Mavzu: O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi. Reja: Kirish



Download 57,45 Kb.
bet6/7
Sana02.03.2022
Hajmi57,45 Kb.
#477617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bektoshbek — копия — копия

O‘qituvchi sinf xonani ikki marta tartibga chaqirsa-da, foydasi bo‘lmadi.
Olmosh bilan. Olmosh ko‘pincha egalik qo‘shimchalarini olib yoki ko‘makchi bilan kelib hol vazifasini bajaradi. Biroq ba‘zi olmoshlar qo‘shimchasiz va ko‘makchisiz ham hol vazifasida kela oladi: Dadamning ixtiyori o‘zida, chirog‘imizni qachon istasa, o‘shanda yoqib beradi.
Taqlid so‘z bilan. Taqlid so‘z yakka holda yoki etib, qilib kabi yordamchi fe‘llar bilan birga hol vazifasida keladi. Hayot piq-piq yig‘lar, yelkalari dir-dir titrar edi.
Hollar mazmundagi farqlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi, shart va to‘siqsizlik hollari.
Ravish holi harakatning qanday bo‘lishini, bajarilish sifatini aniqlaydi: U yaxshi gapirdi. Student sekin o‘rnidan turdi kabi. Ravish holi harakatning qanday bo‘lishini ba‘zan o‘xshatish yo‘li bilan anglatadi: Olmalar chamanday ochildi. U bugun xohlagancha оynadi.
Ravish holining ifodalanishi quyidagicha: holat ravishi bilan ifodalanadi: Yaproqlar sekin shitirladi.
O‘rin holi harakatning bo‘lishidagi umumiy o‘rin ma‘nosini anglatadi: Bahrom kecha qayerga ketgan edi? Shu yerda edi. kabi.
Payt holi harakatning, ishning bo‘lish vaqtini anglatadi : Bugun kechqurun keldi. U payt ravishi yoki shu ma‘nodagi so‘z, masalan, ot bilan ifodalanadi.
Sabab holi harakatning bo‘lishidagi sabab ma‘nosini anglatadi: U sevinganidan qichqirib yubordi. Sabab holi chiqish kelishigidagi ( ba‘zan o‘rin kelishigidagi) so‘z bilan: U qo‘rqqanidan bu ishni qilolmadi. uchun ko‘makchisi qo‘shilgan so‘z bilan: U qo‘rqqani uchun...
Maqsad holi ishning bo‘lishidagi maqsadni anglatadi: - gani (- gali) qo‘shimchasini olgan so‘z bilan: Bordim paxta tergani, fabrikaga bergani; uchun ko‘makchisi qo‘shilgan so‘z bilan: Yo‘lchi maoshini olish uchun borgandi. maqsadida qo‘shilgan so‘z bilan: Farrux ishlash maqsadida borgandi.
Miqdor daraja holi harakatning bajarilishini miqdor daraja jihatidan harakterlab keladi (harakatning takrorlanishi, uzoq davom etishi yoki aksi, bajarilish darajasi va shu kabilarni): Ikromjon uzoq o‘yladi. U kam gapiradi. To‘siqsizlik hollari: 1. Shart holi fe‘l bilan ifodalangan bo‘lakka bog‘lanib, harakatning bajarilish shartini bildiradi. Bu hol shart mayli formasidagi fe‘l bilan, ravishdosh oborot bilan, ko‘makchili konstruksiya bilan ifodalanadi.U darsga bugun ulgursa keladi. To‘siqsizlik holi harakatning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan shartni bildiradi. Uyda tok o‘chib qoldi, shunga qaramay yozdi.

  1. Xulosa

Hozirgi o‘zbek adabiy tili shakllangunga qadar bir qancha bosqichlardan o‘tib bugungi til ko‘rinishiga keldi. So‘zlar tartibi, avvalo, nutqni to‘g‘ri rivojlantirishda, ta‘sirchanligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Gap bo‘laklarining o‘rin almashish holati, so‘zlayotgan shaxsning maqsadi, nima demoqchiligi, nimani tinglovchiga yetkazib bermoqchi ekanligi katta ahamiyatga ega. Chunki so‘zlarning tog‘ri tartibi odatdagi holi, ammo, teskari tartib ifodalayotgan mazmuni boshqacha tus olishi mumkin.
Bugungi kun til taraqqiyotida erkin tartibning o‘rni oshib bormoqda. Bu holatda so‘zlashuv nutqining ta‘siri yuzaga chiqadi. Chunki fikrini ifoda etayotgan shaxs tezroq va osonroq yetkazish yo‘lini tanlamoqda. So‘zlovchi avval asosiy gapni yetkazib, keyin uni sharhlab va izoh berib o‘tish bugunning oson muloqot turlaridan biri hisoblanadi. Biror so‘zning sintaktik vazifasi uning morfologik shakllanishidan bilinib turmasa, bunday so‘zda tartib erkinligi bo‘lmaydi. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining erkin bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha qo‘llanadigan- odatdagi bir tartib bor (bunday tartib darak gap asosida belgilanadi). O‘rni bilan bu tartibning o‘zgarishi - inversiya ham uchrab turadi. Inversiyaning sabablari, tug‘ilishi turli hodisalar bilan bog‘liq: biror bo‘lakning mazmun jihatidan birinchi o‘rinda ekanligini ko‘rsatish, ta‘kid, emotsionallikni bildirish, matn talabi, gap qurilishining xususiyati tufayli yuzaga chiqadi. Tartibning o‘zgarishi bitta bo‘lak bilan amalga oshirilmaydi. Bir bo‘lakning tartibi o‘zgartirilsa, bu bilan boshqa bo‘lakning ham o‘rni, darajasi o‘zgaradi degani, bo‘laklarning tartibi, uning o‘zgarishi o‘sha bo‘laklarning o‘zaro munosabati bilan bog‘liq. Bunda ega, kesim, to‘ldiruvchi aniqlovchi va holning joylashuvi muhim o‘rin tutadi. Sodda gap misollarini to‘g‘ri tahlil etishni o‘rgangan har qanday o‘quvchi murakkab gaplar tahliliga qiynalmaydi.


  1. Download 57,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish