Mavzu: dori allergiyasi


Og’iz bushlig’ida ko’p shaklli ekssudativ eritema



Download 3,6 Mb.
bet6/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

Og’iz bushlig’ida ko’p shaklli ekssudativ eritema ayniqsa lablarda tarqalgan yoki chegaralangan shishli eritemaning birdaniga paydo bo’lishi bilan boshlanadi. 1-2 kundan so’ng ushbu fonda 2-3 kun saqlanuvchi pufaklar hosil buladi, keyin ular yoriladi va ularning o’rnida juda og’riqli eroziyalar xosil bo’ladi, ular birlashib yaxlit eroziv o’choqlarga o’tishi mumkin, bazan og’iz bushlig’i va lablarning ko’p qismini egallaydi. Eroziyalar fibrinoz qarash bilan qoplanadi. Shikastlangan o’choq yuzasidan karash olib tashlanganda konab turadigan yuza ochiladi. Pufak yorilganning dastlabki kunlarida bazi eroziyalar chetida fukak tomi qoldiqlari hisoblangan epiteliyning kulrang – oqish bo’laklarini kurish mumkin. Nikolskiy simptomi esa bu xolatda kuzatilmaydi!
Bazi bemorlarda ko’p shaklli ekssudativ eritema xuruji faqat yagona chegaralangan kam og’riqli bilan birga namoyon bo’ladi. Lablar qizil hoshiyasida joylashgan eroziyalar yuzasida og’izning ochilishini qiyinlashtiruvchi qonli qatqaloqlar xosil bo’ladi. Qatqaloqlar ikkilamchi infektsiyaning qushilishi xisobiga kir-kulrang rangga kiradi. Bu shaklda og’iz shilliq qavatida ko’pincha tashqi o’zgarmagan fonda pufaklar paydo bo’ladi, ularning o’rnida xosil bo’lgan eroziyalar juda sekinlik bilan bitadi. Bazan yallig’lanish jarayonlari kechroq, pufak yorilgandan so’ng qo’shiladi. og’iz bushlig’ining shikastlanishi genitaliy va orqa chiqaruv teshigi atrofida toshmalar toshishi bilan birga uchraydi.
Ko’p shaklli ekssudativ eritemaning toksik-allergik shakliga retsidivlikka, mavsumiylik xos emas, odatda uning rivojlanishiga umumiy simptomlar sabab buladi. Bazan bu simptomlar , yani ko’pincha xaroratli reaksiya ko’rinishidagi simptomlar kasallikning turlicha ko’rinishida toshmalarning paydo bulishi bilan birga namoyon buladi. Ko’p shaklli ekssudativ eritemaning toksik-allergik shaklining yuzaga kelishi , uning retsidiv darajasi bemorning etiologik omil bilan aloqasiga bog’lik. Etiologik omilning xarakteri va organizm immun tizimi xolati retsidivning kechishi davomiyligi va har birini shikastlanish og’irligini belgilab beradi. Shilliq qavatlarning shikastlanishi bilan namoyon buladigan ko’p shaklli ekssudativ eritemaning klassik tipi xam epitelial, ham biriktiruvchi tuqimali qavat o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bazi xollarda asosan epitelial qavatda nekroz ko’rinishida o’zgarishlar kuzatiladi, boshqa xollarda – biriktiruvchi to’qimali qavatda pufak hosil bo’lishi bilan yaqqol namoyon bo’luvchi shish ko’rinishida kuzatiladi. Shilliq qavatda tarkibi neytrofil va eozinofil granulotsitlardan tashkil topgan mononuklearlardan iborat bulgan perivaskulyar infiltratlar xosil buladi. So’rg’ich qavatda shish paydo bo’lishi mumkin. Tikanaksimon qavat xujayralarida – distrofiya, bazi joylarida epidermotsitlarning nekrotik o’zgarishlari, bazi xollarda infiltrat xujayralari epitelial qavatga singadi va epiderma ichi pufaklarni xosil qiladi. So’rg’ichsimon qavatda yuza tomirlar atrofida sust namoyon bo’lgan infiltratsiya, nekroz ko’rinishli epiteliy soxalari. Shikastlangan xujayralar yadrolarining lizitsi natijasida yaxlit gomogen massaga aylanadi. Eroziya tubidan bosma surtma yoki o’tkir nospetsifik yallig’laninsh jarayoniga mos keladi. Ko’p xollarda yagona o’zgarmagan segment yadroli neytrofillar yoki bazi soxalarda ularning to’plami ( kasallik uzoq davom etganda ularning ko’p qismi parchalanadi, ayrimlari o’z ko’rinishini saqlab qoladi) va limfotsitlar uchraydi.
Ko’p shaklli ekssudativ eritemaga retsidivlanib kechish xarakterli. Retsidivlar odatda bahor va kuz oylarida yuzaga keladi. Kam hollarda kasallik persistirlanib kechadi, bunda toshmalar deyarli uzluksiz bir necha oy va xatto yillar davomida retsidivlanadi. KShEE ning toksik- allergik shaklida toshmalar tarqalgan xarakterda bulishi mumkin. Kelib chiqishi dori vositalarga yuqori sezuvchanlik bo’lgan ko’p shaklli ekssudativ eritemaning toksik –allergik shaklida toshmalarning eng ko’p joylashadigan soxasi og’iz bo’shligi shilliq qavati hisoblanadi. Kasallik retsidivlarida toshmalar kasallikning avvalgi retsidivlvri soxalarida toshadi , bir vaqtda toshmalar boshqa soxalarga xam uchrashi mumkin.
Klinikasi. Ko’p shaklli ekssudativ eritema o’tkir kechishi va faslga bog’liqligi (asosan bahor va kuzda uchraydi), shuningdek polimorf toshmalari xamda tez-tez qaytalanib turishi bilan ifodalanadi. Toshmalar dastlab qo’l va oyoqning tashqi yuzasida paydo bo’lib, asta-sekin tananing boshqa sohalariga tarqaladi. Ko’pincha og’iz va jinsiy a’zolar shilliq qavati ham zararlanadi. Birlamchi elementlardan eritematoz dog’lar, "ekssudativ" tuguncha, pufak, pufakcha va qavarchiqlar kuzatilishi mumkin. Aksariyat kasallik giperemiyali shishgan dog’lar yoki tezda kattalashib ketadigan tugunchalar bilan boshlanadi.
Elementlar periferiya tomon kattalashib borishi va o’rtasida chuqurcha hosil bo’lishi mumkin. Elementlarning atrofi pushti-qizil, markazi esa ko’kimtir binafsha rangda bo’ladi.
Pufakli elementlar ichida seroz, ba’zida esa gemorragik suyuqlik tutadi. Pufaklarning po’sti tez yoriladi va bezillab turadigan eroziyalar hosil bo’ladi, ularning usti gemorragik va sarg’ish-kulrang po’st bilan qoplanadi. Toshmalarning polimorfligi kasallikning asosiy belgisi bo’lib, shuning uchun ham dermatoz ko’p shaklli eritema deb yuritiladi, ba’zan toshmalar oldidan bemorning issig’i chiqadi, darmoni quriydi, eti uvushadi, boshi, tomog’i va bo’g’imlari og’riydi. Bemor davolanmasa yoki davo choralari yetarli darajada bo’lmasa, ko’p shaklli ekssudativ eritema Stivens-Jonson yoki Layell sindromiga o’tishi mumkin.


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish