Mavzu: splanxnologiya asoslari



Download 312 Kb.
bet6/9
Sana02.07.2022
Hajmi312 Kb.
#731076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SPLANXNOLOGIYA ASOSLARI.

TI
Til (lingua, yunoncha – glossa) muskullardan tuzilgan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan. Til faqat hazm a’zolariga mansub bo‘lmasdan, so‘zlashda, talaffuzda bevosita faol qatnashadi. Tilning oldida til uchi – apex linguae, o‘rtasida til tanasi – corpus linguae va orqa kengaygan qismida til ildizi – radix linguae bo‘ladi. Tilning uchi va yon tomonlari (margo linguae) tishlarga tegib turadi. Tilning ustki yuzasining orqa qismi (dorsum linguae) bo‘rtgan bo‘lib, tanglayga qaragan. Pastki yuzasi (facies inferior) tilning faqat old qismida bo‘ladi. Tilning ustki yuzasining o‘rtasida (dorsum linguae) joylashgan egatcha (sulcus medianus linguae), orqada ko‘r teshik (foramen caecum) bo‘lib tugaydi (bu teshik o‘rnida embrional davrdagi qalqonsimon bez nayini o‘rni) ko‘r teshikdan har ikki tomon bo‘ylab uncha chuqur bo‘lmagan “V” raqamga o‘xshash chegaralovchi egatcha (sulcus terminalis) joylashgan. Tilning bu qismlari embrional davrda turli kur-taklardan rivojlanishi va keyinchalik qo‘shilib ketishdan darak beruvchi qoldiqdir. Tilning shilliq pardasi I, II, III va IV jabra cho‘ntaklaridan rivojlanganligi sababli ushbu ravoqlarni innervatsiya qiluvchi V, VII, IX va X juft bosh miya nervlari ishtirok etadi. Tilning ustki yuzasida to‘rt xil so‘rg‘ich (papillae linguales) mavjud.




114- . Til va hiqildoqqa kirish qismi.
1–rima glottidis; 2–plica vacalis; 3–plica vestibularis; 4–plica aryepiglottica; 5–epiglottis; 6–plica glossoepiglottis lateralis; 7–tonsilla palatina; 8–foramen caecum linguae; 9–papillae foliatae; 10–papilla vallatae; 11–papillae conicae; 12–papillae filiformes; 13–apex linguae; 14–sulcus medianus linguae; 15–dorsum linguae; 16–corpus linguae; 17–papillae fungiformes; 18–sulcus terminalis; 19–folliculi linguales; 20–tonsilla palatina; 21–radix linguae; 22–plica glossoepiglottica mediana; 23–vallecula epiglottica; 24–recessus piriformis; 25–tuberculum cuneiforme; 26–tuberculum cornicularum; 27–incisura interarytenoidea.

1. Ipsimon so‘rg‘ichlar – papillae filiformes et conicae tilning ust yuzasida duxobasimon tus berib joylashgan. Bu so‘rg‘ichlar ovqatni qabul qilishda, chaynashda va halqumga yo‘naltirishda hamda ovqat luqmasining yumshoqligi va uning mexanik xususiyatlarini sezishda qatnashadi.
2. Zamburug‘simon so‘rg‘ichlar – papillae fungiformes tilning uchi va yonlarida joylashgan bo‘lib, ta’m bilishda xizmat qiladi.
3. Halqa bilan o‘ralgan (tarnovsimon) so‘rg‘ichlar – papillae vallatae 7–12 ta bo‘lib, tilning ildizi va tana chegarasida, ko‘r teshikning ikki yonboshida rimcha “V” raqami shaklida joylashgan. Ularda ta’m bilish so‘g‘onlari juda ko‘p.
4. Varaqsimon yoki bargsimon so‘rg‘ichlar – papillae foliatae kitob varaqlari kabi tilning yonlarida joylashib, ta’m bilishda qatnashadi.
Tilning pastki yuzasi faqat oldingi qismidagina erkin, qolgan qismi til ildiziga qo‘shilib ketgan. Pastki yuzadagi shilliq qavat hisobiga ikkita g‘ijim burma (plica sublingualis) hosil qilgan.
Til murtagi – tonsilla lingualis tilning shilliq qavatida yakkama -yakka yoki to‘planib joylashgan limfoid to‘qimadan iborat. Murtaklar ko‘proq til ildizi sohasida uchraydi.
Til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat. Uch juft skelet muskullari skeletning biror joyidan boshlanib, tilga tutashadi.
1. Engak-til osti muskuli – m. genioglossus pastki jag‘ suyagining engak o‘simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga tortadi (126- ).
2. Til osti-til muskuli – m. hyoglossus til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi(115- )..
3. Bigiz-til muskuli – m. stylogossus chakka suyagining bigizsimon o‘sig‘idan boshlanib, tilning yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni yuqoriga va orqaga tortadi(126- )..




115- . Til va halqum muskullari.
1–m. tensor veli palatini; 2–lamina lateralis processus pterygoidei; 3–m. levator veli palatini; 4–m. constrictor pharyngis superior; 5–m. stylopharyngeus; 6–lig. stylohyoideum; 7–m. hyoglossus; 8–m. constrictor pharyngis medius; 9–membrana thyrohyoidea; 10–m. constrictor pharyngis inferior; 11–esophagus; 12–trachea; 13–m. cricothyroideus (pars obliqua); 14–m. cricothyroideus (pars recta); 15–cartilago thyroidea; 16–m. thyrohyoideus; 17–os hyoideum; 18–m. geniohyoideus; 19–mandibula; 20–m. genioglossus; 21–m. longitudinalis inferior; 22–lingua; 23–maxilla; 24–m. buccinator; 25–m. styloglosus; 26–tuber maxillae.

Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va pastki bo‘ylama muskul m. longitudinalis superior et inferior, ko‘ndalang (m. transversus) va tikka yo‘nalgan (m. verticalis) muskullar borligini ko‘rsatadi. Bu muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga burilib, o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Tilning muskullari ensa miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft) hisobiga innervatsiya qilinadi.



Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish