Mavzu: dori allergiyasi


Teri qavatida rivojlanadigan dori allergiyasining



Download 3,6 Mb.
bet5/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

Teri qavatida rivojlanadigan dori allergiyasining
klinik ko’rinishlari
O’tkir eshakemi birdan bemor terisiga qavarchiqlar toshishi va kuchli qichishishi bilan boshlanadi. Qavarchiqlar teri damidan ko’tarilib turadi va pushti-qizil rangda, shakli yumaloq yoki cho’zinchoq bo’lishi mumkin. Ba’zan ular bir-biri bilan qo’shilib har xil shaklga kiradi. Bunda bemorning umumiy ahvoli o’zgaradi, tana harorati ko’tariladi, darmonsizlik, me’da-ichak faoliyatining buzilishi, "eshakemli lixoradka" kuzatiladi. Eshakem badanning turli qismiga toshishi mumkin. Toshmalar ko’pincha xiqildoq, halqum va boshqa soha shilliq qavatlarida ham paydo bo’lishi mumkin. Bunda shu joylar shishib, nafas olish va yutish qiyinlashadi. Bir necha soatdan keyin eshakem batamom yo’qoladi, ba’zan qaytalanib turadi.
Kvinkening o’tkir chegaralangan shishi (angionevrotik shish) - o’tkir eshakemning bir turi bo’lib, terida (yoki shilliq qavatda), teri osti kletchatkasida yoki jinsiy a’zolarda chegaralangan shish paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Teri dag’al, oqish yoki pushti rangda bo’ladi. Bemorlar qichishishga shikoyat qilmasliklari ham mumkin. Bu ko’pincha oddiy eshakem bilan birga kechadi. Kvinkening chegaralangan shishi xavfliroq bo’lib, uning hiqildoqdagi toshmalari stenoz yoki asfiksiyaga sabab bo’lishi mumkin.


Ko’p shaklli ekssudativ eritema
Kasallikka xos toshmalar ko’pincha sulfanilamid, amidopirin, barbiturat, tetratsiklin va boshqa dori-darmonlarni qabul qilingandan so’ng toshadi. Kasallikning asosida toksikoallergik reaksiya yotadi.
Kasallik teri qatlamlaridan polimorf toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Dastlab ular odatda qo’l va oyoq panjasi orqa yuzasi, bilak, boldir terisida, kam hollarda – yuz, buyin, gavda soxalarda joylashadi, bazan bu soxalarni tuliq egallaydi. Qizil, kukimtir qizil, aniq chegarali dog’lar paydo buladi. Ularning o’lchamlari olcha danagi kattaligidan tanga kattaligigacha buladi. Ko’pincha dumaloq shaklda buladi. Markaziy qismi shishgan, ko’tarilgan. Ular tezda pufakka aylanadi. Odatda dog’lar bilan bir vaqtda dumaloq, shishgan, ko’pincha turg’un qizil rangli, kam xollarda och pushti rangli papulalar xosil bo’ladi. Papulalar yuzasida seroz, bazan gemorragik suyuqlikli pufaklar yuzaga kelishi mumkin. Papulalarning markaziy qismi kupincha asta-sekin botadi va kukimtir yoki ko’kimtir –siyohrang tusga kiradi. Papula periferiyasi tomon toboro o’sib qalinlashadi, natijada och qizil rangli gultoj xosil buladi. Papulalarning bunday evolyuttsiyasi tufayli xosil bulgan element kontsentrik figura ko’rinishiga ega buladi, bunda markazdagi ko’kimtir- siyohrang tus chetiga och qizil ( o’tkir yalliglanishli) tusga asta- sekinlik bilan utadi. Elementlar markazida xosil bulgan pufaklarning suyuqligi va tomi kuriganda qoramtir qatqaloq xosil bo’ladi. Ko’p shaklli eksudativ eritema kechish og’irligi asosan og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining shikastlanishiga asoslanadi. Og’izdagi jarayon ko’pincha lablarda, og’iz bo’shlig’i tubida, og’iz bo’shlig’i daxlizida, lunj va tanglayda joylashadi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish