Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi. Reja: Kirish


Sodda gapda ega va kesimning o‘rni



Download 57,45 Kb.
bet3/7
Sana02.03.2022
Hajmi57,45 Kb.
#477617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bektoshbek — копия — копия

    Bu sahifa navigatsiya:
  • niki
Sodda gapda ega va kesimning o‘rni.

O‘zbek tilida bosh bo‘laklar ega va kesim hisoblanadi. Ega bilan kesim mazmun va grammatik tomondan bog‘langanligi uchun doim kesimning shakliga mos ravishda keladi. Ega gapning bosh bo‘laklaridan biri bo‘lib, fikr ifodasida gap tarkibida alohida o‘rin egallaydi. U gapning nima haqida aytilganini, fikrning nima to‘g‘rida bayon etilayotganini ko‘rsatuvchi bosh bo‘lakdir. Demak, ega fikr obyektini, nutq predmetini (gap o‘zi haqida borayotgan predmetni) bildiradi. Bunda predmet keng ma‘noda tushuniladi va u narsa shaxs, voqea - hodisa, belgi - xususiyat, harakat - holat, son - miqdor va hokazolarning nomini ham o‘z ichiga oladi. Ega kesim bilan mustahkam aloqada. Uning ma‘nosi, funksiyasi, o‘rni kesim orqali reallashadi. Xuddi shuningdek, kesimning mohiyati, formasi ega yordamida belgilanadi. Ega nutq predmetini, fikr obektini, gapning mavzusini bildirsa, kesim shu mavzu haqidagi yangilikni, nutq predmeti, fikr obyekti to‘grisidagi bayonni bildiradi: Saidbek gazetani sinchiklab ko‘rdi, keyin tovush chiqarib ichida o‘qidi. Turmush go‘zal va ajoyibdir.
Вirinchi gapda ega (Saidbek), kesim (o‘qidi) bilan ifodalangan harakatni bajaruvchi shaxs, ikkinchi gapda ega (turmush), kesim (go‘zal va ajoyibdir) dan anglashilgan belgi qarashli bo‘lgan predmet ma‘nosida ifodalangan. Ega odatda bosh kelishik shaklida qo‘llanadi. Ega vazifasida kelgan so‘z egalik va ko‘plik affkslarini qabul qila oladi. Ba‘zan bu so‘z – niki qo‘shimchaini olgan bo‘ladi: Birniki mingga, mingniki tumanga (Maqol) Bu hodisa aslida qaratuvchi va qaralmish munosabatini ifodalaydigan sintaktik konstruksiyaning qisqarishidan tug‘ilgan. Eganing sodda gapda qo‘llanadigan ma‘lum o‘rni bor. U kesimdan avval keladi. Biroq nutqda inversiyaga hamma vaqt ham yo‘l qo‘yib bo‘lavermaydi. Kesim sof fe‘llardan yoki predikativlik qo‘shimchalarini olgan so‘zlardan bo‘lganda, eganing o‘rni o‘zgarishi, ya‘ni inversiya hodisasi ro‘y berishi mumkin: Nizomjon aniq ko‘rdi. Aniq ko‘rdi Nizomjon3.
Kesim shaxssiz fe‘llar bilan ifodalanganda, eganing o‘rni qat‘iy bo‘ladi, u doim kesimdan oldin turadi. Bunda ega va kesim o‘rnining o‘zgarishi yo egani kesimga, kesimni esa egaga aylantirib qo‘yadi, yoki gapni yo‘qqa chiqarib, so‘z birikmasi hosil qiladi: Bir hafta-yetti kun(bir hafta-ega,yetti kun-kesim)yetti kun-bir hafta(yetti kun-ega,bir hafta-kesim) kabilarni inversiya deb bo‘lmaydi. Bu qayta tuzishdir. Demak, inversiya hodisasini hisobga olmaganda, ega sodda gapda kesimdan oldin keladi. Bu tartib eganing grammatik belgilaridan biridir.
Nutqda ega eng ko‘p ot leksema shakl bilan ifodalanadi. Atoqli ot leksema shakl asosan kishi ismiga to‘g‘ri keladi, ba‘zan esa u familiya bilan ham ifodalanishi mumkin.
Ega va kesim shaxs jihatidan bir-biriga mos bo‘ladi, boshqa-boshqa shaxsni ko‘rsatmaydi. Ega ko‘pincha sodda birikma shakl bilan ifodalanadi. Ushbu hodisa birikmalarning turlari bo‘yicha tasvirlanadi.
Kesim egadan keyingi ikkinchi bosh bo‘lak bo‘lib, gap orqali aloqa aralashuvda, fikr almashuvida katta ahamiyatga egadir. Kesim egadan anglagan shaxs, narsa predmet va voqea- hodisaning belgisini bildiradi. Bu jihatdan u aniqlovchiga o‘xshab ketadi. Biroq belgini qanday ifoda etishga ko‘ra, aniqlovchi bilan qo‘shilib, yaxlit bir butun tushuncha holida, atributiv aloqa yo‘li bilan ifodalansa, kesimda, u shu belgining egadan anglashilgan predmetga mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tasdiqlash maqsadida - hukm shaklida, predikativ aloqa yo‘li bilan ifodalanadi. 4 Kesim ma‘nolari har biri alohida - alohida ifodalanishi mumkin. Masalan, bor-ma (tasdiq - inkor) say (mayl) -di (zamon) -m( shaxs- son). Ega faqat mavzuni ataydi, shu mavzu haqidagi bayon, fikr, mulohaza kesim orqali ifoda qilinadi. U gapning asosiy belgilarini ko‘rsatadigan zaruriy elementdir. Gap uchun xarakterli bo‘lgan modallik, zamon, shaxs va intonatsion tugallik kabi hodisalar ko‘pincha kesim bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun, odatda, gapning ba‘zi semantik turlarini belgilashda kesim, uning formasi asosga olinadi ( Uyga bor - buyruq gap, uyga bording - darak gap); gapda kesimning tushib qolishi holati boshqa bo‘laklaming tushib qolishiga qaraganda birmuncha kam uchraydi va bu narsa ko‘pincha gap tarkibiiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Kesimning ma‘nosi va grammatik shakli uning ega bilan bo‘lgan munosabatiga hamda qanday so‘z turkumi bilan ifodalanishiga bog‘liq.
Kesim ko‘pincha fe‘llar bilan ifodalanadi. Fe‘llar kesim vazifasida qo‘llaniluvchi asosiy so‘zlar hisobanadi. Tuslangan fe‘llar predikativlik xususiyatini o‘zida yorqin aks ettiradi: ular zamon, mayl, shaxs - son ma‘nolarini bildiradi. Shuning uchun har bir tuslangan fe‘l bir gapni hosil qilishi mumkin: Keldim. Boraman. kabi.
Kesim vazifasida boshqa so‘zlar ham kela oladi. Biroq bunda ayrim shart - sharoitlar kerak: fe‘ldan boshqa so‘zning kesim vazifasida kelishida bog‘lama, predikativlik qo‘shimchasi, tartib va intonatsiya kabi hodisalarning roli kattadir. Fe‘l, o‘zining leksik - grammatik xususiyatiga ko‘ra, kesim vazifasida qo‘llanishga juda mos so‘z turkumidir. Fe‘l kesim egadan anglashilgan predmetning ( predmet keng ma‘noda: shaxs, narsa - predmet, buyum, voqea, hodisa va hokazo ) harakatini yoki holatni bildiradi: Yo‘lchi oshxonaga kirdi. Navbatchi Ikromjonga qaradi. Akbarshoh shoshildi.
Buyruq - istak maylidagi fe‘l kesim ish - harakatni bajarish to‘g‘risida buyurish , istak, iltimos, maslahat, undash kabi ma‘nolarni anglatadi. Ega I shaxs bildirganda, kesim birlikda - (a)y, ko‘plikda - (a) ylik,qo‘shimchalari bilan shakllanadi: boray - boraylik. Shart maylidagi fe‘l kesim. Fe‘lning shart mayli ko‘pincha ergash gaplarning kesimi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u biror ish-harakatning amalga oshishi uchun undan oldin bajarilishi lozim bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Kim o‘qisa, и, albatta, o‘qishga kiradi.
Sifatdosh bilan ifodalangan fe‘l kesim. Sifatdosh odatdagi shaxsli fe‘l kabi qo‘llanib mustaqil sodda gapning kesimi vazifasida keladi: Ko‘cha betida birov cho‘kkalagan, birov tik turgan, chol o‘tiradigan supada ikki-uch qariya bosh egib tek qotishgan edi(Said Ahmad “ufq”). Ravishdosh bilan ifodalangan fe‘l kesim. Ravishdoshning —(i)b, va -a(y) qo‘shimchalari bilan yasalgan shakli tuslovchi qo‘shimchalar olib ifodalanadi:
Qorong‘uda kimligini bilmagan Lutfinisa qichqirib yubordi.


  1. Download 57,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish