Ma’ruza matni



Download 1,74 Mb.
bet1/191
Sana09.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#487129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
Kitob (9)

1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIGA KIRISH



Reja:

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi




1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi


Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal, muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi.


Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi.




Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin.


Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:



  1. ishlab chiqarish jarayoni;

  2. taqsimlash jarayoni;

  3. ayirboshlash jarayoni;

  4. iste’mol qilish jarayoni.



Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi.


.
Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.




Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – go’sht, dehqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi.


Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi.


Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, o’simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy iste’mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo’ladi.




Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.


Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati ehtiyoj deb ataladi1.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish