Mavzu. Kichik biznes moliyasi


Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana06.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#745948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
19 MAVZULAR (2)

Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi
Biz oldingi boblardagi riskni pasaytirish va diversifikatsiyalash usullarini
ko‘rib chiqqanda yirik kompaniyalar Aksionerlar i qoidaga ko‘ra uning faoliyatini
diversifikatsiyalashga urinishdan foyda olmasliklarini aniqladik. Amaliyot mazkur


xulosani tasdiqladi.
Aksionerlar bunday ichki diversifikatsiyadan foyda ko‘rmaydilar,
modomiki ular o‘z qimmatli qog‘ozlar portfellarini diversifikatsiyalash yo‘li bilan
bunday natijaga erishishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, kichik
biznes kompaniyalari Aksionerlari doimo ham buni qila olmaydilar. Shuning
uchun kompaniyalarning o‘ziga xos riksini pasaytirishda ular uchun buni bajarish
maqsadga muvofiq. Kompaniyalarning kichik ko‘lamini hisobga olib ichki
diversifikatsiyalashdan ko‘riladigan foyda yirik kompaniyalarga qaraganda ancha
past bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari diversifikatsiyalash kompaniya tomonidan
faoliyatning ayrim shakllarini amalga oshirishga olib kelish ehtimoli mavjud, uni
boshqarish uchun esa kompaniya yetarli layoqatga ega emas.
5. Moliyalashtirish manbalari
Bir necha yil mobaynida Buyuk Britaniyada hukumat tomonidan
moliyalashtiriladigan bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi, ularning ko‘p qismi kichik
biznes kompaniyalarini moliyalashtirishga tegishli edi. Masalan, 1980-yilda Uilson
qo‘mitasi moliyaiv institutlar faoliyatini tahlil qildi. Har bir tadqiqot u yoki bu
miqdorda kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyaviy manbalarni jalb qilish yirik
biznesga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan sodir bo‘lishi va ancha qimmat
turishini aniqladi. Shuning uchun ular asosan o‘z faoliyatidan olingan pul
mablag‘laridan foydalanishga majbur.
Yirik 
kompaniyalar 
asosiy 
moliyalashtirish 
manbasi 
sifatida
taqsimlanmagan foydaga kuchli bog‘liq bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlar so‘nggi yillar
uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishning umumiy hajmining 25% ni tashkil
qiladi.
Shubhasiz, kichik biznes korxonalari moliyalashtirish olishda ayrim
muammolar bilan haqiqatda to‘qnash kelmoqdalar. Kichik biznes tarmog‘ida
o‘tkazilgan turli xil tadqiqotlar to‘g‘risidagi ma’ruza natijalari kichik biznes uchun
tashqi moliyalashtirish amaliyotlarini yengillashtirishda ko‘p sonli loyiha hamda
agentlarni tashkil qilishga turtki berdi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik
kompaniyalar uchun mumkin bo‘lgan moliyalashtirish manbalari ko‘p emasligini


aniqladi, bunday manbalar mavjudligi to‘g‘risida esa kichik kompaniyalar
rahbarlari yetarlicha xabardor emas. Buyuk Britaniyada kichik biznes faoliyatidagi
axborot bo‘shliqlarini bartaraf qilishga zarurat aniqlandi.
NatWest/SBRT tomonidan taqdim qilingan va Angliya banki tomonidan
e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, (Bank of England 2003b), eng kichik
kompaniyalar jiddiy masalalarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas deb
hisoblanadi: faqatgina 1% kichik biznes subyektlari buni eng muhim muammo deb
tan oldilar. Moliyalashtirishdan foydalana olish tadqiqotda faqatgigan ahamiyatiga
ko‘ra o‘n birinchi muammo sifatida keltirildi. Ancha ko‘p respondentlar davlat
boshqaruvi va qog‘ozbozlik muammolari, shuningdek, umumiy iqtisodiy
muhitning muammolarini tan oldilar.
Shubhasiz kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyalashtirishni olish hali
ham ma’lum qiyinchiliklar va katta xarajatlar bilan bog‘liq. Ammo mazkur
kompaniyalardagi menejerlar va aksionerlar har qanday holatda ham mazkur
masala bo‘yicha ta’sirga ega barcha subyektlar va ayniqsa, britaniya hukumati
holatni yaxshilashga intilayotganligi sababli xotirjam bo‘lishlari mumkin.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish