Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi. Reja: Kirish


Sodda gapda aniqlovchining o



Download 57,45 Kb.
bet5/7
Sana02.03.2022
Hajmi57,45 Kb.
#477617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bektoshbek — копия — копия

Sodda gapda aniqlovchining orni.

Aniqlovchi predmetning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakdir. Predmetning belgisi bosh bo‘laklardan kesim orqali ham ifoda etilishi mumkin.
Qiyoslang: sovuq suv (sovuq - aniqlovchi). - Suv sovuq yoki suv sovuq emas ( sovuq va sovuq emas - kesim).
Aniqlovchi ikkinchi darajali bo‘laklaming alohida bir turidir. U gapning strukturasidagi roli jihatdan boshqa ikkinchi darajali bo‘laklardan farq qiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklardan to‘ldiruvchi va hol, odatda, fe‘lga bog‘lanib kelsa, aniqlovchi otga bog‘lanib keladi. To‘ldiruvchi va hol gap tarkibida, uning mustaqil bir bo‘lagi sifatida odatda kesimga tobe bo‘lib kelsa, aniqlovchi birikma tarkibida, uning bir elementi sifatida egaga ham, kesimga ham, to‘ldiruvchiga ham, holga ham tobe bo‘lib keladi. Hatto bir aniqlovchi ikkinchi aniqlovchiga tobe bo‘lib ham kelishi mumkin: Temir eshik Aniqlovchi gapda o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga keladi. Aniqlovchi bilan aniqlanmish aniqlovchili birikmani tashkil qiladi. Aniqlanmish bo‘lmas ekan, aniqlovchi ham bo‘lmaydi. Aniqlovchi predmetning turli - tuman belgilarini ifoda etadi. Aniqlovchining mazmuni uning turiga, qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganiga va grammatik formasiga bog‘liq. Aniqlovchilarning ifodalanishi har xil. Aniqlashdagi semantik va grammatik xususiyatga ko‘ra bu vazifadagi so‘zlar ham farq qiladi. Predmetning qandayligi tusi, xususiyati, mazasi, formasi, xarakteri, harakatga ko‘ra bo‘lgan belgisi anglatilganda (sifatlovchida), aniqlovchi sifat, sifatdosh kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilik anglatilganda (qaratuvchida), aniqlovchi ot yoki ot o‘rnida kelgan so‘z bilan ifodalanadi. Ular uch turda bo‘ladi: sifatlovchi, izohlovchi, qaratuvchi.
Shulardan birinchisi sifatlovchi predmetning belgi - sifati, son - miqdori, tartibi kabi belgilarini bildiradigan aniqlovchidir. Sifatlovchi o‘z hokim so‘ziga bitishuv yo‘li bilan birikadi. U bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deyiladi.Sifatlovchi bilan sifatlanmish sifatlovchili birikmani tashkil qiladi.
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: Sifat bilan. Bunda aniqlovchi predmetning rang - tusi, maza - ta‘mi, shakl- hajmi, xarakteri psixik holati, o‘rin yoki paytga munoosabati kabi belgilarni bildiradi: Yaxshi yashash hammaning orzusidir. Son bilan. Bunda sifatlovchi predmetning miqdor va tartib jihatdan belgisini bildiradi: U bugun uyga to‘rtta non, bir kilo go‘sht, bir qop un olib keldi. Ravish bilan. Bunda ravish sifat funksiyasida qo‘llangan bo‘ladi: Kam de, ko‘p ye. (Maqol). Olmosh bilan. Bunda sifat, son va ravish xarakteridagi olmosh qo‘llanadi: Ba‘zi ishlarimizdan ko‘nglim to‘lmayapti. Ot bilan. Sifatlovchi vazifasida kelgan ot ko‘p jihatdan sifatga yaqinlashgan bo‘ladi. Bunda sifatlovch quyidagi ma‘nolarni anglatishi mumkin : a)o‘xshatish ma‘nosini : Sevaman bahorni, sevaman qorni... Sifatdosh bilan. Bunda sifatlovchi predmetning harakatga munosabat nuqtai nazardaridan belgisini bildiradi: Buzoqning yugurgani somonxonagacha... Taqlid so‘z bilan. Birdan duv-duv gap bo‘lib qoldi. Кo‘cha tomondan gurs - gurs oyoq tovushi eshitildi
Qaratuvchi biror narsa predmet tegishli, qarashli bo‘lgan shaxs yoki predmetni bildirgan aniqlovchidir. Qaratuvchi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: Ot bilan: Biz boylikka uchganlarni jazolab ularning boyligini bevalarga tarqatmoqchi edik.
Sifat bilan. Bunda sifat substansivlashgan bo‘ladi: Bir yaxshiga-bir yomon.
Olmosh bilan. Bunda ko‘pincha ot harakteridagi olmoshlar qo‘llanadi. Sifat va son xarakteridagi olmoshlar qaratuvchi vazifasida kelganda otlashgan bo‘ladi: Kimning ko‘ylagi chiroyli? O‘n besh-nechaning уarmi?
Son bilan. Bunda son substansivlashadi: O‘nning yarmi - besh.
Harakat nomi bilan. O‘qimoqning foydasi ко ’p.
Sifatdosh bilan. Bunda sifatdosh otlashadi. Ko‘ringanlarning birortasi ham uni tanimasdi.
Agar qaratuvchilar turli shaxsda bo‘lsa, qaralmish quyidagicha bo‘ladi: Bir necha qaratuvchi tarkibida I shaxsni ko‘rsatuvchi olmosh bo‘lmay, qaralmish shu shaxsning ko‘pligida bo‘ladi: Muxtaram prezidentimizning, mening va butun Samarqand ahlining samimiy tabriklarimizni qabul qilgaysiz. Bir necha qaratuvchi tarkibida I shaxsni ko‘rsatuvchi olmosh bo‘lmay, II shaxsni ko‘rsatuvchi olmosh bo‘lsa, qaralmish shu shaxsning ko‘pligida bo‘ladi: Sening va uning vazifalari bitta: u ham bo‘lsa Vatanni himoya qilish! Ba‘zi hollarda qaratuvchi maxsus ifodalanmaydi, u tushib qoladi. Bu hol qaratuvchi logik urg‘u olmagan paytda ro‘y beradi. Bunda qaralmishdagi egalik qo‘shimchasi uning qaysi shaxsga oidligini ko‘rsatib turadi: Shahrimiz katta. Bog‘ing juda to‘kin. Bizning maktab, sizning ko‘cha kabi birikmalarning komponentlari o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan aloqaga kirishgan. Chunki bunda qaratuvchi qaralmish bilan faqat qaratqich kelishigi formasi -ning bilan birikkan. Qaralmish qaratuvchiga tobe boglanadi: mening kitobim, bizning mamlakatimiz, sening uying, sizning daftaringiz singari birikmalarda qaralmish qaratuvchiga mooslashib yuradi: - im, -ngiz,- ing, - ingiz kabi egalik qo‘shimchalari shu moslikni ko‘rsatuvchi formantlardir.

  1. Sodda gapda holning o‘rni.

Hol to‘ldiruvchidan keyingi ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib, ish - harakatning belgi - sifatini, uning bajarilish bilan bogliq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, shart - sharoit, miqdor - daraja kabi xususiyatlami ko‘rsatadi. Demak, hol ish-harakatni biror jihatdan tavsiflaydigan - xarakterlaydigan bo‘lakdir.
Hol quyidagi so‘z yurkumlari bilan ifodalanadi :
Ravish bilan. Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi: Karima uyning ishlarini tezda bajaradi. Sayohatchilar kechqurun Samarqandga zo‘rg‘a yetib kelishdi.
Fe‘l bilan. Odatda fe‘lning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi formalari hol vazifasida keladi: Odil uyalganidan qizarib ketdi.
Ot bilan. Ot hoi vazifasida kelganda ko‘pincha kelishik qo‘shimchalari qabul qiladi yoki ko‘makchilar bilan birga qo‘llanadi. Biroq u bA‘zan ko‘makchisiz va kelishik qo‘shimchasiz ham hol vazifasini bajarishi mumkin : Haydar ota bir kuni O‘ltarmaga borib tegirmondan xabar oldi.
Sifat bilan. Bunda sifat yoki ravish ma‘nosida qo‘llanadi yoki yordamchi so‘zlar bilan birga ishlatiladi: Uning qizarib ketgan yuzi va ko‘zi g‘alati hayvonni eslatardi.
Son bilan. Son ko‘pincha boshqa so‘zlar bilan birga kelib hol vazifasini bajaradi:

Download 57,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish