Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo`lgan resurslarni qo`llagan holda eng yuqoriishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo`lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko`rsatadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan sanitariya-sog`lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariya-gigiyena normalariga bekamu-ko`st rioya qilish, ishchi-xizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazoning gigiyena talablari darajasida bo`lishini ta’minlash masalalari bilan shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |