Ma’ruza matni



Download 1,74 Mb.
bet29/191
Sana09.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#487129
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   191
Bog'liq
Kitob (9)

Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko’rsatib berdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish22.

3. O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari


Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.

Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko’rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.


Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.


4. O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati


Dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o’tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga egaligi e’tirof etildi.
Bu bosqichda o’tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq quyidagi dolzarb va muhim vazifalar belgilanib, amalga oshirildi:
- eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish strategiyasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning mavjud tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo va insoniy salohiyatini xolisona va jiddiy baholagan holda, jahon xo’jalik aloqalari tizimida o’ziga munosib joy egallash maqsadiga erishish;
- Asosiy qomus – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish;
- davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan tizimiga barham berish, mustaqil O’zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishi asoslarini, avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish, markazda va joylarda vakolatli hokimiyat organlarining yaxlit tizimini tashkil etish;
- tub ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, jumladan: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari bo’lgan Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot, Davlat narx, Davlat agrosanoat va ko’plab tarmoq vazirliklarini tugatish, mahalliy hokimiyat organlarini qayta tashkil qilish – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini joriy etish. Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
- sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish;
- qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tartibini ta’minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
- mamlakatimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdan iborat strategik vazifani hal etish;
- bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mexanizmini ishga tushirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank tizimini shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish;
- kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;
- tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Ikkinchi bosqich 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olib, u Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri deb nomlandi. Ushbu davrda quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi hamda muhim vazifalar amalga oshirildi:
- o’tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob’ektiv zarurat bo’lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o’tishga erishish;
- mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
- davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, byudjet tashkilotlarini, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o’tkazilishi;
- sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo’yicha yangi konsepsiyaning hayotga tatbiq qilinishi va h.k.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish