Mavzu: splanxnologiya asoslari



Download 312 Kb.
bet5/9
Sana02.07.2022
Hajmi312 Kb.
#731076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SPLANXNOLOGIYA ASOSLARI.

Kurak tishlar – dentes incisivi har bir jag‘da to‘rttadan bo‘lib, ovqatni kesib olishga mo‘ljallangan. Bu tishlar ildizi bitta bo‘lib, pastki kurak tishlarda yon tomonda yassilangan. Toj qismlari keng va yassi bo‘lib, iskanani eslatadi. Pastki kurak tishlarning tojlari ikki baravar ensizdir.
Qoziq tishlar – dentes canini har jag‘da ikkitadan bo‘lib, uzun yakka ildizga ega, ildizning yon tomonlarida egatchalar bor. Yuqori qoziq tishlarning ildizlari pastki tishlarga nisbatan birmuncha uzun, toj qismlari ham kattaroqdir. Toj qismlari uchburchaksimon bo‘lib, burchak hosil qiluvchi ikkita qirquvchi qirralari bor, ularning medial qirrasi kaltaroq, distali esa bir oz uzunroqdir. Qoziq tishlar ovqatni uzib olish uchun xizmat qiladi. Bu tishlar yirtqich hayvonlarda yaxshi rivojlangan.
Kichik oziq tishlar – dentes premolares har jag‘da to‘rttadan bo‘lib, qoziq tishlardan keyin joylashgan. Bu tishlarning toj qismlarida ikkitadan bo‘rtma – tuberculum dentale bor, shuning uchun ularni qo‘sh bo‘rtmali tishlar – dentes bicuspidati deyiladi. Yuqori va pastki kichik oziq tishlarning ildizlari bir xil bo‘lmaydi. Birinchilarining ildizlari aksariyat (yarmidan ko‘proq holatda) ayrisimon ikkiga ajralgan, pastki kichik oziq tishlarning ildizlari esa yakka bo‘ladi. Shuning uchun bu tishlarni olishda doira bo‘yicha (rotatsiya) harakat qilinadi.
Katta oziq tishlar – dentes molares har jag‘da oltitadan bo‘lib, orqa tomon sari kichiklashib boradi; birinchisi eng katta, uchinchisi – eng kichikdir. Uchinchi katta oziq tishlar juda kech chiqadi va shuning uchun aql tish – dens serotinus deb ataladi. Bu tish tamoman chiqmasdan qolishi ham mumkinligi yuqorida eslatilgan edi. Katta oziq tishlarning toj qismlari kubsimon, chaynov yuzasi esa kvadrat shakliga yaqin, uchta va undan ortiq bo‘rtiqlari bor. Yuqori jag‘dagi katta oziq tishlarning uchta ildizi bo‘lib, ularning ikkitasi lunjga, bittasi esa til tomonga qaragan. Pastki katta oziq tishlarning ildizlari ikkita bo‘lib, biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaragan va uchlari orqa tomonga bir oz egilgan. Ildizlar tarkibida bitta (distal) yoki ikkita (ko‘pincha medial) ildiz kanallari bo‘ladi. Aql tishlarning uchchala ildizi qo‘shilib ketib, bir butun konussimon shaklni qabul qilishi mumkin.



Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish