Mavzu. Kichik biznes moliyasi


Kiritilgan kapitalni qaytarish usullari



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana06.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#745948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
19 MAVZULAR (2)

Kiritilgan kapitalni qaytarish usullari
Xususiy kapitalni oshirish manbalarini izlashda kichik biznes duch
keladigan jiddiy muammo ortga qaytishga yo‘l yo‘qligidir» (
exit route
).
Qoidaga ko‘ra, investorlar agar ular o‘z mablag‘larini kompaniyaga
qo‘yishsa ularni qaytarish usuli mavjud bo‘lishini talab qiladilar. London fond
birjasida yoki boshqa shunga o‘xshash bozorlarda ro‘yxatga olingan kompaniyalar
uchun bu jiddiy muammo sanalmaydi. Ammo kichik kompaniyalar uchun bu katta
masaladir.
Salohiyatli mulkdorlar uchun uchta ehtimoliy strategiya mavjud.
-
Kompaniya ularning egalaridan aksiyalarni xarid qilishi mumkin. Ammo buning
uchun kompaniyalar ancha katta mablag‘larga ega bo‘lishi va kelgusi
investitsiyalar uchun ularga muhtoj bo‘lmasligi kerak. Bu kompaniya uchun eng
yaxshi yo‘l emas. Kompaniya uchun aksiyalarning muhim afzalliklaridan biri
ularni tugatish zarurati yo‘qligidir.


-
Kompaniya fond birjasi listingiga ega. Bu muqobil investitsiya bozorlari va Ofex
tizimlari mavjudligini hisobga olgan holda yaxshi variant, ammo undan faqatgina
kichik biznes sektorining ancha yirik kompaniyalari foydalanishlari mumkin.
-
Kompaniya boshqa kompaniyaga sotilgan bo‘lishi yoki menejerlar jamoasi
tomonidan kompaniya xarid qilingan bo‘lishi mumkin.
Modomiki sanab o‘tilgan imkoniyatlarda hech biri kichik kompaniyalar
uchun optimal bo‘lmasa kompaniyaga kiritilgan mablag‘larni qaytarish real
muammoni hosil qiladi. Oxir-oqibat ko‘plab kichik kompaniyalar uchun ularning
ta’sischilari shaxsiy jamg‘armalari va taqsimlanmagan foyda asosiy
moliyalashtirish manbasi bo‘lib qoladi.
Venchur kapital
Venchur kapitali deganda kengaytirilayotgan kompaniyalar va tadbirkorlik
subyektlariga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z kapitalini kiritish tushuniladiyu
venchur investorlar odatda ularga qiziqish uyg‘otgan kompaniyalarda katta
ishtirokni qabul qiladilar. Xususan ular kompaniyada qarorlar chiqarishda
qatnashishlari mumkin.
Venchur kapitalning katta qismi nisbatan kichik kompaniyalar tomonidan
tashkil qilingan fondlar tomonidan taqdim qilinishi mumkin, bunday fondlar soliq
imtiyozlari olish maqsadida ham yaratiladi.
Venchur investorlar uchun tez o‘sayotgan yuqori texnologik korxonalar
jozibador bo‘ladi. Ular yuqori daromadlilikka ega kompaniyalarni izlaydilar, yillik
daromad 25% dan 35% gacha bo‘lishi mumkin , nisbatan qisqa vaqt ishtirok etish
va kiritilgan mablag‘larni qaytarish yo‘llari tushunarli bo‘lishi kerak. Odatda ular
aksiyalar paketiga egalik qilib, uning hajmi kompaniya aksionerlik kapitalining
40% gacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi va qoidaga ko‘ra 1 mln.. funt sterlingdan
ortiq mablag‘ qo‘yiladi.
Buyuk Britaniya venchur kapital assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra,
faqatgina 2003-yil mobaynida venchur investorlar tomonidan Britaniyaning 1274
ta kichik kompaniyasini rivojlantirishga 4 mlrd. f. st miqdoridagi moliyaviy
mablag‘lar investitsiya qilingan.


Bitta kichik biznes korxonasiga kiritilgan pul mablag‘larining o‘rtacha hajmi
3 mln. f. st dan ortiqni tashkil qiladi. Ammo kichik biznes taraqqiyotida venchur
kapitalning muhim o‘rniga qaramasdan, ayrim korxonalar o‘z faoliyatlarida undan
foydalanmoqdalar. Ayniqsa Buyuk Britaniyada venchur kapitali boshqa
mamlakatlarga qaraganda ancha muhim rol o‘ynaydi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish