Ma’ruza matni


YAIMning yillar davomida O’zbekistonda o’sish dinamikasi (foizlarda)



Download 1,74 Mb.
bet14/191
Sana09.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#487129
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
Bog'liq
Kitob (9)

YAIMning yillar davomida O’zbekistonda o’sish dinamikasi (foizlarda)

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

Yalpi ichki mahsulotning O’zbekistonda ishlab chiqarishning tarmoq tarkibi (%)



Ko’rsatkichlar

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2020

Sanoat

22,3

23,3

23,9

24

24

24,1

28,5

Qishloq xo’jaligi

19,4

18,2

17,5

17,5

17,5

17,4

28,2

Qurilish

5,6

5,8

6,5

6,1

5,9

6,4

7,0

Xizmatlar sohasi

42,8

43,1

42,9

43,8

44,4

43,9

36,3

Sof soliqlar

9,9

9,6

9,2

8,6

8,2

8,2

7,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.



Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari

  1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?

  2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.

  3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.

  4. Zaruriy va qo’shimcha mahsulot nima, qo’shimcha mahsulot normasi va massasi formulasini yozib tushuntiring.

  5. Qo’shilgan mehnat, qo’shilgan kapital va qo’shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering.

  6. So’nggi qo’shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi?



4-MAVZU. MULK, TOVAR VA PUL MUNOSABATLARI

Reja:

1. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va turlari.

2. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari

3. Tovar xo’jaligi va uning xususiyatlari

4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari

5. O’zbekistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari


1. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va turlari.


Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.


Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi10.


Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlarimulkchilik ob’ektlaridir11. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish