Mavzu: Ona-Vatan


Mavzu: Sog’lig'ing — boyliging ("Aqliy hujum" metodiga asoslangan muammoli dars)



Download 0,78 Mb.
bet29/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#210463
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
Mavzu Ona-Vatan-fayllar.org

Mavzu: Sog’lig'ing — boyliging ("Aqliy hujum" metodiga asoslangan muammoli dars)

Darsning maqsadi:

a) ta'limiy maqsad: o'quvchilaiga sog'likni saqlashda kun tartibiga rioya qilishning o'rni haqida ma'lumot berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi madaniyatini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning kun tartibiga rioya etish ko'nikmalarini o'stirish.

Dars uslubi: noan'anaviy dars.

Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar.

Dars texnologiyasi

Dars elementlari


I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Davomiyligi


1

4

5

10

5

10

3

3

2

2



Texnologik xarita


Mavzu


Sog'lig'ing - boyliging

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: o'quvchilarda salomatlikning ahamiyati va kun tartibiga rioya qilishning muhimligi haqidagi tushunchalarni tarkib toptirish.


Dars jarayonining borishi


Tashkiliy qism.

Uy vazifasini so'rash. O'qituvchining kirish so'zi.

Buni bilib oling shartli belgisi orqali berilgan matnni o'qitish va izohlash.

Darslikdan Sh. Sa'dullaning "Kun tartibini qadrlamaydigan bola" she'rini o'qish va tahlil etish.

Dam olish daqiqasi.

Jumboqni yechish.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa berish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi




Uslub: muammoli dars. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: o'quvchilar fikrini faollashtirish. Vosita: darslik, didaktik materiallar, Bolalar ensiklopediyasi, metodik qo'llanma, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: o'quvchi­larni sog'lom turmush tarziga o'rgatish.


O'quvchi: salomatlikni saqlashda kun tartibiga rioya qilishning ahamiyati haqidagi zarur tushun­chalarni bilish.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: o'quvchi­larda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini vujudga keltirish.


O'quvchi: kun tartibiga izchil tarzda amal qilish.





Darsning borishi:

I. Darsni tashkil qilish.

II. O'tilgan mavzu Shuhratning "Barini sev" she'rini yoddan ayttirish va uning mazmunini izohlatish orqali takrorlanadi.

III. Darsning kirish qismida o'qituvchi shoir Qambar otaning "Telebola" she'rini o'qib berib, muammoli savol orqali o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi:



Telebola, telebola,

Sensan injiq fe'lli bola.

Yoqtirganing televizor

Baxsh etarmi orom, huzur.

Bo'lib asl vaqtdan judo,

Tomoshaga joning fido.

U band etib erta-yu kech,

Xayolingni qo'ymaydi tinch.

Telebola, telebola,

Tomoshaning quli bola.

O'zingda yo'q ixtiyoring,

Televizor hukmdoring.

Haq so'zim shu, kelganda payt,

Televizor yonidan, ayt,

Qachongacha jilolmaysan,

Faxr, zavqqa to'lolmaysan?

Qani ayting-chi, nima uchun shoir o'z she'rida televizorning zararli tomonlarini ko'rsatmoqchi bo'lyapti?

IV. "Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matnni ifodali o'qish.

V. Mazkur matn yuzasidan o'quvchilar bilan suhbatlashish.

VI. Shukur Sa'dullaning "Fursat - g'animat" she'rini ifodali o'qish.

VII. She'rga ilova qilib berilgan savollar asosida suhbat o'tkazish.

VIII. O'quvchilarga darslikda berilgan maqol mazmunini izohlatish.

IX. Darsni yakunlash va o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.

X. Uyga vazifa: Sh.Sa'dullaning "Fursat - g'animat" she'rini yod olish.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish