Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi. Reja: Kirish


Sodda gapda to‘ldiruvchining o‘rni



Download 57,45 Kb.
bet4/7
Sana02.03.2022
Hajmi57,45 Kb.
#477617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bektoshbek — копия — копия

Sodda gapda to‘ldiruvchining o‘rni.

To‘ldiruvchi ikkinchi darajali bo‘laklarning biri bo‘lib harakatni o‘z ustiga olgan, harakat yo‘nalgan, umuman, harakatga biror yo‘l bilan bog‘langan predmetni bildiradi. To‘ldiruvchi asosan kesimga bog‘lanib kelib, predmetlik ma‘nosini ifodalaydi. To‘ldiruvchi tobe holatdagi predmetni harakatga biron yo‘l bilan bog‘langan predmetni, harakat obyektini bildiradi. Bu hol ularning grammatik shaklida ham o‘z ifodasini topadi. To‘ldiruvchi tushum, o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘ladi yoki ko‘makchilar bilan birga keladi, bu uning tobeligini ko‘rsatuvchi grammatik belgidir. To‘ldiruvchilar kelishik bilan ifodalanishiga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi:
Vositali to‘ldiruvchi
Vositasiz to‘ldiruvchi.
To‘ldiruvchi o‘z hokim so‘ziga odatda boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Bunda to‘ldiruvchi tobe, u bog‘langan so‘z esa hokim sanaladi: Bahorda soyning suvini yomg‘ir ko‘paytiradi. Hokim so‘z ko‘pincha kesim vazifasida bo‘ladi. Biroq u boshqa bo‘lak vazifasida ham bo‘lishi mumkin. Bunda gapning murakkab bo‘laklari hosil bo‘ladi. Sodda gap yoki murakkab gap bo‘lmasin, to‘ldiruvchi o‘z vazifasini bajarib keladi, belgili va belgisiz tarzda bo‘lishi mumkin. To‘ldiruvchining belgisiz qo‘llanishi, asosan, qofiya talabi bilan yuzaga chiqadi, so‘zlashganda ham belgisiz qo‘llanilishi mumkin: Ezding yuragim ( badiiy uslubda). Olma oldim (sozlashuv uslubida).
Tushum kelishigi bilan ifodalanuvchi to‘ldiruvchiga vositasiz to‘ldiruvchi deyiladi. Vositasiz to‘ldiruvchi harakatni o‘ziga qabul qilgan harakat o‘ziga bevosita o‘tgan predmetni bildiradi. 5. Shunga ko‘ra u, odatda, obyektli fe‘l bilan birikadi. Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha tushum kelishigi bilan belgili va belgisiz shaklida ham ifodalanadi. Bu uning asosiy grammatik shaklidir. Muxlisa oynani tozaladi, singlisi esa hovli supurdi. (hovlini)
Vositasiz to‘ldiruvchi ba‘zan chiqish kelishigi shaklidagi so‘z bilan ham ifodalanadi. Qani oshdan oling. Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanganda harakatni batamom o‘ziga qabul qilgan, harakat o‘ziga butunlay o‘tgan obyekt ma‘nosini bildiradi, chiqish kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanganda esa harakatni qisman o‘ziga qabul qilgan, harakat o‘zida qisman yuz bergan predmet ma‘nosini anglatadi. Qiyoslang: Qani oshni oling (,, hammasini oling” ma‘nosi bor). Oshdan oling ( „ bir qismini oling” ma‘nosi). Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z tushum kelishigi qo‘shimchasini doimo saqlayvermaydi: bu so‘z ayrim hollarda tushum kelishigi qo‘shimchasini olmaydi. Vositasiz to‘ldiruvchi atoqli ot bilan ifodalanganda: Biz Toshkentni sayr qildik. Vositasiz to‘ldiruvchi otlashgan sifat, son va sifatdoshlar bilan ifodalanganda: Yaxshini kо'rib, fikr qil, yomonni ko‘rib, shukr qil (Maqol). Vositasiz to‘ldiruvchi payt ma‘nosini bildiradigan so‘z bilan ifodalanganda: Shunday holda qishni o‘tkazdik. Vositasiz to‘ldiruvchi egalik qo‘shimchaini olgan so‘z bilan ifodalanganda: Adiba bugun ukasini o‘yingohga olib bordi va u yerda dugonasini ko‘rib qoldi. Vositasiz to‘ldiruvchi aniqlovchiga ega bo‘lganda: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Vositasiz to‘ldiruvchi ifodalagan predmet boshqasi bilan qiyoslanganda: Sen o‘yinni emas, kitobni sev. Vositasiz to‘ldiruvchi ham, ega ham bitta so‘z bilan ifodalanganda: Talaba kitobni o‘qishdan izlanishdan qolmasligi kerak. Vositasiz to‘ldiruvchining belgili qo‘llanilishi ayrim hollarda to‘ldirilmishning leksik - semantik xususiyati bilan belgilanadi. Ba‘zan prozaik nutqda ham vositasiz to‘ldiruvchining belgili yoki belgisiz qo‘llanilishi mumkin: Biz sulh shartnomasi tuzdik. Men senga ko‘p qiziq ertak aytib bermoqchiman.
Vositali to‘ldiruvchi harakat - holat,belgi bilan obyekt o‘rtasidagi turli grammatik-semantik munosabatlarni ifodalaydi. Vositali to‘ldiruvchi anglatadigan ma‘no munosabatlar uning materialiga, grammatik formasiga va to‘ldirilmishning leksik xususiyatiga bog‘liq.
Vositali to‘ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishigidan boshqa kelishikdagi so‘zlar orqali yoki ko‘makchi bilan kelgan so‘zlar orqali ifodalanadi. Shunga ko‘ra, vositali to‘ldiruvchini ikki guruhga ajratish mumkin: kelishikli to‘ldiruvchi va ko‘makchili to‘ldiruvchi. Menimcha vositali to‘ldiruvchini emas, umuman, to‘ldiruvchining o‘zini kelishikli va ko‘makchili to‘ldiruvchiga ajratish muvofiq bo‘lardi.
Kelishikli to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchining bir turi jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishiklaridan birida kelgan so‘z bilan ifodalanadi. 6 Jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar:

  1. . Biror narsa ish o‘shanga qaratilgan, atalgan shaxs, predmet ma‘nosini anglatadi: Buni Valiga berdim. Bu lavozim bugundan senga topshirildi. Atalganlikning “shu ish uchun mo‘ljallangan” degan ma‘no ottenkasi ham bor.

  2. Vosita bo‘lgan predmetni anglatadi: Bosh meshlarning og‘zini qumga to‘ldirdi

  3. Logik subyektni bildiradi: Bugungi o‘quvchining iste‘dodi muallimga juda qiziq tuyuldi.

  4. Tenglik, qimmat ma‘nosini anglatadi: Men o‘zimga deb olgan narsamni bermayman, men uni halol mehnatimga olganman.

  5. Kasb, mashg‘ulot, faoliyat predmetini bildiradi: Akam huquqshunoslikka o‘qiyapti.

6). O‘xshatish, qiyoslash ma‘nosini anglatadi: Bola yosh niholga o‘xshaydi, shuningdek, qari kishi ham yosh bolaga o‘xshab qoladi.
Vositali to‘ldiruvchining shakllanishida ayrim ko‘makchilaming ham muhim roli bor. Bunda ko‘proq quyidagi ko‘makchilar qo‘llanadi: bilan, uchun, tog‘risida ( haqida), tomonidan (tarafidan) va boshqalar.


  1. Download 57,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish