi uchun 
ham m a yom on ko‘rishini eslang. H atto uning yurish-turishi, 
x a tti-h a ra k a ti seh rg ar k am p irg a h am m a ’qul b o ‘lm aydi. 
Dangasaligi, kekkayganligi, q o ‘rs-qo‘polligi o ‘zining boshiga 
yetadi.
Bu yoshdagi bolalar ko‘chat ekish, uni parvarish qilishda 
kattalarga dastyor-ko‘makchi. K o‘pincha, o ‘zlari ham bog‘bon- 
chilik ishlariga berilib ketishadi. ,,D anak“ ertagidagi Bahromning 
bir dona danakni yerga ekib, uni ko‘kartirishi, u mevali 
daraxtga aylangunicha parvarish qilishi yosh kitobxonlarni ham 
ilhom lantiradi.
Bahrom ning danagi daraxtga aylanib, meva bera bosh- 
lagach, alvasti bolani yeb, daraxtga ega b o lib olish niyatida 
uni qopga solib, uyiga olib ketibdi.
Alvasti hovlisiga yetib kelibdi-da, qopini supaga q o ‘yibdi, 
qozonga yog1 solib, olov yoqibdi.
Bahrom qopni am allab teshib, oq terakning tepasiga chiqib 
olibdi. Alvasti kelib ko‘rsa, bola yo‘q.
— Bolaginam, qayerga ketding? — deb so‘rabdi u.
— M en bu yerdaman! — Bahrom terakning ustidan ovoz 
beribdi.
— Bolajonim, u yerga qanday chiqding?
— Tem irkurakni olovda qizdirib, ustiga o ‘tirdim . Kurak 
yuqoriga uchdi, qarasam , daraxt tepasida turibm an, — debdi 
Bahrom .
55


K am pir Bahrom aytgandek qilgan ekan, kuyib o lib d i.
Bahrom shunday qilib, o ‘zini ham , daraxtni ham alvas- 
tidan qutqarib qolibdi.
M ehnatkash xalq bechorahollik bilan hayot kechirgan, 
ko‘pincha, ochlik, yupunlik ularning bir um r ham rohi b o ‘l- 
gan. U zun tunlari bir-birlarini ovutish, ko‘ngillarini ko‘tarish 
m aqsadida ertaklar aytishgan. Xalq to ‘qigan ertaklarda unum li 
m eh n at qilish, farzand ro h atin i k o ‘rish, baxtiyor b o ‘lish, 
oliyjanoblik, ezgulik g‘oyalari yotadi. 0 ‘rni kelganda birdaniga 
katta boylikni q o ‘lga kiritib, el-yurtni, boy-badavlatlarni qoyil 
qoldirish m ehnatkash xalqning ezgu tilagi b o ‘lib kelgan. „O ltin 
tarvuz“ ertagi xuddi shunday o rzu -n iy at, oliy istak bilan 
to ‘qilgandir.
„O ltin tarv uz“ yosh kitobxonga ko‘p jih a td a n ibratli. 
U nda, eng avvalo, m ehnat u lu g lan ad i, dehqon o ‘z yeriga 
qayta-qayta ishlov beradi. Ikkinchidan, parranda-yu darrandaga 
g‘am xo‘rlik qilish g'oyasi ilgari suriladi. D ehqon laylakning 
m ajruh oyog‘iga taxtakach bog‘lab davolaydi. U chinchidan, 
ochk o‘z bo lm aslikk a d a’vat etiladi — dehqonning uyida hech 
vaqosi yo‘q. Laylakni so‘yib yeyishi m um kin edi, am m o u 
bu ishni qilmaydi.
Bir b o r e k a n , b ir y o ‘q e k a n , o ‘tg an z a m o n d a bir 
kam bag‘al dehqon b o ‘lgan ekan. U ning atigi b ir tanob yeri 
bo r ekan. D ehqon shu yerda kecha-kunduz tinm ay m ehnat 
qilib kun ko‘rar ekan. B ahor kelib qolibdi. D ehqon yer 
hayday boshlabdi. Yerni ikki m arta haydab b o ‘lib, yaqinidagi 
k atta soyning b o ‘yida salq in lab o ‘tirsa , o sm o n d a uchib 
ketayotgan bir laylak yerga qulab tushibdi. D ehqon qarasa, 
laylakning qanoti siniq ekan. D ehqon haligi laylakni darrov 
uyiga olib borib, siniq qanotiga taxtakach bog‘lab, bir qancha 
vaqt uni boqibdi. Laylak sog‘ayib, uchib ketibdi.
Laylakka qayta um r bag‘ishlagan dehqon biror narsadan 
um idvor emas. Shu m ajruh laylakni davolab, behisob boylikka 
ega bo‘lam an, degan fikr xayoliga ham kelmagan. Laylak tashlab 
ketgan urug‘ni ekib, unga ishlov berar ekan, oltin tarvuz 
yetishadi degan tushunchaning o ‘zi unda b o lm ag an .
D ehqon o ch k o ‘z em as, bir parcha nonni ham o ‘zgalar 
b ilan, q o ‘n i- q o ‘shni, o ‘ziga o ‘xshagan kam bag‘allar bilan 
b ah am k o ‘radi. S a b r-to q a t bilan ta rv u z lar o b d o n pishib 
yetilishini kutgan dehqonning „yaqin qarindoshlarini, oshna-
56


og‘aynilarini ham m ehm onga chaqirishi“ kitobxon bolalarda 
yaxshi taassurot qoldiradi.
D ehqon bir kuni tarvuzdan uchtasini uzib, uyiga olib 
ketibdi. Tarvuzlar jud a katta ekan. D ehqon o ‘zining yaqin 
qarindoshlarini va oshna-og ‘aynilarini m ehm onga chaqiribdi. 
Bir m ahal tarvuzga pichoq ursa, pichoq sira botm as emish. 
U n i q o ‘yib ik k in c h isin i s o ‘y m o q ch i b o ‘lib di, o ‘tm a b d i, 
uchinchisi ham shunday b o ‘libdi. D ehqon ham , m ehm onlar 
ham hayron b o ‘lishibdi. Yerga bir urib yorib qarasalar, ichi 
to ‘la tilla emish. Q olgan ikkitasini ham yorib ko‘rishibdi. 
U larning ham ichi tilla em ish. D ehqon sevinib ketib, ham - 
masini m ehm onlarga ulashibdi, ular ham xursand b o ‘lib, uy- 
uylariga tarqabdilar. U ch tup tarvuzning har biri o ‘ntadan 
solgan ekan. D ehqon 
qolgan tarvuzlarni ham yig‘ib olibdi. 
Shunday qilib kam bagbal dehqon jud a boyib ketibdi.
Xalq o ‘z ertagida voqeani yanada rivojlantirib, hayotiy 
ziddiyatlarni kuchaytirib tasvirlaydi. Kam bag‘allarning boyib 
ketishi, ko‘pincha, badavlat kishilarda hasad tug‘diradi.
E rtak d a ana sh u n d ay jirk a n c h o d am larn in g ashaddiy 
yovuzliklari, boylik va davlat deb qing‘ir ishlarga ham q o ‘l 
urishlari q o ‘shni — xasis boy obrazi orqali fosh etiladi.
D ehqon yaxshilik qilgani uch un behisob boylikka ega 
b o ‘lganini eshitgan boy, sog‘ laylakning oyog‘ini ataylab 
sindirib, davolaydi. U ham tarvuz u ru g in i boyning dalasiga 
tashlab ketadi. Biroq tarvuzdan oltin em as, balki qovog‘ari 
chiqib, ko‘pchilikni chaqadi.
Boyning halok b o ‘lishi yosh kitobxonda achinish hissini 
uyg‘otm aydi. Aksincha, tabiatga, qushlarga ziyon yetkazganligi, 
boylik ustiga b eh iso b boylikka erish ish u c h u n qasdd an 
laylakning oyog‘ini sindirganligi sababli bolalar uni qora- 
laydilar.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish