Ma’ruza matni


Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti



Download 1,74 Mb.
bet11/191
Sana09.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#487129
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   191
Bog'liq
Kitob (9)

Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub’ektning xatti-harkati uning xususiy manfaatiga asoslanadi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti.Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi:
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o’laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.


2. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi




Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. Bundan ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o’laroq, o’z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz.


Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.


Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.




Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo’lishi mumkin.




Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.


Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Ko’pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko’plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir.


Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo’q.





Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish