Mavzu: Boshqaruv hisobini isloh qilishni nazariy va amaliy jihatlari



Download 197,55 Kb.
bet8/9
Sana13.01.2022
Hajmi197,55 Kb.
#355283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ish

T.r

Xo‘jalik yurituvchi

subyekt faoliyati sohalari

Mohiyati

1.

Texnik

Texnologik va texnik yo‘nalishda

2.

Tijorat

Xarid qilish, sotish va ayirboshlash

3.

Moliyaviy

Kapital izlash va undan samarali foydalanish

4.

Himoya

Shaxs va mulkni himoyalash

5.

Buxgalteriya

Inventarizatsiya, balans, xarajatlar, statistika va aktivlar hisobi

6.

Ma’muriy

Faqat shaxsiy tarkibga tegishli, materiallar va mexanizmlarga hech qanday aloqasi yo‘q
Fayol boshqarilishi zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini quyidagi 6 ta sohaga ajratadi:

:

Shu bilan birgalikda, A.Fayol boshqaruv tamoyillarini mutloq emas, balki ijodiy yondashuvni talab etadigan egiluvchan deb hisoblagan.



Deyarli barcha mualliflarning asarlarida uchraydigan umumlashgan boshqaruv funksiyalarini ular birinchi marta quidagicha guruhlashgan:

  • rejalashtirish;

  • ishlarni tashkil etish;

  • motivatsiya;

  • nazorat.

Olima Frolova D.A.ning «...boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobidan kengroq» - degan fikri e’tibor ga loyiqdir. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobi sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini u sodir bo’lgandan keyin qayd etish bilan shug’ullansa, boshqaruv hisobi uni avvaldan kuzatish, baholash, taxminlash, rejalashtirish kabi avvaldan bajariladigan funktsiyalarga ham egadir.

Boshqaruv hisobi ob’ektlarini esa quyidagi: hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash, me’yorlash, rejalashtirish, kalkulyatsiya, nazorat va tahlil usullari orqali o’rganish maqsadga muvofiqdir



Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobi sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini u sodir bo lgandan keyin qayd etish bilan  shug ullansa, boshqaruv hisobi uni avvaldan kuzatish, baholash, taxminlash, rejalashtirish kabi avvaldan bajariladigan funktsiyalarga ham egadir.  Boshqaruv va moliyaviy hisob o’rtasida, nazarimizda, ko pgina umumiylik bor, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi. Ushbu tizimi bo’limlaridan biri ham moliyaviy, ham boshqaruv hisobida zarur xarajatlar va daromadlar hisobi hisoblanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanadilar. Umumiy jihatlar mavjud bo lishiga qaramay, buxgalteriya hisobining bu ikki turining bir-biridan keskin farq qiluvchi xususiy tomonlari ham mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda bunday tafovutlarning ko plab farqlari keltiriladi.

Bozor munosabatlari sharoitida har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga majbur bo'ladi.

"Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda" (Cost-Volume-Profit) o'zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlarvamaslahatchilar korxona moliyaviy ahvolini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishi mumkin.

Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to'liq qoplash nuqtasi bo'lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.

Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga oid har bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxonaning moliyaviy ahvolida namoyon bo'ladi.

"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" quyidagi imkoniyatlarni beradi:

— ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;

— xarajat, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o'zaro bog'liqligi ta’siri natijasida xarajatning qanday o'zgarishi mumkinligini aniqlash;

— korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishlariga ko'maklashish;

— korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.

"Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlili tizimi nafaqat kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxona rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimida xarajat, ishlab chiqarish jarayoni va moliyaviy natijalar bogliqligiga ta ’sir etuvchi turli xil omillar o'rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o'zgaruvchan va doimiy xarajat, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qaror qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.

CVP-tahlili marjinal daromad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning marjinal zaxirasi kabi asosiy elementlardan iborat.

M arjinal daromad korxonalarda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olinadigan tushum va ulami ishlab chiqarish tannarxi summasi o'rtasidagi tafovutni ifodalaydi.

Doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisoblash uchun korxonalarda marjinal daromad hajmi va koeffitsienti ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.

Maijinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlami qoplash va foyda olishga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Uni hisoblashning ikki usuli mavjud:

— birinchi usulda mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan barcha o'zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlanadi;

  • ikkinchi usulda esa maijinal daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.

Maijinal daromadning o'rtacha hajmi deganda, mahsulot bahosi bilan o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar o'rtasidagi tafovut tushuniladi. Bu ko'rsatkich mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan doimiy xarajatlarni qoplashga qo'shilgan hissa va olingan foydani aks ettiradi.

Maijinal daromad koeffitsienti mahsulot sotishdan olingan tushumdagi maijinal daromadning ulushi yoki tovar bahosidagi maijinal daromadning o'rtacha ulushini ifodalaydi.

Rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotida CVP - tahlilini o'tkazishning bir qancha usullaridan foydalaniladi. Ular ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zararsizlik nuqtasini aniqlash va unga ta ’sir etadigan omillarni hisoblash uchun ko'plab formulalar qo'llaniladi. Shu bilan birga, amaliyotning o'zi ham shunday har tomonlama qulay formulani qo'llashni talab etadiki, u CVP


  • tahlilini tashkil etuvchi barcha baholarning o'zaro aloqadorligini ta ’minlash va ancha oddiy yo'l bilan har bir omilning ta ’sirini aniqlashga imkon tug'dirishi lozim. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

X.+F XH+F Mf=— — =— —


d m uz
f M„ В - X

bu erda,

Mf— mahsulot hajmi;

Xd— doimiy xarajatlar summasi; F — foyda summasi;

Mb — marjinal daromadning mahsulot birligiga to'g'ri keladigan

summasi;


Bm— mahsulot birligi bahosi;

Хцг— o'zgaruvchan xarajatlaming mahsulot birligiga to'g'ri keladigan summasi.

Boshqaruv hisobining yana bir tamoyili rejalashtirish va hisoblashda yagona o‘lchov birliklarini ishlatish bo‘lib, bu tamoyil rejalashtirish va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarama-qarshi aloqani ta’minlaydi.

Reja-hisob birliklari turli darajadagi operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimining mohiyatini ochib beradi; ular yordamida xarajatlarning buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligiga va ayrim tarkibiy tuzilmalar xo‘jalik yuritish natijalarini aniqlashga asoslangan hisob tizimi metodoligiyasini ishlab chiqish uchun real sharoit yaratiladi.

Ishlab chiqarishni operativ (tezkor) rejalashtirishninng turli darajalarida ishlatiladigan hisob birliklari yoki juda yiriklashtiriladi, yoki aksincha, juda detallashtiriladi. Detallashtirish jarayoni asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi yirik birliklardan (mahsulot ishlab chiqarish buyurtmasi, mahsulotlar seriyasi, nomlanishi va sh.k.) sexlar, uchastka, brigadalar darajasidagi kichikroq birliklar (ehtiyot qism, operatsiyalar majmuasi, mashinokomplekt, murakkab mexanizm komplekti, brigada komplekti va h.k.)ga o‘tish tamoyili o‘rin olgan.


Shuni ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi reja-hisob birliklari va omborga topshirilgan tayyor mahsulotning o‘lchov birliklari bir xil bo‘ladi. Shu tufayli, ular orqali bajarilgan buyurtmalarning boshqaruv va moliyaviy hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi. Shu bilan birga, boshqaruv obyektlari bo‘yicha, hoh u mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanishi bo‘lsin, hoh ishlab chiqarish buyurtmalari yoki tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha bo‘lsin, u yoki bu ko‘rinishdagi ma’lumotlarni guruhlash mumkinligini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi reja-hisob birliklari kalkulyatsiya obyektlari bilan bir-biriga mos tushadi yoki uning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Tarkibiy tuzilmalar darajasidagi reja-hisob birliklari xarajatlar hisobi obyektlarini tanlashda foydalanishi mumkin.



Xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘linmalari faoliyati natijalarini baholash – boshqaruv hisobi tizimi tuzilishining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasidagi tafovut va farqlarga qaramasdan boshqaruv hisobi operativ (tezkor) ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Rejalashtirish va nazorat tizimi bilan birgalikda boshqaruv hisobi sexlar, uchastka, brigadalarda xo‘jalik yuritish mexanizmini o‘zida aks ettiradi. Faoliyat natijalarining baholanishi ishlab chiqarishdan tortib, to uni sotishgacha bo‘lgan jarayonda har bir bo‘linma tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasini shakllanishidagi yo‘nalish va istiqbolni aniqlab beradi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyati mexanizmi bo‘linmalar hamda ular orasidagi operativ (tezkor) boshqarish talablariga mos bo‘lishi kerak.

Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonida ketma-ketlik va ko‘p marotaba foydalanish tamoyili hisob tizimini soddalashtiradi va uning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Operativ (tezkor) boshqarishda boshqaruv hisobi ma’lumotlari buxgalteriya ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi. O‘z navbatida, moliyaviy hisob ma’lumotlari boshqaruv hisobidan keladigan ma’lumotlar bilan detallashtiriladi va to‘ldiriladi. Ayrim hollarda uni komplektlilik (rasolik) tamoyili deb ham yuritiladi. Tamoyilning mohiyati birlamchi hujjatlardagi yoki ishlab chiqish hisob-kitoblaridagi ma’lumotlar bir martalik qayd qilish bilan ifodalanadi va qaytadan qayd qilmasdan, ro‘yxatga olmasdan yoki hisob-kitob qilmasdan barcha turdagi boshqaruv faoliyatida ko‘p marotaba ishlatiladi.

Ushbu tamoyil xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish o‘lchamlari va ko‘lamlaridan kelib chiqib, hisobning ratsional va iqtisodiy tizimini shakllantirishga sharoit yaratib beradi. Undan foydalanish esa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun minimal hajmdagi ma’lumotlardan maksimal ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Ana shunda boshqaruv hisobi o‘zining funksiyalarini (vazifalarini) to‘la-to‘kis bajargan bo‘ladi.

Boshqaruv hisobi birlamchi hisob ma’lumotlari asosida ichki hisobot ko‘rsatkichlarini shunday shakllantirish qobiliyatiga egaki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi muloqotlar tizimi bo‘lib yuzaga chiqadi. Dastlab, birlamchi hujjatlar, asosiy va yordamchi sexlarning hisobotlarida hisob ma’lumotlari vujudga keladi; birinchi darajada ta’minot bo‘limi, tashqi kooperatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalari, sotish va moliya bo‘limi, buxgalteriya, ombor xo‘jaligining yig‘ma hujjatlaridagi ma’lumotlar guruhlanadi; keyingi darajalarda esa, xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning funksional bo‘limlari (bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, xodimlar bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi va h.k.)da yig‘ma hujjatlar hisoboti birlashtiriladi va shakllantiriladi.

Eng yuqori darajada esa, tarkibiy bo‘linmalardan olingan yig‘ma ma’lumotlar umumlashtirilishi va uning yakuniy natijasi sifatida ishlab chiqarish-dispetcherlik, reja- iqtisod va buxgalteriya bo‘limlarining hisobot hujjatlarida qayta o‘zgartirilishi amalga oshadi. Hisobotlar tarkibi ulardan maqsadli ravishda foydalanishga yoki rahbarning lavozimiga bevosita bog‘liq. Buxgalterlar quyidagi hisobot shakllarini tuzadilar: mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida tannarx tahlili bo‘yicha hisobotlar; kelgusi xarajatlarni rejalashtirish uchun smetalar; bajarilgan ishlar natijalarini baholash uchun ishlab chiqarish bo‘linmalarining joriy operativ (tezkor) hisobotlari; operativ (tezkor) qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar hisobotlari; shuningdek uzoq muddatli rejalashtirish va istiqbolni belgilash uchun kapital quyilmalar smetalari tahlilini amalga oshiradilar.

Shunday qilib, tizim ma’lumotlarning to‘liqligi va tahliliyligi tamoyiliga javob berishi lozim. Hisobotlarda aks etgan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha tahliliy qayta ishlov berishni talab qilmasligi, jarayonlar sinteziga (boshqaruvning past darajasidan yuqori darajasigacha) teskari bo‘lmasligi, balki tahlil uchun qulay qilib berilishi kerak. Ushbu tamoyilning buzilishi boshqaruv tizimining qimmatlashuviga va tezkorlikning yo‘qolishiga olib keladi.

Davriylik tamoyili boshqaruv hisobi tizimi tuzilishida zarur komponent bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tijorat sikllarini ifoda etadi. Rahbarlar uchun ma’lumotlar maqbul paytda – oldin ham emas, keyin ham emas, ya’ni zarur bo‘lgan vaqtda va davriy tarzda berib borilishi kerak. Vaqtning qisqarishi boshqaruv hisobi tomonidan tayyorlangan ma’lumotning aniqligini kamaytiradi. Odatda, boshqaruv apparati birlamchi ma’lumotlarning yig‘ilishi, ularning qayta ishlanishi va yakuniy ma’lumotda guruhlanishi grafigini belgilab beradi.

Xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet (smeta) usulini qo‘llash tamoyili alohida ahamiyatga kasb etadi. U yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejalashtirish, nazorat qilish va tartibga solish quroli sifatida foydalaniladi. Byudjet sikli bo‘linmalar, barcha faoliyat turlarini rejalashtirish jarayonidan; jamoaning barcha loyihaviy qarorlarining yig‘indisidan; byudjet loyihasi hisob-kitobidan; rejani hisoblash variantlari va ulardagi o‘zgarishlardan; yakuniy rejalashtirish hamda sharoitning o‘zgarishi va rejadan og‘ishlar hisobidan tashkil topadi.

Byudjet ishlab chiqarish, savdo, taqsimlash va moliyalashtirishni o‘zida mujassam etadi. Byudjetda xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha ishlab chiqarish va uning bo‘linmalari xarajatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari va uning bo‘linmalari daromadlari, foyda ko‘rsatkichlari o‘z aksini topadi.

Byudjetlashtirish, xarajatlar smetalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar alohida boblarda beriladi.




Download 197,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish