Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan o‘zaro hisob – kitoblari hisobi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#742350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Abdurasul

 
 


2
 
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro 
hisob-kitoblar hisobi 
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari
 
bilan olinadigan 
schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi 
schyotlarda olib boriladi: 

 
4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu
aktiv schyot suv iste’molchilari uyushmalarining haridorlari yoki buyurtmachilari 
bilan jo‘natilgan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni 
naqd va naqdsiz pul ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda 
olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Olinadigan schyotlarni 
vujudga kelishiga jo‘natilgan bajarilgan ishlar va xizmatlarni haqiqatda amalga 
oshirilganligini ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida quyidagi buxgalteriya 
yozuvlari qilinadi:
 

D-t
 


4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
K-t 9030 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 «Boshqa aktivlarning 
chiqimlari».
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlardan import qilingan materiallar, 
tovarlar, ish va xizmatlar uchun muddatida to’lanmagan kreditorlik qarzlar
 
bo‘yicha ijobiy yoki salbiy (zarar) kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday 
kurs farqlari milliy valyuta hisobida xorijiy ta’minotchilarning suv iste’molchilari 
uyushmalari oldidagi kreditorlik qarzlarini ko‘paytiradi va u quyidagi yozuvlar 
bilan aks ettiriladi: 
D-t
 
4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “ 
K-t 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar» 
Olinadigan schyotlar haridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans 
summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
keyinchalik kelib tushgandan so‘ng yopiladi, ya’ni: 


Irrigatsiya xizmati badali (IXB) SIUga barcha suv iste’molchilari 
tomonidan, ya’ni uyushmaga a’zo bo’lgan hamda a’zo bo’lmaganlardan suvni 
yetkazib berish hamda uyushma hududidagi irrigatsiya zovur tarmoqlaridan 
foydalanish va ishchi holatda saqlash bo’yicha xizmatlar uchun to’lanadigan 
mablag’dir. 
Vazirlar Maxkamasi 2002 yil 5 yanvardagi 8-son qaroriga ko’ra SIU o'z 
faoliyatini o’z a’zolarining pul va moddiy badallari hisobiga amalga oshiradi, deb 
belgilab qo’yilgan. Demak bu xujjat asosida suv iste’molchilaridan yig’ilgan 
badallar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

sug’orish va drenaj tarmoqlardan foydalanish va ularga texnik 
xizmat ko’rsatish 

SIU yollanma xizmatchilarni suv iste’molchilariga yaxshiroq 
xizmat ko’rsatishlari uchun rag’batlantirish 

Fermerlarni suv resurslaridan samarali foydalanishga undash 
Bundan tashqari IXB SIU lar uchun kelajakda irrigatsiya zovur tarmoqlarini 
takomillashtirish va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun Zaxira jamgarmasini 
tuzish imkoniyatini ham beradi. 
Yig’ilgan IXB birinchi navbatda sug’orish va drenaj tarmoqlaridan 
foydalanish va unga texnik xizmat ko’rsatish tabdirlarini moliyalashtirish uchun 
ishlatiladi. Agar SIU IXB ni o’zining barcha a’zolaridan yig’olmasa, u fermerlarga 
o’z vaqtida va kerakli hajmdagi suvlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega 
bo’lmaydi. Bundan tashqari bu mablag’ning yetarli miqdorda yig’ilmasligi SIU 
dagi sug’orish va drenaj tarmoqlari ahvolining yomonlashuvi va suv yetkazib 
berishda uzilishlarga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida yer hosildorligining 
kamayishi va qishloq axolisi turmush darajasining pasayishiga olib kelishi 
muqarrar. Barcha suv iste’molchilari IXB ni to’lamaslik yoki to’lash oqibatlarini 
tushunishlari lozim, chunki bu to’lov fermerlarga o’z vaqtida suv yetkazib berish 
kafolatini beradi. 


Irrigatsiya xizmati badali sug’orish va drenaj tarmoqlaridan foydalanish va 
unga texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarini hamda u bilan bog’lik ma’muriy 
xarajatlarni o’z ichiga olgan bo’lib, quyidagilarga sarflanadi 

Kanallarni loyqalardan tozalash 

Kanal qazish 

Dambalarni ta’mirlash 

Kanallarni o’tlardan tozalash 

Eskirgan asosiy vositalarni almashtirish 

Aloqa xarajatlari

Nasoslar va og’ir uskunalar uchun yoqilg’i moylash materiallari 

Suv o’lchash asboblari /nazorat moslamalarini o’rnatish va 
ta’mirlash 

Nasos va ofis uchun elektir energiyasi xarajatlari 

SIU xodimlarining maoshlari 

Ofis uchun kanselyariya buyumlari xarajatlari va boshqalar 
Irrigatsiya xizmati badalini hisoblashning turli usullari mavjud bo’lib, 
ularning har birining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari bor. Sug’orish va 
drenaj tarmoqlarining murakkabligidan kelib chiqqan holda IXB lar har-xil bo’lishi 
mumkin. Nasosli sug’orish tarmoqlari uchun IXB qiymati yuqoriroq bo’ladi, 
chunki
nasoslarni ishlatish uchun sariflanadigan elektr energiyasi yoki yoqilg’i 
moylash materiallari xarajatlari hisobiga olinadi. Bu to’lovlar SIU joylashgan 
hududga qarab turlicha bo’ladi, chunki elektr energiyasi uchun to’lovlar joylarga 
xos elektr uzatish xarajatlariga asoslangan. IXB qiymatini aniqlashda hisobga 
olinadigan boshqa omillarga sug’orish va drenaj tarmoqlarini ta’mirlash ishlari 
kiradi. IXB hisoblashning quyidagi uchta asosiy usuli mavjud: 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish