Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari Reja: Kirish



Download 135,73 Kb.
bet1/8
Sana01.07.2022
Hajmi135,73 Kb.
#725277
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya bozori durdona.docx1111


Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari - xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari
Reja:
Kirish
1. Moliya bozorida Islom sarmoyasi instrumentlarining mohiyati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
2. Islomiy moliyalashtirish instrumentlarining rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari tahlili
3. O’zbekistonda islom sarmoyasi instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda Islomiy moliya tarmogʻi jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʻzida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Koʻpgina mutaxassis-ekspertlarning fikriga koʻra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yildan-yilga 15–20% ga oʻsib bormoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat boʻlgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb va talabgir hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida soʻzlagan nutqida “Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʻgʻri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning xalqaro savdoiqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʻllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot koʻrsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos boʻlib xizmat qiladi”, – deya taʼkidlab oʻtgan edi.
О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida soʻzlagan nutqida “Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan toʻgʻri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning xalqaro savdo iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yoʻllarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot koʻrsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos boʻlib xizmat qiladi”, – deya taʼkidlab oʻtgan edi1. Musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va kompaniyalar mablagʻlarini Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, yaʼni anʼanaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan islom moliyasi tizimi yurtimizda ham katta qiziqish orttirmoqda. Oxirgi yillarda, ayniqsa pandemiya davrida butun dunyoda islom moliyasi mahsulotlari o`z qiymatini tushurmasdan, tinimsiz rivojlanishga erishdi. Shu bilan Butun dunyo hamjamiyatida etiborni o`ziga qarata oldi. Islom moliya bozoro tovarlari ham yuksalishga erishdi. Juda ko`plab musulmon va musulmon bo`lmagan mamlakatlarda ham islom qimmatli qog`ozlari suquqlar muomalaga chiqarilishi boshlandi. O`z navbatida Islom banklarining ham bu borada ishlari ancha oldinga siljib, yildan yilga aktivlar qiymati oshib bormoqda. Bizning yurtimizda ham islom moliyasini rivojlantirish borasida ishlar ancha ilgari boshlangan va ayni damda muvaffaqqiyatli davom etmoqda.

Download 135,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish