Mavzu: dori allergiyasi



Download 3,6 Mb.
bet9/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

Gemodinamik turi. Bunda yurak qon-tomir tizimidagi buzilishlar boshqalardan ustunlik qiladi: yurak sohasida og’riqlar, qon bosimining pasayshi, terida mikrotsirkulyatsiyaning (qon aylanishi) buzilishi (ranglari oqarib yoki qizarib ketish), tomir urishi maqomi buzilishi kuzatiladi. Yurak qon-tomir tizimidagi o’tkir yetishmovchilik yetakchi belgi bo’lib hisoblanadi, u ko’pincha yurakning ishemik kasalligi yoki miokard infarkti bilan qo’shilib keladi.
Serebral turi. Bu hollarda markaziy asab tizimidagi buzilishlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatiladi. Bemorlarda o’limdan qo’rqish hissi yaqqol ko’rinib turadi, talvasa, nafas olish va chiqarishdagi buzilishlar, miya shishi belgilari qayd etiladi. Shokni keyinchalik rivojlanishi oqibatida nafas va yurak faoliyatini to’xtab qolishi, meningial belgilari va hushini yo’qotish holatlari yuz berishi mumkin.
Asfiksik (bo’g’ilish) turi. Bemorlarda xiqildoq, o’pka shishi va bronxospazm (bronxlardagi siqilishlar) paydo bo’ladi.
Abdominal turi. Bunda ko’ngil aynashi, qayt qilish, oshqozon sohasida og’riqlar bo’lib ko’pincha "o’tkir qorin" belgilarini yolg’ondan namoyish qiladi. Hatto ichak tutilishi, axlat bilan qon kelishi ham kuzatilishi mumkin. Ayollarda qindan qonga o’xshash oqmalar, tuxumdon va bachadon yo’llari sohalarida og’riq qayd etiladi. Shoklarning alohida turlari juda kam uchraydi, ko’proq ular birgalikda uchraydi. Kechish tezligiga qarab yashin tezligida kechadigan, qaytalanadigan va abortiv (hamma belgilarisiz tez tugaydigan) shoklar farqlanadi. Yashin tezligida kechadigan turlarida, hayot uchun muhim a’zolarning zararlanishi bilan bog’liq bo’lgan o’lim hollari odatda shokning birinchi daqiqalarida yoki soatlarida yuz beradi. Abortiv shokning klinik belgilarida birdaniga tuzalish bo’ladi va klinik sog’ayish yuzaga keladi. Qaytalanuvchi kechishda esa klinik sog’ayishdan bir necha soat keyin shok yanada og’ir kechishda qaytalanishi mumkin. Anafilaktik shokning kechishi og’irligiga karab uch bosqichga bo’linadi. Yengil bosqich - ikki daqiqadan ikki soatgacha davom etadi. Bunda teri qizarishi, tomoq qurishi, burundan nazla kelishi, bosh aylanishi, bosh og’rig’i, qon bosimi ko’tarilishi, yurakning tez-tez urishi, holsizlik kuzatiladi.
Shokning o’rtacha og’irlikda kechadigan bosqichida toksikodermiya, Kvinke shishi, kon’yunktivit, stomatit, yurak tez urishi, yurak sohalarida og’riq, tomir urish maqomining buzilishi, qon bosimining pasayishi, holsizlik va bosh aylanishi, ko’rishning buzilishi, qo’zg’alish holati, o’limdan qo’rqish xissi, teri rangining oqarib ketishi, sovuq ter chiqishi, eshitishni pasayishi, quloq shang’illashi, oshqozon-ichak yo’li, bronxlar, buyraklar tomonidan buzilishlar bilan tavsiflanadi. Shokning og’ir bosqichi - kollaps (rang oqarib ketishi, sianoz, tomirning ipsimon urishi, qon bosimining pasayishi, koma (chuqur uyqu) holati, xushdan ketish, ko’z qorachiqlarining kengayishi, yurak va nafas faoliyatlarining to’xtashi bilan tavsiflanadi.
Anafilaktik shokning oqibati shifokorning qanchalik malakali mutaxassis ekanligiga, davolash ishlarini o’z vaqtida boshlashiga va bemorning hayoti uchun muhim hisoblangan a’zolarning holatiga bog’liq. Turli mutaxassislarning ko’rsatishicha o’lim hollari 15 %dan 40 %gacha uchraydi. Noto’g’ri davolashda esa bundan ham ko’p bo’lishi mumkin.
Shokning rivojlanish mexanizmi asosida qonni qayta taqsimlanishida o’zgarish yotadi. Uni bir joyda to’planib qolishi, ichki a’zolar shishishi, sirroz va shilliq qavatlarga qon quyilishi, o’tkir emfizema yuz beradi. Bu o’zgarishlarning hammasi silliq mushaklar siqilishi, tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi, shilliq pardalarning shishishi, tomirlardagi eritrotsitlar ekssudatsiyasi (atrofidagi to’qimalarga chiqish) va aggregatsiyasi bilan birga qo’shilib keladi. Yorib ko’rilganda bunday bemorlarda ichki a’zolarda, qorin bo’shlig’ida qon to’lib qolishi, bosh miya va uzunchoq miya po’stloq osti qismlari neyronlarida o’zgarishlar kuzatiladi. Plevraga, endokard, buyrak usti bezlari oshqozon va ichak shilliq qavatlariga qon quyilish hollari aniqlanadi.
Bu o’zgarishlar jigar yallig’lanishining morfologik manzarasi (jigardagi chirigan sohalar bilan) glomerulonefrit va o’pka emfizemasi bilan birga qo’shilib keladi.


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish