Mavzu: Islom sarmoyasi instrumentlari xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari Reja: Kirish


-rasm. 2015-2019 yillar davomida dunyo miqyosida sukuklarning chiqarilishi, mlrd AQSH dollarida.9



Download 135,73 Kb.
bet7/8
Sana01.07.2022
Hajmi135,73 Kb.
#725277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya bozori durdona.docx1111

5-rasm. 2015-2019 yillar davomida dunyo miqyosida sukuklarning chiqarilishi, mlrd AQSH dollarida.9
Yuqoridagi rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘nggi besh yil ichida sukuklar bozori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2019-yil eng yuqori darajani ko‘rsatdi. 2017-yil xalqaro sukuklarning emissiyasi 37.648 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bir oz pasayganligini ko‘rishimiz mumkin. 2019-yil xalqaro sukuklar joylashtirilishi 38.476 mlrd AQSH dollardan iborat bo‘ldi. Bu esa 2018-yilga nisbatan 5.49 mlrd AQSH dollarga ya’ni 16.63 foizga o‘sgan. Mahalliy sukuklarning emissiyasi 2018-yilda 90.162 mlrd AQSH dollar, 2019-yilda esa 107.226 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, keskin o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
2019-yili emissiya qilingan mahalliy sukuklarni 54.00 mlrd AQSH dollari Malayziya ulushiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni 18.90 mlrd AQSH dollari, Indoneziya 17.30 mlrd AQSH dollar, Turkiya 8.80 mlrd AQSH dollarlik mahalliy sukuklarni joylashtirdi.
Islom moliya institutlarining buxgalteriya hisobi va auditorlik tashkilotlari (AAOIFI) tomonidan sukuklarning 14 turi tan olingan bo‘lib, ular ichida “sukuk-ijara” turi keng tarqalgan. Sukukning ijara turi o'z egalariga mulkka
egalik qilish huquqini beruvchi erkin muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardir. Bu
turdagi moliyaviy instrumentning ikkilamchi bozorda erkin aylanishi ularni yanada
ommalashishiga xizmat qildi.

3. O’zbekistonda islom sarmoyasi instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish istiqbollari
Oʻzbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyi halarni amalga oshirish 2004-yildan boshlangan va bu Oʻzbekistonning 2003-yil sentyabrda Islom taraqqiyot ban kining aʼzoligiga qoʻshilishi bilan bogʻliq. 2004-yilda Is lom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sogʻliqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “ija ra” va “murobaha” shartnomalaridan foydalanilgan. Biroq ITB Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlagan va bu aʼzo boʻlmagan davlatlarning mu sulmon jamoalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi orqali grant loyihalarni amalga oshirishda namoyon boʻlgan. Islomiy moliyalashtirish haqida soʻz ketganda XSRIK10 tomonidan 2010-yil Toshkentda tashkil etilgan Taiba Leasing xorijiy korxonasini eslab oʻtish joiz. Mazkur lizing kom paniyasi Oʻzbekistonda toʻliq shariatga mos ravishda ijara (li zing) xizmatlarini yuridik shaxslarga taqdim etib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 mart 2019 yildagi 4224-sonli “Islom Taraqqiyot Banki guruhi va Arab Muvofiqlashtirish guruhi fondi bilan yanada kengaytirish” to’g’risidagi Qarori mamlakatda Islom moliyasini joriy etishda hukumatning tayyor ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, Prezidentning 2020 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “Islomiy moliyaviy xizmatlarning huquqiy asoslarini ishlab chiqish vaqti keldi. Islom Taraqqiyot Banki guruhi va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlardan mutaxassislar jalb etiladi” deb aytib o’tdi. Natijada, Islom Taraqqiyot Banki guruhining 46-yillik Anjumani 2021 yil 1-4 sentabr kunlari Toshkentda o’tkazilganligi ham bejiz emas. Ushbu anjuman davomida Islom Taraqqiyot Banki O’zbekiston hukumatiga “Islom moliyasining huquqiy asoslari”ni ishlab chiqish uchun grant ajratdi.
O’zbekistonda Islom moliyasini joriy etish va uning foydalari:

  • Xorijdan kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish va diversifikatsiyalash;

  • Bank tarmog’ida halol va shaffof raqobat muhitini yaratish hamda bank tizimi aktivlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini yaratish;

  • Aholi va biznes vakillari ixtiyorida bo’lgan bo’sh pul mablag’larini iqtisodiyot rivojlanishida maksimal ishtirokini ta’minlash;

  • Mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish va diversifikatsiyalsh;

  • Ko’plab yangi ish o’rinlari yaratish;

  • Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali, moliya bozoridagi faolligini oshirish;

  • Islom moliya xizmatlari industriyasini rivojlantirish orqali mamlakatda infratuzilmani muvofiqlashtirish va yangilash;

  • Yangi moliyaviy muassasalar tashkil qilish;

  • Kambag’allikka qarshi kurashish davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo’shish;

  • Yangi yo’nalishda kadrlar tayyorlash.

Xalqaro Islom Moliya Bozori (IIFM) yillik hisobotlariga ko‘ra, global sukuk
emissiyasi 2017-yilda 116.7 mlrd AQSh dollarini, 2018-yil 123.2 mlrd AQSh
dollarini tashkil etdi va o‘sish darajasi 5.5 foizni ko‘rsatdi. 2019-yil yakunlari
bo‘yicha esa sukukning birlamchi bozorga chiqarilishi 145.70 milliard AQSh
dollariga teng bo‘ldi va 2018-yilga nisbatan 18.32 foizga oshdi [8]. Bu esa so‘ngi
o‘n yil ichidagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston moliya bozorini xususan, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga, shuningdek, xalqaro fond birjalarida o‘z pozitsiyasini egallashga harakat qilmoqda.
2018-yil O'zbekiston tarixida birinchi marta “Hamkorbank” va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) London fond birjasida obligatsiya joylashtirishdi. Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O‘zbekistondagi dastlabki bitim bo‘ldi.
2019-yilda O‘zbekiston ilk marotaba 1 milliard dollarlik qoplash muddati 2024 va 2029 yillar etib belgilangan yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyotli joylashtirdi.
“Islom moliyasi” va “Islom iqtisodiyoti” tushunchalari o‘tgan asrning 50-yillarida muomilaga kirib kela boshladi. Birinchi marta bu atama hind iqtisodchisi Abul A'lo Mavdudiy tomonidan foydalanildi. Bu borada dastlabki ilmiy ishlar, ilmiy izlanishlar Hindiston, Pokiston va Misrda olib borildi. 1975-yilda “Islom taraqqiyot banki” va “Dubay islom banki” birinchi islom banklari sifatida tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasi bo‘yicha bir qator adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. “Islomiy moliya asoslari” va “Islomiy moliyalar va bank tizimi” adabiyotlari shu jumladan. “Islomiy moliya asoslari” kitobining muallifi E.Baydaulet bo‘lib, kitob tarjimasi Botirxo‘ja Jo‘rayevga tegishlidir. Kitobda islomiy moliyalashtirish asoslari, islom moliyaviy vositalar va mexanizmi haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, kitobning beshinchi bobida “Islom taraqqiyot banki”ning O‘zbekistondagi vakili Husan Hasanov muallifligida O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishning dastlabki va joriy holatlari yoritib o‘tilgan. O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004-yildan boshlangan va bu O‘zbekistonning 2003-yil sentyabrda Islom taraqqiyot bankining a’zoligiga qo’shilishi bilan bog’liq. 2004-yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan energetika va sog’liqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “ijara” va “murobaha” shartnomalaridan foydalanilgan.
O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi 765-son Qarorining 4-moddasida “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi”11 –deb keltirib o’tilgan/


Xulosa


Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyot va moliya sohasi rivojiga koʻra jahonda moliya bozorining rivojiga sezilarli ta`sir o`tkaza oladigan islom moliyasi mahsulotlari shiddatlik bilan rivojlanib bormoqda. Nafaqat musulmon davlatlarida balki aholisining katta qismi musulmon bo`lmagan davlatlarda bunga talab borgan sari oshib bormoqda. Bunga asosiy sabab bo`lib islom moliyasidagi tenglik va adolat tushunchalarini ko`rsatish mumkin. Chunki unga muvofiq Investor ham korxona ham teng ulushlarda risklarni o`z yelkasiga olishi bo`ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, soʻnggi yillarda koʻplab islom davlatlari va musulmon aholisi o’rtasida islom qimmatli qogʻozlarini emissiya qilish oʻz samaradorligini koʻrsatmoqda. Shu boisdan mamlakatimiz moliya bozorida yangi mexanizm sifatida islom qimmatli qogʻozlarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda mamlakatimiz moliya bozoriga nafaqat iqtisodiy, balki shariat qoidalariga mos keluvchi talablar asosida investorlar ishtirokini kengaytirish evaziga kapital jalb qilish orqali moliya bozorini yanada rivojlantirish zarurati islom qimmatli qogʻozlarini oʻrganishning dolzarbligini koʻrsatdi.
Globallashuv va jahonda ketayotgan innovatsion oʻzgarish lardan orta qolmaslik maqsadida Oʻzbekiston hukumati islo miy moliya yoki sherikchilikka asoslangan banking sanoatini rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqishi tavsiya etiladi. Ushbu yoʻl xaritasi mavjud qonunchilikni (bank fao liyati, soliq, qimmatli qogʻozlarga doir qonunchilikka qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish) takomillashtirish, targʻibot ishla rini olib borish, islomiy moliya infratuzilmasini rivojlan tirish, xalqaro hamkorlikni va davlat sektorini rivojlan tirish, islomiy moliya xizmatlari bozorini rivojlantirish, ilmiy-oʻquv ishlarini olib borish va investorlar bilan ishlashni oʻz ichiga olishi lozim. Shu bilan birga har bir baja riladigan tadbir boʻyicha masʼul idora va muddat belgilanishi maqsadga muvofiqdir.



Download 135,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish